MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
“AXBOROT TEXNOLOGIYALARI” KAFEDRASI
“MA’LUMOTLAR TUZILMASI VA ALGORITMLAR” fanidan
MASOFAVIY TA’LIM talabalari uchun YAKUNIY NAZORAT savollari
NAZARIY SAVOLLAR
1.
Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar fanining maqsad va vazifasini izohlab bering?
2.
“Ma’lumot” tushunchasiga ta’rif bering, ma’lumotlar qaysi xususiyatiga ko‘ra turlarga ajratiladi?
3.
Ma’umotlar tuzilmasi deganda nimani tushunasiz, uning hisoblash mashinasidagi o‘rni va tuzilma
interfeysi nima?
4.
Ma’lumotlar tuzilmasi qanday xossalar bilan tavsiflanadi va ma’lumotlar tuzilmasi nimani
belgilaydi?
5.
Ma’lumotlar tuzilmasi qanday klassifikatsiyalanadi?
6.
Tuzilmadagi elementlarning o‘zaro bog‘liqligi bo‘yicha qanday sinflari mavjud?
7.
Tuzilmalarning tartiblanganligi bo‘yicha sifnlari?
8.
Tuzilma tarkibi bo‘yicha sinflari va ularga misollar keltiring?
9.
Ma’lumotlarning tayanch turlarining tavsiflanishi va ular qabul qiladigan qiymatlar, misollar
keltiring.
10.
Foydalanuvchining standart turlarini tavsiflashga misollar keltiring (intervalli va sanoqli turlar).
11.
Shablon tushunchasi, funksiya shabloni misol yordamida tushuntirib bering?
12.
Shablonlarning standart kutubxonasi va undan dastur yozishda foydalanishga misollar keltiring?
13.
Funksiya parametrlari asosida shablon parametrlarini aniqlash.
14.
Statik ma’lumotlar tuzilmasi: To‘plam, massiv tuzilmalariga ta’rif bering,
ulardan dasturlashda
foydalanishga oid misollar keltiring.
15.
Statik ma’lumotlar tuzilmasi: Yozuv va jadval tuzilmalariga ta’rif bering, ulardan dasturlashda
foydalanishga oid misollar keltiring.
16.
Ma’lumotlar tuzilmasi bilan ishlashda “kalit” tushunchasi, ichki va tashqi kalitlar haqida
tushuntirib bering, misollar keltiring.
17.
Qidiruv nima va qidiruv usullari? Qidiruvning asosiy vazifasini izohlab bering?
18.
Ketma-ket qidiruv usuli va uning algoritmining tushuntirib bering.
Bu qidiruv usuli qanday
tuzilmalar uchun samarali deb hisoblaysiz?
19.
Indeksli ketma-ket qidiruv usuli, uning ishlash printsiplari, algoritmni misollar yordamida
tushuntirib bering.
20.
Qidiruv usullarining samaradorligi: ketma-ket va indeksli
ketma-ket qidiruv usullari
samaradorligini tahlil qiling.
21.
Binar qidiruv algoritmining asosiy funksiyasini C++ yoki Python dasturlash tilida yozing va uning
ishlashini tushuntirib bering?
22.
Binar qidiruv algoritmi va undan foydalanish bo‘yicha misol keltiring, uning samaradorligini
baholang.
23.
“Hesh” va “Heshlash” tushunchalarini izohlab bering.
24.
Hesh jadval nima va undan qanday holatlarda foydalaniladi (Misollar keltiring)?
25.
Hesh qiymatni hisoblash qanday bosqichlarda amalga oshiriladi?
26.
Kolliziya nima va uning hal qilishning qanday usullari mavjud?
27.
Ma’lumotlar tuzilmasi elementlarini saralash usullari?
28.
Saralash usullariga misollar keltiring, massivda saralash usullarining asosiy g‘oyalarini ayting?
29.
Har bir saralash usullari: to‘g‘ridan to‘g‘ri qo‘yish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tanlash va to‘g‘ridan-to‘g‘ri
almashtirish usullarini tushuntirib bering.
30.
Sheyker usulida saralash algoritmining asosiy g‘oyasi va undan foydalanishag doir misol keltiring.
31.
Saralash usullarining qiyosiy tahlili: taqqoslashlar va o‘rin almashtirishar soni qanday aniqlanadi?
32.
To‘g‘ridan to‘g‘ri qo‘yish usuli algoritmini yozing va uni ishlashini tushuntirib bering?
33.
Tez saralash usuli, uning yaratilgan davri, algoritmining yozilishi va samaradorligini tushuntirib
bering.
34.
Sheyker saralash usuli algoritmini yozing va misollar yordamida tushuntirib bering?
35.
Bubble sort usuli,
uning yaratilgan davri, algoritmining yozilishi va
samaradorligini tushuntirib
bering.
36.
