ZAMONAVIY INNOVATSION TADQIQOTLARNING DOLZARB
MUAMMOLARI VA RIVOJLANISH TENDENSIYALARI: YECHIMLAR
VA ISTIQBOLLAR
mavzusidagi Respublika ilmiy-texnik anjumani
http://journal.jbnuu.uz/
257
RAQAMLI IQTISODIYOTGA O‘TISH DAVRIDA YUZAGA KELAYOTGAN
MUAMMOLAR
Muxtorov Botir Abdusattarovich,
Abduraimov Nursulton Abduraim o‘g‘li
O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali,
O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali talabasi
Annotatsiya: Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyot haqida nazariy
ma’lumot, unga o‘tish davrida yuzaga kelayotgan asosiy muammolar, ularning
oqibatlari va bartaraf etish yo‘llari haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit so‘zlar: raqamli iqtisodiyot, elektron tijorat, internet banking,
texnologiya, axborot-kommunikatsiya, kraudfanding, kiber hujum, monopoliya.
Jadallik bilan rivojlanib borayotgan bozor iqisodiyoti sharoitiga biz ham
munosib bo‘la olishimiz zarur. Ma’lumki ko‘plab mamlakatlarda raqamli
iqtisodiyotga o‘tish orqali ularning rivojlanish omillariga sezilarli ta’sir
o‘tkazmoqda. Bundan tashqari raqamli iqtisodiyot jamiyat hayotida ham muhim
rol o‘ynaydi. Biz avvalo raqamli iqtisodiyot nima ekanligini bilib olishimiz kerak.
Asosan raqamli iqtisodiyotni rivojlanishining asosiy elementi sifatida
elektron tijorat, internet banking, elektron to‘lovlar, internet reklama va shu bilan
birga, internet o‘yinlari ko‘riladi.
Raqamli iqtisodiyot - bu xo‘jalik faoliyatini yuritish bo‘lib, bunda ishlab
chiqarish va xizmat ko‘rsatishdagi asosiy omil raqamlar ko‘rinishidagi
ma’lumotlar bo‘lib, katta hajmdagi axborotlarni qayta ishlash va shu qayta ishlash
natijasini analiz qilish yordamida har xil turdagi ishlab chiqarish, xizmat
ko‘rsatish, texnologiyalar, qurilmalar, saqlash, mahsulotlarni yetkazib berishda
oldingi tizimdan samaraliroq yechimlar tadbiq qilishdir. Boshqacha qilib
aytganda, raqamli iqtisodiyot bu onlayn xizmatlar ko‘rsatish, elektron to‘lovlar
amalga oshirish, internet savdo, kraudfanding va boshqa turdagi sohalarni
raqamli kompyuter texnologiyalarini rivojlanishi bilan bog‘langan faoliyatdir.
Albatta,
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarining
rivojlanishi,
zamonaviy texnologiyalarning hayotimizga tadbiq etilishi har bir inson hayotida
ko‘plab ijobiy imkoniyatlar berishi mumkin. Raqamli texnologiyalar rivojlanishi
ortidan inson, unga kerakli xizmatdan tezroq foydalanishi, internet orqali o‘ziga
kerakli mahsulotlarni arzon sotib olish bilan ko‘plab pul mablag‘larini tejashi
|