• 1. O‘zgarmas yoki deyarli o‘zgarmas yuklama bilan ishlaydigan iste’molchilar.
  • 2. Qisqa muddatda ishlaydigan qurilmalar.
  • 3. Takroriy qisqa muddatda ishlovchi iste’molchilar.
  • UNIVERSITY OF GEOLOGICAL SCIENCES




    Download 4,93 Mb.
    bet5/6
    Sana21.12.2023
    Hajmi4,93 Mb.
    #126134
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Mamurjon 01

    3
    UNIVERSITY OF GEOLOGICAL SCIENCES

    III toifali elektr iste’molchilariga yuqorida tanishilgan I va II toifali iste’molchilar turkumiga kirmaydigan barcha elektr qabul qiluvchilar kiradi. Ularning elektr ta’minoti bitta manba orqali bajarilishi mumkin. III toifali elektr iste’molchilarida elektr ta’minotidagi uzilish 24 soatdan oshmasligi kerak. Tokning chastotasiga qarab iste’molchilar 50 Gs chastotali, yuqori (10 kGs gacha), o‘ta yuqori (10 kGs dan katta) va past chastotali manbalardan ishlaydigan iste’molchilarga bo‘linadilar. Korxonalarda asosan, 50 Gs chastotali iste’molchilar ishlatiladi. Yuqori va o‘ta yuqori chastotali qurilmalar metallarni eritishda, toblashda, qoliplashda keng ishlatiladi. Bunday manbalarni hosil qilish uchun tristorli, ionli yoki lampali o‘zgartgichlar ishlatiladi. Past chastotali iste’molchilar turkumiga transportda(16 Gs), suyultirilgan metallni aralashtirishda (25 Gs gacha) ishlatiladigan kollektorli elektr yuritgichlar kiradi. Past chastotali elektr iste’molchilar sanoat korxonalarida keng tarqalmagan. 23


    Sanoat korxonalaridagi elektr iste’molchilarining ish rejimlariga qarab uch xarakterli guruhlarga bo‘lish mumkin:
    1. O‘zgarmas yoki deyarli o‘zgarmas yuklama bilan ishlaydigan iste’molchilar. Bunday rejimda ishlaydigan qurilmalarda uzoq vaqt ishlash davomida ular qismlarining harorati ruhsat etilganidan oshmaydi. Ventilyatorlar, nasoslar, kompressorlarning elektr yuritgichlari ushbu holatda ishlaydilar.
    2. Qisqa muddatda ishlaydigan qurilmalar. Bunday holatda mashina yoki apparatlarning ishlash vaqti kichik bo‘lib, ish vaqtida ular qismlarining harorati mo‘ljallangan turg‘un qizish darajasiga etmaydi. Tanaffus vaqti esa uzoq bo‘lib, mashina yoki apparatlar qismlarining harorati atrof-muhit haroratiga tenglashadi. Misol tariqasida bunday iste’molchilarga metallarga ishlov beruvchi stanoklarining yordamchi mexanizmlarining yuritmalarini keltirish mumkin.
    3. Takroriy qisqa muddatda ishlovchi iste’molchilar. Bunday qurilmalarda ishlash vaqti qisqa to‘xtash vaqti bilan almashinib turadi.

    Download 4,93 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 4,93 Mb.