3
UNIVERSITY OF GEOLOGICAL SCIENCES
O‘ZBEKISTONDA ENERGETIKANING RIVOJLANISH TARIXI, BUGUNGI HOLATI VA ISTIQBOLLARI
O‘zbekistonda energetikaning rivojlanishi tarixi.
Turkiston energetika xo‘jaligining quvvati 1914-yilga kelib 20 ming o.k. dan ozgina oshgan bo‘lib, 51 elektr stansiyalardagi elektr motorlarning umumiy soni 500 tadan oshmas edi.
1917-yilgacha hozirgi O‘zbekiston hududidagi elektr stansiyalarini quvvati 3000 kVt ni tashkil qilib, bir yilda 3,3 mln kVtsoat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan edi.
Turkiston o‘lkasini elektrlashtirish rejasini tuzilishi katta ahamiyatga ega bo‘ldi. 1923-yil Toshkent chekkasidagi Bo‘zsuv kanalida suv elektr stansiyasi(GES) qurilishi boshlandi. 1926-yil O‘zbekiston energetikasini birinchisi, o‘sha vaqtda O‘rta Osiyoda eng katta bo‘lgan 2 ming kVt quvvatli Bo‘zsuv GES i ishga tushdi.
Respublikada quvvat o‘sishini asosini O‘zbekiston energetika sistemasi tuzilgan paytda(1934-yil) Chirchiq-Bo‘zsuv yo‘nalishida 180 ming.kVt quvvatli ketma-ket qurilgan suv elektr stansiyalari tashkil etdi.
1939-yilda Qizilqiya ko‘mir havzasi negizida Quvasoy issiqlik elektr stansiyasi(IES) ni 12 MVt quvvatli kondensatsiyali turbina agregati va Toshkent to‘qimachilik kombinati issiqlik elektr stansiyasini 6 MVt quvvatli ikki turbinasi ishga tushirildi.
1939-1940-yillarda 110 kV kuchlanishli havo liniyalari Quvasoy IES ni Andijon shahari bilan, Tavaqsoy GES ini Chirchiq shahari bilan bog‘ladi.
1943-yil Sirdaryo daryosida qurila boshlagan 125 ming.kVt quvvatli Farhod GESi kimyo sanoatini rivojlantirish va sug‘oriladigan yerlarni suv bilan ta’minlash imkonini berdi. O‘zbekiston va qo‘shni respublikalari yerlarini o‘zlashtirishga imkon beruvchi suv to‘g‘onlari quriladi.
Angren ko‘mir havzasini o‘zlashtirilishi, ikki issiqlik elektr stansiyasini 600 ming.kVt quvvatli Angren IESini va Olmaliq issi
3
UNIVERSITY OF GEOLOGICAL SCIENCES
O‘rnatilgan uskunalar quvvatlarini yig‘indisi 12 mln.kVt dan ortiq bo‘lgan, 38 issiqlik va gidroelektr stansiyalarini o‘z ichiga olgan O‘zbekiston energetika sistemasi asosini yirik elektr stansiyalar, shu jumladan, Sirdaryo IES(3 mln.kVt), Toshkent(1,86 mln.kVt), Yangi-Angren(1,8 mln.kVt) va Navoiy IES(1,25 mln.kVt) tashkil etadi.
Ko‘rsatilgan elektr stansiyalarda yagona quvvati 150 dan 800 ming kVt bo‘lgan 30 dan ortiq zamonaviy energetika bloklari o‘rnatilgan. Loyiha quvvati 3,2 mln.kVt va yagona energetika blokini quvvati 800 ming kVt li O‘rta Osiyoda eng katta bo‘lgan Tolimarjon issiqlik IES ini qurilishi davom etmoqda.
Suv energetikasi O‘zbekiston Respublikasini energetika vazirligi sistemasidagi bir necha suv elektr stansiya kaskadlar bilan belgilangan. Bulardan O‘rta-Chirchiq GES lar kaskadi suv havzasiga ega va shu sababli 600 ming kVt quvvatli Chorvoq GESi va 165 ming kVt quvvatli Xodjikent GESi quvvatni rostlash tartibida ishlaydi.
O‘zbekiston energetika sistemasi O‘rta Osiyo Birlashgan energetika sistemasini tarkibiy qismi bo‘lib, bunga undan tashqari Turkmaniston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Janubiy Qozog‘iston energetika sistemalari kiradi. Hozirga vaqtda O‘rta Osiyo birlashgan energetika sistemasi(BES) amalda mustaqil mamlakatlar hamkorligidan ajralgan holda ishlamoqda.
Bugungi kunda energetika holatining tahlili va kelajak energetikasi.
Yevropa va Osiyoda elektr energiyasini ishlab chiqish, uzatish va taqsimlash 50 Gs chastotali uch fazali o‘zgaruvchan tok bilan bajariladi. Buni o‘zgaruvchan tokni oson boshqa turdagi energiyaga aylantirilishi va juda ishonchi bo‘lgan asinxron elektr mashinalarini ishlatish mumkinligi bilan tushuntirish mumkin.
Elektr qurilmalarining tayyorlash sonini kamaytirish maqsadida Davlat
|