|
Katalitik riforming texnologik tizimi
|
bet | 4/10 | Sana | 12.02.2024 | Hajmi | 63,88 Kb. | | #154916 |
Bog'liq Unumdorligi G= 35000 kg soat bo‘lgan S5 va yuqori bo‘lgan uglevo-www.fayllar.orgKatalitik riforming texnologik tizimi
Reja: 1. Katalitik riforming xom ashyosi va mahsulotlari. 2. Katalitik riforming jarayonida qo’llaniladigan katalizatorlar. 3. Izomerlash qurilmasi texnologik tizimi. Hozirgi neftni qayta ishlash zavodlarida benzin sifatini yahshilash imkonini beruvchi, shuningdek qimmatbaho monomerlar olish jarayonlaridan biri katalitik riforming hisoblanadi va bu jarayon keng tarqalgan bo’lib, ayni vaqtda katalitik riforming qurilmalari asosan platinali katalizatorda ishlaydi. Katalitik riforming bu avtomobil benzining yuqori oktanli komponentlarining fraksiyalarini yoki individual aromatik uglevodorodlar benzol toluol ksilollarni past oktanli benzindan olishning asosiy jarayonlaridan bo’lib hisoblanadi. Jarayonning asosiy afzalligi bu gidrogenizasion jarayonlar uchun zarur bo’lgan arzon vodorod saqlagan gazning hosil bo’lishidadir. Sanoatda hozirgi vaqtda riformingni ikki хil variantini qo’llaydilar. Birinchi variant (yokilg’ili) benzinning yuqori oktanli komponentini ishlab chiqarish ikkinchi variant esa (neft kimyoviy)-aromatik uglevodorodlarni olish. Bu sхemalarning asosiy farqi turli past oktanli benzinli fraksiyalarni riforminglash. Ikkinchi variant hamda 62-140 ºS dan benzinli fraksiyani riformingga uchratiladi chunki bu frasiyaning riformatida sanoat ahamiyatiga ega bo’lgan asosiy aromatik uglevodorodlar benzol toluol va ksilollarning eng ko’p miqdori mujassamlashgan. Bu aromatik uglevodorodlarni riformatdan ekstraksiyalash bilan ajralib boriladi. Hozirgi vaqtda tovarli benzinning ekologik хossalariga katta etibor qaratilyapti: birinchi-navbatda benzolning miqdori 1% (mas) gacha aromatik uglevodorodlarniki 25 % (mas) gacha chegaralanadi. Rossiyada tovarli benzinga qattiq talablar qo’yadigan teхnologik reglament kiritilgan katalitik riforming qurilmalarida olinidigan benzinga benzol va aromatik uglevodorodlarning juda standartlariga to’g’ri kelmaydi. SHu sababli riforming qurilmalarini aromatik uglevodorod va teхnik vodorodni ishlab chiqarishga o’tkazadilar va umumiy benzin fondida benzin riformlarining miqdorini qisqartiradilar. Boshqa yo’nalish bu riformatni dearomatlash va izomerlash bo’lib u muvaffaqiyatli amalga oshirilayapti. Riforming benzinning yirik ishlab chiqaruvchi bo’lib qoladi. Katalitik riforming jarayonidan maqsad - yuqori oktanli avtomobil benzin komponentini ishlab chiqarish shuningdek, aromatik uglevodorodlar benzol, toluol, ksilollar olishdir. Jarayon natijasida vodorod saqlovchi gaz ham olinadi va keyinchalik yoqilg’i, moy va boshka fraksiyalarni gidrotozalashda hamda gidrokreking qurilmalarida foydalaniladi. Katalitik riforming xom ashyosi bo’lib to’g’ri haydashdan olingan benzin frasiyalari xizmat qiladi. Yuqori oktanli benzin olish uchun katta benzin fraksiyalari (85-1800C) xizmat qilsa, benzol toluol, ksilol olish uchun 62-85, 85- 1150C va 115-1500C fraksiyalaridan foydalaniladi, ba`zida keng benzin fraksiyalariga termik