Shell saralash usuli, uning yaratilgan davri, algoritmining yozilishi va samaradorligini tushuntirib
bering.
37.
Merge usuli, uning yaratilgan davri, algoritmining yozilishi va samaradorligini tushuntirib bering.
38.
Radix sort usuli, uning yaratilgan davri, algoritmining yozilishi va samaradorligini tushuntirib
bering.
39.
Aralashtirib saralash usuli algoritmining ishlash printsipi, va uning dasturlash tilidagi funksiyasi?
40.
Rekursiya va rekursiv triada nima? Misollar yordamida tushuntirib bering.
41.
Rekursiv obyektlarga misollar keltiring?
42.
Rekursiv Bezu koeffitsientlari haqidagi masalani yechish uchun rekursiv triada ishlab chiqing?
43.
Rekursiya chuqurligi nima, rekursiv va iteratsion algoritmlarning o‘zaro farqi?
44.
Dinamik ma’lumotlar tuzilmasi: bog‘langan ro‘yxatlar (bir va ikki bog‘lamli)ga ta’rif bering,
ularning mantiqiy tasvirlanishini tushuntirib bering.
45.
Dinamik ma’lumotlar tuzilmasi: Ro‘yxatlar ustida bajariladigan amallar (Adding data, Data
change)ni misollar yordamida tushuntiring.
46.
Bir va ikki bog‘lamli ro‘yxat tuzilmalarining mantiqiy tasvirlanishi va ularning struct kalit so‘zi
orqali tavsiflanishini tushuntirib bering (C++ , Python tilida).
47.
Ma’lumotlarning FIFO va LIFO printsiplari asosida ishlovchi tuzilmalariga ta’rif bering va
misollar keltiring.
48.
Dek tuzilmasi va ular ustida bajariladigan amallarni tavsiflab bering.
49.
Ro‘yxat tuzilmalariga element qo‘shish (addList();) va elementni o‘chirish (deleteList();)
funksiyalarning tavsiflanishini tushuntirib bering.
50.
Binar daraxtning rekursiv aniqlanishi, uning bog‘langan ro‘yxat orqali
ifodalanishini misollar
yordamida tushuntirib bering.
51.
Navbat tuzilmasi ustida bajariladigan amallarni tavsiflab bering.
52.
Ro‘yxatlar ustida bajariladigan amallar: ma’lumotlarni o‘chirish (Data deletion) va ma’lumotlarni
qidirish (Data search) amallarni misollar yordamida tushuntiring.
53.
Binar daraxtning rekursiv aniqlanishi, uning bog‘langan ro‘yxat orqali ifodalanishini misollar
yordamida tushuntirib bering.
54.
Daraxt tuzilmasiga ta’rif bering: ildiz, barg, tugun, yoy, shox, daraja, ota-o‘g‘il munosabati, avlod,
ajdod, daraxt balandligi.
55.
Daraxt tuzilmasining sinflari, ularning ta’rifi ayting va misollar keltiring.
56.
Daraxtda o‘tish amallari: chap qismdaraxt - o‘ng qism daraxt-ildiz.
57.
Binar daraxtdan tugunni o‘chirish amalini tushuntirib bering: o‘chirilayotgan tugun barg, oraliq
tugun, ildiz.
58.
Ko‘p o‘lchamli daraxtlarni binar ko‘rinishga keltirish amalini tushuntirib bering.
59.
Binar daraxtga ta’rif bering, misollar keltiring.
60.
Binar qidiruv daraxtini qurish printsiplarini tushuntirib bering?
61.
Binar daraxtlar ustida bajariladigan amallarni tushuntirib bering.
62.
Graf tuzilmasida qisqa yo‘lni aniqlash uchun Deykstr algoritmi va uning qo‘llanilishiga doir misol
keltiring.
63.
Graflarning analitik ifodasi, graflarni qayta ishlashda qo‘llaniladigan matritsalar.
64.
Graflarda “zanjir” va “yo‘l”
tushunchalari, eng qisqa yo‘lni topish algoritmlari.
65.
Graf tuzilmasida qisqa yo‘larni aniqlash uchun Floy-Uorshel algoritmi va uning qo‘llanilishiga
doir misol keltiring.
66.
Graflar uchun qo‘shnilik va vazn matritsasi, misollar yordamida tavsiflab bering.
67.
Graf tuzilmasida qisqa yo‘lni aniqlash uchun Deykstr algoritmi va uning qo‘llanilishiga doir misol
keltiring.
68.
Graflarning analitik ifodasi, graflarni qayta ishlashda qo‘llaniladigan matritsalar.
69.
Dasturiy ta’minot tushunchasi, dasturiy ta’minotni testlash va tekshirishni tushuntirib bering.
70.
Dasturiy ta’minotni testlash, validatsiya,verifikasiya tushunchalar va ularni farqi.