UNIVERSITY OF GEOLOGICAL SCIENCES




Download 4,93 Mb.
bet4/6
Sana21.12.2023
Hajmi4,93 Mb.
#126134
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mamurjon 01

3
UNIVERSITY OF GEOLOGICAL SCIENCES

I toifa elektr iste’molchilari bunday elektr iste’molchilarda elektr ta’minotidagi uzilish kishilarning hayotini xavf ostiga qo‘yadi, xalq xo‘jaligi uchun katta zarar keltiradi, qimmatli qurilmalarni buzilishi va ko‘plab hom-ashyoni chiqindiga chiqishiga, murakkab texnologik jarayonni uzoq vaqtga izdan chiqishiga, kommunal xo‘jalikning eng muhim jabhalarida ishning buzilishga olib keladi. I toifali elektr qabul qiluvchilar elektr energiyani kamida ikkita mustaqil ta’minlash manbalaridan olishlari kerak va ularning elektr ta’minotidagi uzilishi vaqti zahiridagi manbani avtomatik ravishda ulashga ketadigan vaqt bilan belgilanadi.


Mustaqil manba sifatida ikkita elektr stansiya yoki podstansiyalarning taqsimlash qurilmalari ishlatilishi mumkin.
Ko‘p korxonalarida I toifali elektr istemolchilarining solishtirma miqdori katta bo‘lmaydi. Neft kimyosi, sintetik kauchik va metallurgiya korxonalarida I toifali elektr qabul qiluvchilarining miqdori 7080 % ni tashkil etadi.
I toifali istemolchilaridan ayrimlari alohida guruh iste’molchilari turkumiga kiradi. Ularni to‘xtovsiz ishlashi ta’minlansa kishilar hayoti xavf ostida qolmaydi, portlashlar, yong‘inlar sodir bo‘lmaydi va qimmat baholi qurilmalar ishdan chiqmaydi. Bularga, masalan kompressorlar, ventilyatorlar, nasoslar, yer osti konlaridan yuqoriga ko‘taruvchi uskunalarining yuritmalari va avariya holatlarda ishlaydigan yoritish qurilmalari kiradi. Bunday alohida guruh iste’molchilari uchun uchinchi qo‘shimcha mustaqil ta’minlash manbasi bo‘lishi kerak.
II toifali elektr iste’molchilari - bunday elektr iste’molchilarining elektr ta’minotidagi uzilish ko‘plab mahsulotlarni ishlab chiqarilmasligiga, ishchilarning ommaviy turib qolishiga, mexanizmlar va korxona transportini ishlamasligiga, shahar va qishloq aholisining ko‘p qismining normal faoliyatini buzilishiga olib keladi. Bu toifadagi iste’temolchilar korxonalarda eng ko‘p qismni tashkil qiladi. Ularning elektr ta’minotini ikkita mustaqil elektr manbalar orqali bajarilishi tavsiya etiladi. II toifali iste’molchilarda elektr ta’minotidagi

Download 4,93 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 4,93 Mb.