|
Unumdorligi G= 35000 kg/soat bo‘lgan S5 va yuqori bo‘lgan uglevodorodlarni izomerlash va yuqori oktan sonli benzin ishlab chiqarish qurilmasini moddiy va issiqlik xisoblarini bajaring
|
bet | 7/10 | Sana | 12.02.2024 | Hajmi | 63,88 Kb. | | #154916 |
Bog'liq Unumdorligi G= 35000 kg soat bo‘lgan S5 va yuqori bo‘lgan uglevo-www.fayllar.org5. Texnologik sxema bayoni
Katalitik riforming qurilmasi.
Xom ashyo 12-nasos orqali bosim ostida (4,7 MPa) gidrotozalangan sirkulyatsiyalangan vodorod saqlovchi gaz va riformingdan ajralgan ortiqcha vodorod saqlovchi gaz bilan aralashtirishga beriladi. Bu aralashma 16- pechning aloqida bo`limida qizdiriladi (4250C gacha) va 15- gidrotozalash reaktoriga kiritiladi. Reaktordagi alyumokobal'tmolibdenli katalizator ishtirokida oltingugurtli birikmalar buzilib, so`ngra vodorod sul'fid qolatida chiqariladi. Shuningdek bir vaqtda xom ashyo azotli va kislorodli birikmalardan tozalash jarayoni boradi.
Bug’-gazli aralashma 15-reaktordan pastki qismidan chiqarilib, 10- qaynatkich va 14-sovutkichda sovitiladi va 350C harorat bilan 8-gazseparatorga kiritiladi. Bu yerda aralashma suyuq gidrogenizatga va sirkulyatsiyalanuvchi gazga ajratiladi. Gaz 2- absorber pastki qismidan monoetanolamin (MEA) yordamida vodorod sul'fiddan tozalash uchun kiritiladi, so`ngra 11-kompressor yordamida 4,7-5,0 MPa bosimgacha siqiladi va gidrotozalash tizimiga yuboriladi. Ortiqcha sirkulyatsiyalanuvchi gaz 1- kompressor yordamida 5,0 MPa bosimgacha siqiladi va qurilmadan chiqariladi.
Gidrogenizat 8-gaz separatoridan 9-issiqlik almashtirgichda sovitiladi va 7- buqlatuvchi kolonnaga kiritiladi. Kolonna yuqori qismidan chiquvchi vodorod sul'fid, uglevodorod gazlari va suv buqi 6-sovutkichda sovitiladi va 4- separatorga yuboriladi. Separator pastki qismidan 5-nasos orqali kondensat yiqib olinadi va 7- buqlatuvchi kolonnaga qaytariladi. Vodorod sul'fid va uglevodorod gazlari monoetanolamin (MEA) yordamida tozalash uchun 3- kolonnaga kiritiladi. Kolonna yuqori qismidan chiquvchi buqlar 27- fraksiyalovchi absorberga yuboriladi.
Gidrogenizat 7- buqlatuvchi kolonna pastki qismidan chiqariladi va 10- qaynatkich va 9-issiqlik almashtirgichdan so`ng 13-nasos orqali platforming blokiga yuboriladi. Gaz mahsulotli aralashma dastlab 20-issiqlik almashtirgichda qizdiriladi, keyin 16-pechda va 500-5200C haroratda 19- reaktorga kiritiladi. Aralashma 18 va 17- reaktorlardan ketma ketlikda o`tib, qar bir reaktordan so`ng 16-pechda qizdiriladi. Va niqoyat, oxirgi 17- reaktordan keyin gazmahsulotli aralashma 20-issiqlik almashtirgich va 21-sovutkichda 300C gacha sovitiladi va 22- yuqori bosimli separator (3,2-3,6 MPa) ga katalizatdan sirkulyatsiyalanuvchi gazni ajratish uchun kiritiladi.
Sirkulyatsiyalanuvchi gaz 5MPa bosim ostida 24-kompressor yordamida platforming tizimiga qaytariladi, ortiqchasi esa - gidrotozalash tizimiga. Beqaror katalizat 22-separatordan 23-past bosimli separator(1,9 MPa)ga kiritiladi. Katalizatdan ajraluvchi uglevodorodli gaz separator yuqori qismidan chiqarilib, 27-fraksiyalovchi absorberga kirishdan oldin gidrotozalashdagi uglevodorod gazlari bilan aralashtiriladi. Shu absorberga 23- past bosimli separatordan suyuq faza 25-nasos orqali beriladi. Absorbent sifatida barqaror katalizat(benzin) xizmat qiladi. Absorber 27 da 1,4 MPa bosimda yuqori qismidagi harorat 400C pastki qismida 1650C da quruq gaz ajratiladi.
Beqaror katalizat 26-nasos yordamida 31-issiqlik almashtirgich orqali 34- kolonnaga beriladi va u yerda barqarorlashtiriladi. Mahsulotning bir qismi 27 va 34 - jiqozlarning pastki qismidagi haroratni tutib turish uchun 28-pech orqali sirkulyatsiyalanib turadi. Barqarorlashtirishni bosh fraksiyasi 32-jiqozda sovitiladi va 33-yiqgichga kiritiladi, u yerdan 35-nasos orqali kolonnaga "sovuq quyilish" hosil qilish uchun qaytariladi, ortiqcha qismi qurilmadan chiqariladi.
Kolonna 34 ni pastki qismidagi barqaror benzin 31 va 30-issiqlik almashtirgichlarda sovitilgandan keyin 29-nasos orqali 27-fraksiyalovchi absorberga kiritiladi, uning ortiqcha qismi qurilmadan chiqariladi.
Qurilma ish rejimi:
Harorat, 0C 480-520
Bosim, MPa. 3-4
Xom ashyoni uzatish hajmiy tezligi, soat-1...........................................1,5-2,0 Sirkulyatsiyalanuvchi vodorodsaqlovchi gazning xom ashyoga
nisbatan karrasi 1500
Bosqichlar bo`yicha katalizator tarqatilishi 1: 2 : 4
Izomerlash jarayoni mohiyati yengil normal parafin uglevodorodlarini mos izotuzilishdagi uglevodorodlarga katalitik o’zgarishi hisoblanadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Unumdorligi G= 35000 kg/soat bo‘lgan S5 va yuqori bo‘lgan uglevodorodlarni izomerlash va yuqori oktan sonli benzin ishlab chiqarish qurilmasini moddiy va issiqlik xisoblarini bajaring
|