• 1.Tarmoqlararo ekran texnologiyasi va uning vazifalari
  • University of management and future technologies mustaqil ish




    Download 396.04 Kb.
    bet1/7
    Sana18.01.2024
    Hajmi396.04 Kb.
    #140317
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    2-Mustaqilish KiberHavfsizlik Ashurova Gulruhsor
    3-Amaliy ish 1-topshiriq - Rejabboyev, 1-Amaliy 1-topshiriq-Режаббоев-11, Asadbek Rejabboev

    UNIVERSITY OF MANAGEMENT AND FUTURE TECHNOLOGIES
    MUSTAQIL ISH
    Mavzu: Tarmoqlararo ekran texnologiyalari
    Bajardi: Ashurova Gulruhsor 111- guruh
    Tekshirdi: TURGUNOV B. A.
    Toshkent 2023
    Reja:
    1. Tarmoqlararo ekran texnalogiyasi va uning vazifalari
    2. Tarmoq xavfsizligini ta’minlash muammolari va tarmoq hujumlarga qarshi samarali himoya yechimlari
    3. Ruxsatsiz kirishni aniqlash tizimi
    4. IDS, IPS va Firewall ning solishtirma tahlili
    5. Glossariy
    6. Mavzu bo’yicha testlar
    1.Tarmoqlararo ekran texnologiyasi va uning vazifalari
    Tarmoqlararo ekran — himoyalash vositasi bo‘lib, ishonchli tarmoq, va ishonchsiz tarmoq orasida ma’lumotlarga kirishni boshqarishda qo‘llaniladi. Tarmoqlararo ekran ko‘p komponentli bo‘lib, u Internetdan tashkilotning axborot zahiralarini himoyalash strategiyasi sanaladi. Ya’ni tashkilot tarmog‘i va Internet orasida qo‘riqlash vazifasini bajaradi. Tarmoqlararo ekranning asosiy funksiyasi ma’lumotlarga egalik qilishni markazlashtirilgan boshqaruvini ta’minlashdan iborat. Tarmoqlararo ekran quyidagi himoyalarni amalga oshiradi: o‘rinsiz trafiklar, ya’ni tarmoqda uzatiladigan xabarlar oqimini taqiqlash; qabo‘l qilingan trafikni ichki tizimlarga yunaltirish; ichki tizimning zaif qismlarini yashirish bilan Internet tomonidan uyushtiriladigan xujumlardan himoyalash; barcha trafiklarni bayonlashtirish; ichki ma’lumotlarni, masalan tarmoq topologiyasini, tizim nomlarini, tarmoq uskunalarini va foydalanuvchilarning identifikatorlarini Internetdan yashirish; ishonchli autentifikatsiyani taьminlash. Ko‘pgina adabiyotlarda tarmoqlararo ekran tushunchasi brandmauer yoki FireWall deb yuritilgan. Umuman bo‘larning xammasi yagona tushunchadir. Tarmoqlararo ekran — bu tizim, umumiy tarmoqni ikki qismga ajratib, tarmoqlararo himoya vazifasini o‘taydi va ma’lumotlar paketining chegaradan o‘tish shartlarini amalga oshiradigan qoidalar to‘plami hisoblanadi. Odatda tarmoqlararo ekran ichki tarmoqlarni global tarmoqlardan, ya’ni Internetdan himoya qiladi. SHuni aytish kerakki, tarmoqlararo ekran nafaqat Internetdan, balki korporativ tarmoqlardan xam himoya qilish qobiliyatiga egadir.
    Har qanday tarmoqlararo ekran ichki tarmoqlarni to‘liq himoya qila oladi deb bo‘lmaydi. Internet xizmati va hamma protokollarning amaliy jihatdan axborotlarga nisbatan himoyasining to‘liq bo‘lmaganligi muammosi bor. Bu muammolar kelib chiqishining asosiy sababi Internetning UNIX operatsion tizim bilan bog‘liqligida. TCP/IP (Transtnission Control Protokol/lnternet Protocol) Internetning global tarmog‘ida kommunikatsiyani ta’minlaydi va tarmoqlarda ommaviy ravishda qo‘llaniladi.

    Download 396.04 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 396.04 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    University of management and future technologies mustaqil ish

    Download 396.04 Kb.