Akademik intizom sifatida[tahrir | manbasini tahrirlash]
Axborot tizimlari deb ataladigan tadqiqot sohasi tizim tahlili va dizayni, kompyuter tarmoqlari, axborot xavfsizligi, maʼlumotlar bazasini boshqarish va qarorlarni qoʻllab-quvvatlash tizimlarini qamrab olgan turli mavzularni oʻz ichiga oladi. Axborotni boshqarish biznes funksiyalari sohasida maʼlumotlarni toʻplash va tahlil qilishning amaliy va nazariy muammolari, shu jumladan biznes samaradorligini oshirish vositalari, ilovalarni dasturlash va amalga oshirish, elektron tijorat, raqamli media ishlab chiqarish, maʼlumotlarni qidirish va qarorlarni qoʻllab-quvvatlash, aloqa va tarmoq telekommunikatsiya texnologiyalari bilan shugʻullanadi. Axborot tizimlari turli biznes modellarini[36] va tegishli algoritmik jarayonlarni[37][38] oʻrganish uchun informatika fanlari doirasida axborot va hisoblashning nazariy asoslaridan foydalangan holda biznes va kompyuter fanini birlashtiradi.[39][40][41][42][43][44][45][46][47][48][49][50][51] Kompyuter axborot tizimlari bu kompyuterlar va algoritmik jarayonlar, jumladan, ularning printsiplari, dasturiy taʼminot va apparat dizaynlari, qoʻllanilishi va jamiyatga taʼsirini oʻrganadigan soha[52][53][54] boʻlib, AT dizayndan koʻra funksionallikni taʼkidlaydi.[55]
Bir qancha AT olimlari axborot tizimlarining tabiati va asoslari haqida bahs olib borib, ularning ildizlarini kompyuter fanlari, muhandislik, matematika, menejment fanlari, kibernetika va boshqa maʼlumotli fanlarda joylashgan.[56][57][58][59] Axborot tizimlarini, shuningdek, sifatli maʼlumotlarni ishlab chiqarish uchun birgalikda ishlaydigan apparat, dasturiy taʼminot, maʼlumotlar, odamlar va protseduralar toʻplami sifatida izohlash mumkin
AXBOROTNI AVTOMATIK IZLASH Axborotni izlash jarayonini axborot tizimlarida andazalar orqali amalga oshiriladi. Andaza ko‘rinishi turli dastur uchun turlicha bo‘lishi mumkin. Quyida ma’lumotlarni izlashning asosiy boshqarish menyusi keltirilgan. Andaza asosida ishlash tartibini asosiy boshqarish menyusi orqali quyidagicha belgilash mumkin: KALITLAR ANDAZA KIRITISH/CHIQARISH Birinchi qator tanlanganda, asosiy kalit (so‘zlar) ekranda hosil bo‘ladi va foydalanuvchi ulardan keraklisini PgUp, PgDn, , va h.k. tugmachalaridan foydalanib tanlangach, unga mos andaza ekranga chiqadi (ya'ni ish tartibi o ‘rnatiladi), so‘ngra (lozim bo‘lsa) andazadagi axborotlarni o‘zgartirib yoki o ‘zgartirmagan holda undan foydalaniladi. tanlaydi. Kerakli kalit
2 Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.01.2020 yildagi “Davlat tibbiyot muassasalari tomonidan fuqarolarga maʼlumotnomalar berish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” gi 18-son qarori ham sohadagi muhim yechim hisoblanadi. 2020 yil 28 aprelda davlatimiz rahbarining “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan edi. Qarorda belgilangan vazifalarni sifatli amalga oshirish uchun chora-tadbirlar belgilangan edi. “Elektron hukumat” dasturining kompleks rivojlanishi nafaqat aholi va davlat organlarining vaqt va pul sarflanishini kamaytirishga yordam beradi, eng muhimi, aholi uchun davlat xizmatlarning sifatini oshiradi va fuqarolarning turmush darajasini yaxshilaydi. Mazkur dasturning eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri sog‘liqni saqlash sohasi deb hisoblanadi. Mamlakatimizda fuqarolarimizning sog‘ligini saqlash va respublikada sanitariya osoyishtaligini saqlash masalasi davlatimiz olib borayotgan siyosatida mazkur yo‘nalish muhim o‘rin tutadi. “Yagona elektron tibbiy karta” axborot tizimini joriy etilishi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari to‘g‘risida yagona tibbiy ma’lumotlar bazasini shakllantirishga, aholining salomatligi monitoringini o‘tkazishda yordam beradi. “Elektron retsept” axborot tizimini joriy etishi esa bemorlarni medikamentoz vositalari bilan samarali va xavfsiz davolanishni tashkil etish va shifokorlarning elektron reyestrini shakllantirishga yo'naltirilgan loyiha. Bu esa, o‘z navbatida, tibbiy vositalarining nazorat qilish va monitoring olib borish tizimini takomillashtirishga ko‘mak beradi. Tibbiyot muassasalarida zamonaviy kompyuterlashtirilgan tizimini yaratish orqali tibbiyot xizmatlarining sifatini oshirish maqsadida “Elektron poliklinika” va “Elektron shifoxona” axborot tizimlarini joriy etish va majburiy tibbiy sug‘urta axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish elektron tizimi yaratilishi ko’zda tutilgan edi.