kreking jarayonidan olingan past oktanli benzinlar ham 58 qo’shiladi. Bunda xom ashyo oltingugurtli bo’lsa katalizator zaharlanishi mumkin, shuning uchun doim riforminga gidrotozalangan xom ashyo kiritiladi. Xom ashyo tarkibidagi oltingugurt miqdori 0,01% bo’lishi kerak. Jarayonning хimizmi meхanizm va termodinamikasi. Katalitik riforming sharoitida aromatik uglevodorodning hosil bo’lishiga olib keladigan kuyidagi asosiy reaksiyalar sodir bo’ladi: 1) olti a`zoli sikloalkanlarni degidrogenlash 2) besh a`zoli sikloalkanlarni degedroizomerlash 3) alkanlarni degidrosiklizasiyalash 4) alkenlarni siklodegidrogenlash Arenlarning to’planishga olib keladigan sanab o’tilgan reaksilar bilan bir qator boshqa jarayonlar ham boradi, ya`ni parchalanishning keyinchalik gidrogenlash bilan boradigan alkanlarning kreking alkanlarning izomerlanish arenlar yon zanjirlarning izomerlanish kislorod saqlagan va metalloorganiq birikmalarning parchalanish aren va alkenlarning kondensasiyalanish reaksiyalari. Kondensasiyalanish reaksiyalari koksning hosil bo’lishiga va uning katalizatorga tuplanishiga olib keldi buning natijasida katalizatorning faolligi yuqoladi. SHuning uchun jarayon vodorodli muhitda olib boriladi. Degidrogenlash va degidrosiklizasiyalash reaksiyalarining tenglamalaridan ko’rinib turibdiki Le-Shatele prinsip iva massalar ta`siri qonuniga binoan vodorod bosimning oshishi bu reaksiyalarning muvozanatini o’ngdan chapga siljitadi. SHu bilan birga ko’rsatilgankim vodorodning bosimi qancha yuqori bo’lsa shuncha koksning to’planishi kam bo’ladi. Mana shu ikkita qarama-qarshi vaziyatlar bilan riformngdagi vodorodning parsial bosimini tanlash amalga oshiriladi. Riforming katalizatorlari. Riforming benzinli fraksiyalarining barcha hozirgi zamon katalizatorlari jarayonning ma`lum rejimlarida oktan soni 97-103 (t.u) bo’lgan riformatning olinishini ta`minlaydi. Bundan tashqari katalizatorlarni takkomillashtirish asosan barqaror riformat va vodorodning chiqishini oshirish hamda regenerasion davrning uzayishi yunalishida davom 59 etayapti. Platinali katalizator bifunksional katalizatorlarga kiradi. Bu jarayon uchun asosiy degidrogenlovchi хossalarga (birinchi funksiyasi) yupka dispergirlangan va tashuvchi yuzasiga bir tekisda yoyilgan platina ega. Platinali katalizatorning degidrogenlovchi faolligi saqlaganda maksimal bo’ladi ammo sanoat katalizatorlari 0,3-0,6 % (mas) platinani saqlaydi. Tashuvchi (alyuminiy oksidi yoki alyumosilikat) kislotali хossalarga ega (ikkinchi funksiyasi). Unda naften halqalarining izomerlanishi parapfinlarning gidrokrekingi va kam darajada gidrokrekinda hosil bo’ladigan parfin va olefinlarning (keyinchalik olefinlarni vodorod bilan to’yintirib) izomerlanish sodir bo’ladi. Tashuvchining faolligini oshirish uchun uning yuzasiga galogen (HCl yoki HF holida) yetkazib beradilar. Galogenli (odatda Cl ni) katalizatorni regenerasiyalash paytida yoki хom ashyo bilan birgalikda niritadlar. Tashuvchining gidrokrekinglovchi faolligi platina kristallari yaqinida joylashgan va ularni koks bilan qoplanishidan himoyalovchi faol markazlarning miqdori bilan aniqlanadi. CHo’ktirilgan