1.3. Universitet information tizimining funksional imkoniyatlari.
Buxoro davlat universitetining rasmiy sayti 2011-yildan boshlab yo’lga qo’yilgan. Undagi reyting tizimi esa 2013-yildan boshlab amalga oshirildi. Ushbu tizim orqali o’qituvchu va talabalar haqidagi umumiy ma’lumot keltirilgan. Buxoro davlat universitetida avtomatlashtirilgan axborot tizimi mavjud bo’lib u o’qituvchi va talabalar uchun xizmat qilmoqda. Bu tizimga kirish uchun qidiruv tizimiga “buxdu.uz” deb kiramiz. O’quv jarayonini qo’llab quvvatlovchi tizimning yana bir asosiy qimi bu reyting qaydnomalaridir. Bu tizimning afzalligi shundaki o’qituvchilar va talabalarda reyting qaydnomalariga baholarni kiritish va ulardan foydalanish hech qanday ortiqcha vaqt yoki ovvoragarchilikni talab qilmaydi.
1.3.1-chizma.( Universitet o’quv jarayonini qo’llab quvvatlovchi dastur oynasi)
Chunki o’qituvchilar reyting qaydnomalarini to’ldirish uchun berilgan vaqt mobaynida istalgan joydan turib va istalgan vaqtda kiritishlari mumkin. Talabalar ham istalgan vaqtda o’z ballarini tarmoqdan foydalangan holda bemalol ko’rishlari mumkin. Shuningdek bu tizimdan rahbariyat, dekanat, kafedra hodimlari foydalanadilar.
Bu tizimga kirish juda kuchli himoyalangan bo’lib, har bir xodim yoki o’qituvchi, talabalar o’z login va parollari orqali kiradilar.
1.3.2-chizma. (Login,parol formasi)
Ularning bajargan ishlari va bajarish vaqtlari esa registratsiya qilinib boriladi. Har bir xodim yoki o’qituvchi faqat o’ziga ruxsar etilgan amallarnigina bajara oladilar. Ular boshqa biror kishining imkoniyatlaridan foydalana olmaydilar.
Bu tizim shunday ishlanganki har bir xodim yoki o’qituvchi, talaba login parolini tersa har qaysi biriga boshqa xil oynalar chiqadi, ya’ni faqat o’ziga aloqador bo’lgan ma’lumotlarni ko’radi. Masalan talaba o’z login paroli bilan kirsa unga faqat o’z ma’lumotlari chiqadi. Bularga tanlangan semester davomida o’tilgan fanlar, dars jadvali va o’z shaxsiy parolini o’zgartirishlar kiradi. Talabalar o’z sahifalaridan turib faqatgina o’z ma’lumotlarini ko’ra oladilar. Shaxsiy paroldan boshqa biror nimani o’zgartira olmaydilar. Shuning uchun endi o’qituvchi hech qanday muammolarsiz reyting ballarini qo’yishlari, talabalar esa o’z ballarini istalgan joydan turib ko’rishlari mumkin. Bu tizimda buzg’unchilik qilish, tizimni ishdan chiqarish imkoni deyarli yo’q. shuning uchun bu tizim ishonchli va qulay hisoblanadi.
|