Sog'liqni saqlash amaliyotiga axborot texnologiyalarining joriy etilishi shifokorlar va bemorlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarning shakl va usullarini, diagnostika va davolash jarayonlarini, kasalliklarning oldini olish va sog'lomlashtirish usullarini o'zgartiradi. Keksa va yosh foydalanuvchilar hamda axborot texnologiyalaridan foydalanish imkoniyati va undan foydalanish imkoniyatiga ega bo'lgan jamiyatning boshqa qatlamlari o'rtasida paydo bo'layotgan raqamli tafovutga e'tibor qaratiladi. Raqamli texnologiyalarni qo'llashda mas'uliyatning o'ziga xos xususiyatlari ko'rib chiqiladi.
Hozirgi davrda raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalari taraqqiyotga erishishning muhim shartlaridan biridir. Raqamli texnologiyalar nafaqat davlat va jamiyat taraqqiyyotini yanada jadallashtiradi balki ijtimoiy sohada odamlarga katta qulayliklar yaratadi. Bundan tashqari raqamli texnologiyalar ijobiy iqtisodiy o‘sishga zamin yaratadi: mahsulot va xizmatlar sifatini oshiradi, ortiqcha xarajatlarni kamaytiradi va yana bir muhim afzallik — korrupsiyaga chek qo‘yadi.
Raqamli texnologiyalardan keng foydalanish sog‘liqni saqlash tizimini jadal rivojlantirayotgan asosiy omillardan bo‘lib, ko‘plab mamlakatlarda ommalashmoqda. Teletibbiyot tufayli aholining vaqti, moddiy resurslari tejaladi. Uyida o‘tirib klinikani, shifokorni tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shu bilan birga, tibbiy xizmatlardan teng va oson foydalanadi. Boshqacha aytganda, teletibbiyot tibbiy xizmatlarni zamonaviy texnik va telekommunikasiya vositalari orqali masofadan turib olishdir. Onlayn telediagnostika yurtdoshlarimizga uyi dan chiqmasdan turib eng ilg‘or mahalliy va xorijiy ekspertlar maslahatini olish imkonini beradi. Natijada bemorlarning vaqti va mablag‘i tejalib, yo‘lkira va boshqa qiyinchiliklardan qutuladi.
Har qanday sohadagi, jumladan, teletibbiyotdagi munosabatlar ham huquqiy tartibga solinishga muhtoj. Tibbiyot huquqi hozirgi yurisprudensiyaning jadal rivojlanayotgan tarmog‘i bo‘lib, sog‘liqni saqlash bo‘yicha barcha munosabatlarni huquqiy tartibga solishni nazarda tutadi. Shu ma’noda, teletibbiyot tibbiyot huquqining tartibga solish predmetidir. Hozirga qadar ko‘plab davlatlarda teletibbiyot to‘g‘risida qonunlar qabul qilingan. Yurtimizda ham teletibbiyotni tartibga soluvchi maxsus qonunni qabul qilish davlat dasturida aks ettirilgan. Shu o‘rinda teletibbiyot to‘g‘risidagi qonun mamlakatimiz uchun nimaga kerak, degan savol tug‘ilishi mumkin. Birinchi navbatda, qonun teletibbiyotga doir murakkab jarayonlarni huquqiy jihatdan tartibga solishga xizmat qiladi. Huquq ustuvorligini ta’minlaydi. Teletibbiyot jarayonidagi barcha ishtirokchilarning huquq va majburiyatlarini belgilaydi.