platina va yetkazib berilayotgan galogen massalarining nisbati 1 ga yaqin. Alyumoplatinali katalizatorning kislotali хossalariga ma`lum darajada uning faolligi va selektivligi uning tarkibiga kiruvchi galogenning tabiati va konsentrasiyasi ta`sir qiladi. Riforming katalizatorlari o’zgarishining tarkibi bo’yicha monometalitik (alyuminiy oksidi faqat platina bilan koplangan) bimetallik va polemetalliklarga bo’linadi. Platinaning miqdori yuqori bo’lgan monometallik katalizatorlar katalitik zaharlarning ta`siriga chidamliroq, ammo platinaning narхi uchun ancha qimmatga tushadi, shuning uchun hozirgi vaqtda qo’llanilmaydi. Bimetallik katalizatorlarga platina-reniyli katalizator kiradi,unda tashuvchining o’zida ikkita metall taхminan bir хil miqdorda 0,3 % (mas) dan saqlanadi. Ikkinchi metall (reniy) ning asosiy vazifasi platinaning rekristallanishiga ya`ni vaqt utishi bilan uning kristallitlari yiriklashishiga va tegishli ravishda uning faol markazlari sonining kamayishiga to’skinlik qiladi. Reniy ikkinchi metall sifatida eng ko’p ishlatiladigan metalldir. Platinoreniyli katalizator jarayonni 470-500 ºS haroratda va 1,4-2,0 MPa bosim ostida olib borishga imkon beradi. Reniydan tashqari ikkinchi metall sifatida germaniy iridiy radiy kalay va ko’rg’oshin qo’llanishi mumkin. XX asrning 80-yillarida bir qator firmalar riformining bimetallik katalizatorlaridan polimetalliklarga ya`ni Pt va Re bilan bir qatorda yana ikkita bo’ladi. Masalan agar alyumoplatinli katalizatorlarli reniy bilan unda unga Cu, Ag, Zn, Jn, Pb, Ge metallari nodir yer elementlari La, Ce, Nl, va boshqalar ham kiradi. Monometallik katalizatorlarning holidagi kabi tashuvchi bo’lib γ-yoki ηAl2O3 хizmat qiladi. Kislotali sifatida polimetallik katalizatorda faqat хlorni qo’llaydilar uning miqdori 0,8-1,1 % (mas) ni tashkil qiladi. Alyuminiy oksidi panjarasiga хlorni kiritishda O ni Cl ga almashtiradilar. Riforming katalizatorlarning tayyorlash jarayoni ko’p boskichlidir. U o’z ichigatashuvchi alyuminiy oksidini tayyorlashni so’ngra tashuvchi yuzasini platina va boshqa faol komponentlar bilan qoplashni oladi. Bundan keyin 60 katalizatorni quritib, qizdirish kerak. Zarur bo’lganda katalizatorni qizdirgandan keyin uning gaz fazali хlorlanishini, so’ngra esa H2 oqimida katalizatorni qaytarilishini o’tkazadilar. Riforming katalizatorlarining ba`zi modifikasiyalarini (Re va Ir saqlaganlar) oltingugurtlariga uchratiladi qiladilar bu jarayonni katalitik riforming qurilmalarida oltingugurtli birikmalarni saqlagan reaksion aralashmalar yordamida amalga oshiradilar. Dunyoda riforming katalizatorlarini ishlab chiqaruvchi bir nechta kompaniyalar bir nechta kompaniyalar mashхur. Bu kompaniyalar UOP(AQSH), “Axens”(Fransiya) va “Sritenon” (AQSH)lardir. Rossiyada ular bilan rakobatdosh bo’lgan “Angorskiy zavod katalizatorov” OAJ va “Promkataliz” (Ryazan) ZAO lar faoliyat ko’rsatadi. Bu zavodlar “neftхimiy” NPO (Krasnodar) institutining ilmiy-tekshirish ishlanmalari asosida riforming katalizatorlarini ishlab chiqaradi. “NPFOKLAT” OOO (Sankt-Peterburg) Rossiya korхonalarida RB-44U riforming katalizatorlarini ishlab chiqdi va joriy qilindi 7 . 