Algoritm xilma-xilligiga ikkita asosiy sabab keltirish mumkin




Download 51,96 Kb.
bet2/3
Sana27.11.2023
Hajmi51,96 Kb.
#106728
1   2   3
Bog'liq
tayyorlash kk
biologiyaning dolzarb muammolari, 8 sinf 100 % javobsiz (1), NIGINA, Idrok. Asab tizimidagi axborotni kodlash, Namuna-1, Yozuv va yozuv tarixi........., Eyler hayoti va ijodi, Философия и релегеоведение......, Влияние христианство в политическую и социальную положение , Power Point dasturida ishlash. (2), Microsoft Power Pointda prezintatsiya yaratish., Esirgapova Yulduz Shukurjon qizi amaliyot, Fevral oyi uchun hisobot, abdulloyeva maftuna MAY oyi xisoboti
Algoritm xilma-xilligiga ikkita asosiy sabab keltirish mumkin:

  • Algoritmlarning ishlash vaqtlari har doim ham bir xil bo’lmaydi va ularning ishlashi qandaydir ma’lum holatlarda o’zgarib turadi. Ya’ni, umumiy holatda biror algoritmdan yomonroq ishlovchi boshqa bir algoritm, aynan, qandaydir holat uchun undan ko’ra yaxshiroq ishlashi mumkin.

Buni tushunish uchun quyidagi misolni keltiramiz. Bu yerda turli xil saralash algoritmlarining ishlashi vizual holda bir biri bilan taqqoslangan. Birinchi holatda kiruvchi ma’lumotlar, ya’ni saralanishi kerak bo’lgan ma’lumotlar ixtiyoriy turda va holatda bo’ladi.
Bu holatda Heap, Merge, Quick sort kabi algoritmlar o’z ishini boshidagi 3 ta algoritmdan ko’ra ancha tez yakunlayapti.
Endi esa bu misolga e’tibor bering. Endi saralanishi kerak bo’lgan ma’lumotlar to’liq bo’lmasa ham, deyarli saralangan holatda bo’ladi
Bu holda e’tibor bergan bo’lsangiz, Insertion sort (birinchi turgani) algoritmi yuqorida aytilgan murakkab algoritmlardan ko’ra bir necha barobar tez ishlashini ko’rishingiz mumkin.
Biz yuqorida faqat ikki xil holatni, ixtiyoriy va deyarli saralangan ma’lumotlarni saralagan holatni ko’rib chiqdik. Bunday holatlar esa ko’plab topiladi, masalan teskari saralangan, bir turdagi ma’lumotlar ko’p yoki kam bo’lgan va h.k ma’lumotlarni saralash. Har bir holat uchun ma’lum bir algoritmlar qolganlaridan ko’ra tezroq yoki sekinroq ishlab qolishi mumkin.

  • Ikkinchi sabab sifatida esa, albatta, saralash algoritmining xotiradan qo’shimcha joy egallashi va uning turg’unlik xususiyati inobatga olinadi.

Saralash algoritmlarida turg’unlik (stability) deganda, ikkita bir xil elementning ilk holatdagi bir biriga nisbatan o’rninini saralashdan keyin ham saqlab qolishiga aytiladi.
Masalan, 3 1 2 4 1 5 sonlari bor deylik, ularni saralmoqchimiz. Agar biz qo’llagan algoritm saraladan keyin doim birinchi 1 sonini ikkinchi 1 sonidan doim oldin joylashtirsa, bu algoritm turg’un saralovchi algoritm deyiladi.
Yana haqli savol tug’ilishi mumkin, “Bu narsaning kimga keragi bor, baribir natija 1 1 2 3 4 5 bo’ladiku?” degan. Albatta, bu holatda turg’unlik ahamiyati sezilmasligi mumkin. Lekin, aytaylik siz biror korxona ishchilari ma’lumotlarini ularning nomiga ko’ra saralagan paytda turg’unlik kerak bo’lib qolishi mumkin. Ya’ni, birinchi Nodirbek ma’lumotlari, ikkinchi Nodirbek ma’lumotlaridan keyin turishi kerak degan kabi.
Saralash algoritmlari ichidagi Quick Sort ko’p hollarda Merge yoki Heap sortdan tez ishlagani bilan u turg’un saralash algoritmi hisoblanmaydi (Turg’un holga keltirishning iloji bor).
Ko’rib turgangizdek har xil algoritmlar ishlash tezliklari bir xil bo’lgani bilan bizga turli holatlarda aynan bir turdagi algoritm kerak bo’lib qolishi va u biz tuzayotgan tizim samaradorligiga ta’sir qilishi mumkin. Shu sababdan, turli xil saralash algoritmlari ishlashini o’rganish va tushunish professional dasturchi uchun muhim hislatlardan biri hisoblanadi.

Download 51,96 Kb.
1   2   3




Download 51,96 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Algoritm xilma-xilligiga ikkita asosiy sabab keltirish mumkin

Download 51,96 Kb.