Mamlakatimizda teletibbiyot xalqaro miqyosda tan olingan olim, akademik Malika Abdullaxo‘jayevaning sa’yharakati tufayli faol rivojlana boshladi. 2000-yillarning boshida u birinchi bo‘lib Respublika patologoanatomiya markazida teletibbiyot laboratoriyasini ochdi va shu yerda butun mamlakat aholisi uchun onlayn diagnostikani yo‘lga qo‘ydi. O‘sha yillari u nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyodagi ilk teletibbiyot laboratoriyalaridan edi. Malika Abdullaxo‘jayeva boshchiligidagi bir guruh olimlar tomonidan ilk marotaba “Teletibbiyot to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqilgan va muhokamaga qo‘yilgan.
Tibbiyot tizimini raqamlashtirish nafaqat yurtimiz, balki har qanday davlat uchun xos bo‘lgan qator muammolar, ayniqsa, qishloq joylarda sifatli tibbiyotning mavjud emasligi masalasini hal qilish uchun keng maydon va imkoniyat ochadi. Bu borada AQSH, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Avstraliya, Gresiya, Irlandiya, Ispaniya, Kanada, Fransiya, Shvesiya, Shveysariya kabi davlatlar ancha ilg‘or. Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Belarus, Moldova, Gruziya, Armaniston, Qozog‘istonda ham teletibbiyot bo‘yicha ko‘plab loyihalar samarali amalga oshirilmoqda.
Prezidentimiz tashabbusi bilan 2018-yilda O‘zbekiston Respublikasining sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilingani Yangi O‘zbekistonda tibbiyot sohasi rivojida katta qadam bo‘ldi. Konsepsiyada yurtimizda elektron sog‘liqni saqlash tizimini keng joriy etish, ya’ni teletibbiyotni rivojlantirish asosiy vazifalardan biri sifatida belgilandi. Jumladan, teletibbiyot orqali yurtdoshlarimiz barcha tibbiyot muassasalari va ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar to‘g‘risida bemalol axborot olishi, ularni davolaydigan shifokorlar haqida ma’lumotga ega bo‘lishi, hatto qabul vaqtini ham masofadan elektron navbat orqali band qilib qo‘yishi mumkin. Shuningdek, ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini, jumladan, tibbiyot xodimlari faoliyatini baholash uchun mobil ilovalar orqali tizimdan foydalanish imkoniga ega.
Teletibbiyot nafaqat aholi, balki tibbiyot muassasalari faoliyatini takomillashtirishga keng imkoniyatlar yaratadi. Masalan, sog‘liqni saqlash sohasida standartlashtirish tizimini amalga oshirish, elektron hujjat bilan ishlashni joriy etish orqali ish jarayoni (tibbiyot kartalari va kasalliklar tarixini to‘ldirish, elektron reseptlar berish), tibbiyot xodimlari, doridarmon, tibbiyot buyumlari va tibbiy texnika, sarflash materiallari hisobi va monitoringini yuritish osonlashadi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan teletibbiyot bo‘yicha qator loyihalar amalga oshirildi. Jumladan, 2020-yil iyun oyida Robert Kox instituti va Berlindagi Sharite klinikasi bilan hamkorlikda ma’lumotlarni to‘g‘ridanto‘g‘ri Germaniyaga uzatuvchi ikki to‘plam teletibbiyot uskunasi xarid qilinib, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va Zangiota shahridagi 1 shifoxonaga o‘rnatildi. Yutuqlarimizdan yana biri — Germaniyaning GITEC Consulting kompaniyasi ko‘magida 2021-yil avgust oyida Toshkent shahri va sakkizta viloyat orasida MRT tasvirini masofadan turib almashish tizimi ishga tushirildi. Shu bilan birga, YUNISEF bilan hamkorlikda Qoraqalpog‘istonning chekka hududidagi tibbiyot muassasalarini teletibbiyot uskunalari bilan jihozlash loyihasi amalga oshirildi. ITMed kompaniyasi tashabbusi bilan Germaniyaning Robert Kox instituti va GIZ xalqaro hamkorlik byurosi bilan birgalikda 2021 yil oktyabr oyidan Farg‘ona viloyati So‘x tumani tibbiyot birlashmasi markaziy shifoxonasida teletibbiyot tizimini joriy etish ishlari boshlandi. Mazkur loyiha Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Namangan viloyati va Nukus shahri filiallarida to‘liq ishga tushirilgan.
