|
ZAMONAVIY INNOVATSION TADQIQOTLARNING DOLZARBBog'liq article202301231 (10)ZAMONAVIY INNOVATSION TADQIQOTLARNING DOLZARB
MUAMMOLARI VA RIVOJLANISH TENDENSIYALARI: YECHIMLAR
VA ISTIQBOLLAR
mavzusidagi Respublika ilmiy-texnik anjumani
http://journal.jbnuu.uz/
258
mumkin. Masalan birgina misol biron bir kitobning elektron ko‘rinishda sotib
olish sizga, shu kitobni chop etilgan ko‘rinishini sotib olish ancha arzonga
tushishi mumkin. Yoki bo‘lmasa oddiy iste'molchi o‘zi ham tadbirkor bo‘lishi,
uyidan chiqmagan holda onlayn savdo-sotiq bilan shug‘ullanishi mumkin. Shu va
shunga o‘xshash xizmat turlari juda ham ko‘p. Ammo mana shunday
qulayliklarga ega sharoitda ham ko‘plab muammolar kuzatilmoqda.
Raqamli iqtisodiyotda yuzaga kelayotgan muammolar va keltirib
chiqarishi mumkin bo‘lgan oqibatlarni sanab o‘tadigan bo‘lsak, yaratilayotgan
tarmoqning kiber hujumga bardoshsizligi ya’ni zaifligi, mamlakatimizdagi
internet va uning tezligidagi muammolar, raqamlashtirishga yo‘naltirilayotgan
manbalarning to‘liq yakunlanmayotganligi, rivojlangan mamlakatlar tajribasi
bilan hamnafas bo‘la olmayotganligimiz va qaysidir ma’noda ishsizlik
darajasining o‘sishi kabi muammolar kuzatilmoqda. Bularni kengroq ko‘rib
chiqadigan bo‘lsak, yangi yaratilayotgan tizimlarning aksariyat qismi kiber
hujumga bardoshli emas. Istalgan kiber jinoyatchi tizimni buzishi, uni bloklashi,
o‘marish va shu kabi holatlarning ko‘p kuzatilayotganligi, mamlakatimizdagi
internetning tezligi ham raqamli iqtisodiyotning rivojlanishiga katta to‘siqlardan
bo‘lib turibdi. Rivojlanayotgan va rivojlangan mamlakatlarga qaraganda internet
tezligimizning pastligi anchagina ayanchli holat hisoblanadi. Eng asosiy
muammo sifatida ayta olishimiz mumkinki, hamisha bo‘lib kelgan va hozir ham
davom etayotgan, ya’ni yo‘naltirilayotgan mablag‘larning yoki manbalarning
to‘g‘ri yo‘naltirilmayotganligi va kerakli sohalardagi ishlarning yakuniy natijaga
erishmayotganligi ham asosiy muammolardan hisoblanadi. Rivojlangan
mamlakatlarning modellaridan foydalanamiz, ularning bosib o‘tgan yo‘llaridan
yuramiz deymizu, lekin bunda ham tizimning yaxshi ishlamasligi natijalari
ko‘rinib turibdi. Rivojlangan modellarni amaliyotga kiritamiz deymizu, yana
sustkashliklarga yo‘l qo‘ymoqdamiz. Bundan tashqari yana bir qancha omillarni
sanab o‘tishimiz mukin:
- ko‘plab sohalardagi monopoliya;
- maxborot texnologiyalari sohasida qonunchilikning zamondan orqada
qolganligi;
- fuqarolarda kompyuter savodxonligining o‘ta pastligi;
- qonunchilikning shaffof emasligi;
- axborot texnologiylari bo‘yicha mutaxassislarning yetishmasligi yoki
ularni boshqa mamlakatlarga ketib qolishi;
- axborot madaniyati, axborot gigiyenasi pastligi;
- axborot texnologiyalari xavfsizligi yaxshi emasligi;
- boshqaruv organlarida sohani tushunadigan mutaxassislarning kamligi
yoki (ba'zilarida) ularning umuman yo‘qligi;
|
| |