O’qituvchi oynasi.
O’qituvchi va xodimlar ham talabalardek login va parol bilan kiradilar. Faqat ular o’ziga daxldor biror nimani o’zgartirishi mumkin, shunisi bilan ularning oynasi talababalarning oynasidan farq qiladi. O’qituvchilar tizimga o’z login parollari nilan kirgach tizim shu o’qituvchiga tegishli oynani aniqlab ochib beradi. Bu oynaning yuqori qismida o’qituvchining ism sharifi chiqadi va unga tegishli bir nechta bandlar mavjud: baholash, o’qituvchi yuklamasi, dars jadvali, yangiliklar, xabarlar, pochta, forum va hokazolar.
Biz shulardan o’qituvchi baho qo’yish jarayonini ko’rib chiqamiz. O’qituvchi bu oynadan o’quv yili va semestrni tanlaydi va u yerda shu o’qituvchi dars o’tadigan fanlar va guruhlar chiqadi. O’qituvchi bu yerdan kerakli guruh va fanni tanlagach nazorat turini (joriy, oraliq, yakuniy) tanlaydi. O’qituvchi kerakli talabaga olgan balini qo’ygach saqlash tugmasini bosadi va reyting ballari tizimidagi server xotirasiga saqlanadi. Agar o’qituvchi to’liq qaydnomani ya’ni shu guruh qaydnomasini to’liqligicha ko’rmoqchi bo’lsa “toliq” tugmasini bosadi va ekranga qaydnoma to’laligicha chiqadi.
O’qituvchiga tegishli ma’lumotlarni faqat shu o’qituvchining o’zi ko’ra oladi. Shu sababli bu tizim ishonchlidir. Timizim xavfsizligini ta’minlash uchun o’qituvchi parolini tez-tez yangilab turadi.
|