Davlat dasturlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun xalqaro tajribaga tayangan holda “Teletibbiyot to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilish, shunga muvofiq zarur resurslar bilan ta’minlash zarurati yuzaga keldi. Ushbu sa’yharakatlar shaffof va ishonchli tibbiyotni shakllantirish uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi va aholi salomatligini huquqiy muhofaza qilishga samarali ta’sir ko‘rsatadi.
Hozirgi davrda raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalari
taraqqiyotga erishishning muhim shartlaridan biridir. Raqamli texnologiyalar
nafaqat davlat va jamiyat taraqqiyyotini yanada jadallashtiradi balki ijtimoiy
sohada odamlarga katta qulayliklar yaratadi. Bundan tashqari raqamli
texnologiyalar ijobiy iqtisodiy o‘sishga zamin yaratadi: mahsulot va xizmatlar
sifatini oshiradi, ortiqcha xarajatlarni kamaytiradi va yana bir muhim afzallik —
korrupsiyaga chek qo‘yadi.
Bugungi kunda sivilizatsiya rivojlanishining bosh tendensiyalaridan biri —
shaharlarda istiqomat qiluvchi aholining ko‘payishi va shahar asosiy iqtisodiy
drayverlarga aylanib kelishidir.
Tabbiyki, shu nuqtai nazardan shaharlarda istiqomat qiluchi aholi uchun
zarur bo‘lgan sharoitlar yaratilishi muhim vazifadir. Bu borada raqamli
texnologiyalar katta ahamiyat kasb etadi. Raqamli texnologiyalar shaharlarni
boshqarish tizimini yangi bosqichga ko‘taradi: nafaqat vaqt va mablag‘larni
keskin sarflaydi, shu bilan birga keng aholini jamg‘arishga imkon yaratadi.
So‘nggi yillarda dunyoda “Raqamli iqtisodiyot”, “Raqamli shahar”, “ Raqamli
tibbiyot” kabi konsepsiyalar ommalashmoqda. Avvalo raqamli iqtisodiyot haqida
tushunchaga ega bo’lishimiz kerak.
Raqamli iqtisodiyot bu raqamli texnologiyalarga asoslangan iqtisodiy
faoliyat bo‘lib, iqtisodiyot tarmoqlarida raqamli texnologiyalarni rivojlantirish
hisobiga mehnat unumdorligi va mahsulotning raqobatbardoshligiga, ishlab
chiqarish xarajatlarini pasayishi, yangi ish o‘rinlari yaratilishiga olib keladi. Jahon
tajribasiga nazar tashlasak, qayerdaki “raqamli texnologiya” ga o‘tilgan bo‘lsa,
shu mamalakat taraqqiyyoti yuksalayotgani, davlatning katta-katta sarf-xarajatlari
tejalayotgani, korrupsiyaning oldi olinayotgani yaqqol namoyon bo‘lmoqda.
Bunday mamlakatlar taraqqiyoti, ularning jahon bozorlarida raqobatbardoshligi
tabiiy resurslarni eksport qilish va jismoniy mehnatdan foydalanishga emas, balki
innovatsion g‘oyalar va ishlanmalarga asoslanadi. Ushbu mamlakatlarda
innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha davlat
strategiyasining ijrosi shartli ravishda «kelajak vazirliklari» deb nomlanuvchi
maxsus idoralar tomonidan amalga oshiriladi.
Tibbiyot. Inson hayotidagi eng muhim va eng kerakli sohalardan biri. Bu soha inson salomatligini asrash yo’lida xizmat qiladi. Bugungi kunda kunda raqamli iqtisodiyot, sanoat 4.0 ortidan inson hayotidagi deyarli barcha sohalar avtomatlashtirildi va buning natijasida iqtisodiyot sezilarli darajada o’sdi. Xususan tibbiyot sohasiga raqamli texnologiyalar kirib kelishi ortidan juda katta yengilliklar yuzaga keldi. Zamonaviy tibbiyot so‘nggi o‘n yilliklarda ilgari erishib bo‘lmaydigan darajaga ko‘tarildi. Bugungi sog‘liqni saqlash tizimi, bu bir paytlar umidsizlikka tushgan bemorlar hayotini saqlab qolayotgan transplantologiya va travmatologiya, plastik jarrohlik va onkologiya, neyrojarrohlik, oftalmologiya, ginekologiya va boshqa sohalardan iborat yuqori texnologik tarmoqqa aylandi. Tibbiyot muassasalari texnik asbob-uskunalarining sezilarli yaxshilanishi natijasida kasalliklarni dastlabki bosqichidayoq to‘g‘ri tashxislash va bemor ish qobiliyatini qisqa muddatlarda tiklash imkoniyati paydo bo‘ldi. Muolajalar davomida odatiy endoskopik apparaturalar, mikrojarrohlik va ko‘rish qobiliyatining lazer korreksiyasi, organ va to‘qimalarni ko‘chirib o‘tkazish kabilardan foydalanish turli tug‘ma va orttirilgan nuqsonlarni tuzatishda oddiy holga aylandi. Ammo, ayrim muammolar hamon dolzarbligicha qolmoqda. Birgina tez tibbiy yordam xizmatini oladigan bo’lsak u yerda bir qancha muammolar hamon ochiqligicha qolmoqda. Manzilda adashishlik, yolg’on chaqiruvlar, kechikib borishlar shular jumlasidan. Yuqoridagi holatlarning bartaraf etish maqsadida. Prezidentimiz tomonidan “Aholiga tez tibbiy yordam ko’rsatish tizimini takomillashtirish to’g’risida” gi qaror qabul qilindi.1 Bu qaror asosan bugungi kundagi ko’zga ko’ringan muammolarni masalan ikkita tuman tez tibbiy bo’limi faqat o’z tumanidagi chaqiriqqa yetib borishi garchi qo’shni tumandagi bemor bu bolimga yaqin bo’lsada uni qabul qilmasligi va shu kabi bir qancha muammolarni hal etishga qaratilgan.
Bizning fikrimizcha, raqamli madaniyat raqamli texnologiyalardan yanada ongli va malakali foydalanishni o'z ichiga oladi. Bu, o'z navbatida, universitet bitiruvchisiga mehnat bozorida talabga ega bo'lish imkonini beradi. Biroq, "raqamli madaniyat" kontseptsiyasining mazmuni bilan bog'liq masalani chuqurroq tushunish muhimdir. Shuning uchun, ushbu mavzu bo'yicha tadqiqotlarni tahlil qilish o'rinli bo'lardi. N.A Sokolova "raqamli (yangi) media", "kiber madaniyat", "kiberfazo" va "raqamli madaniyat" kabi tushunchalar haqida gapiradi. Bundan tashqari, diqqat raqamli madaniyatga qaratiladi, tadqiqotchining so'zlariga ko'ra, u nafaqat raqamli texnologiyalar, turli xil virtual formatlar va zamonaviy gadjetlar bilan ajralib turadi.[2]. Aksincha, bunday madaniyat inson hayotining turli jabhalariga, amaliyoti va inson faoliyatining mahsulotlariga ta'sir qiladi. N.A Sokolova raqamli madaniyatni keng ma'noda, umuman madaniyatga ta'sir ko'rsatadigan raqamli texnologiyalar tarqalishining yangi davri deb hisoblaydi.
Ayni paytda qaysi sohaga nazar tashlamang, “raqamli” so‘ziga duch kelasiz. Bugungi kun talabi shunday.
|