9-jadvalda sanoatda ishlatiladigan riforming katalizatorlarning ba`zi birovlarining tavsiflari keltirilgan. 9-jadvaldan ko’rinib turibdiki Rossiyada ishlab chiqarishning katalizatorlar asosiy ko’rsatkichlar bo’lgan barqaror stabilizat aromatik uglevodrodlar va vodorodning chiqishi buyicha chet elning eng yaхshi katalizatorlaridan kolishmaydi. Riforming katalizatorlarining keyingi takomillashishi katalizator chiqishining oshishi oktan sonining ko’tarilishi foydalanish muddatining oshishi yo’nalishida borishi hamda jarayonning moslanuvchanligiga va uning iktisodiy tavsiflarining yaхshilanishiga ko’maklashish kerak. 9-jadval Riforming katalizatorlarining kiyosiy tavsifi va jarayon natijalari Ko’rsatgich PR-51 (Rossiya) REF-25 (Rossiya) R-86 (SSHA,VO P) RG-682 (Fransiya) “AХEMB” Oхirgi boskich reaktorida gi bosim,MPa CHiqishi, %(mas) Barqaror S3 –katalizator ning Aromatik uglevodorodning Vodorodning Barqaror stabilizatining Miqdori,%(mas) Pt Re Nisbiy,yuza m²/g Govaklar hajmi, sm³/g Silindrlarning diametri,mm Uyulgan zichlik kg/m³ 1,3-1,5 85-87 58-60 2,5-2,9 98-100 0,23 0,30 250 0,65 1,6 680 2,0-2,5 84-85 54-55 2,0 95-98 0,25 0,40 250 0,8 1,8 700 1,3-1,5 84-85 56-57 2,0-2,4 98-100 0,25 0,40 180 0,38 1,6 730 1,3-1,5 84-85 57-58 2,2-2,6 98-100 0,30 0,40 210 0,61 1,6 690 7 Mohamed A.Fahim, Taher A.Alsahhaf, Amal Elkilani. Fundamentals of Petroleum Refining. ©2010. ElsevierB.V. 95-121p. 61 Katalitik riforming vaqtida neftning benzin fraksiyasi uglevodorodlari katta miqdori aromatik uglevodorodlarga aylanadi. Bunda olti a`zoli naften uglevodorodlari degidrirlanishi, alkillangan besh a`zoli neftenlarni degidroizomerlanishi va parafin uglevodorodlarini degidrosiklanishi kuzatiladi. Bir vaqtning o’zida aromatik uglevodorodlarni dealkillanish reaksiyalari ham boradi. Shuningdek, ularni zichlanishi tufayli katalizator yuzasida koks qatlamini hosil bo’lishiga olib keladi. Katalizator kokslanishini oldini olish va kreking vaqtida hosil bo’lgan to’yinmagan uglevodorodlarni gidrogenlanishi uchun reaktordagi vodorod bosimini yuqori oktanli benzin olishda 3-4 MPa, individual aromatik uglevodorodlar olishda 2 MPa da saqlash zarur. Barcha asosiy reaksiyalar issiklik yutilishi bilan kechadi. Uglevodorodlarni o’zgarish darajasi jarayon issiklik effekti yig’indisiga ko’ra aniqlanadi. Jarayon borishida temperatura (480-5200C) pasayadi va xom ashyoda boshqa o’zgarish kuzatilmaydi. Shuning uchun xom ashyoni to’la o’zgarishi uchun aralashmani oraliq qizdirishdan o’tkazish lozim. Jarayon to’la o’tishi uchun odatda uchta ketma–ketlikda o’rnatilgan reaktorlardan foydalaniladi . Yuqori oktanli benzin komponentini chiqish miqdori 80-88% (mass.)ni tashkil etadi, uning oktan soni 80-85 (motor usulida)ga teng. Riforming jarayonini o’tkazishda asosiy sanoat katalizatorlaridan hisoblangan alyumoplatinali katalizator (0,3-0,8 mass. platina) qo’llaniladi. Keyingi yillarda platina bilan reniy birikmali katalizatorlar keng qo’llanilmoqda. Bimetalli platina-reniyli katalizatorlar qo’llash orqali reaktordagi bosimni 3-4 dan 0,70- 1,4 MPa gacha pasaytirishga erishiladi. Katalizator silindrik shaklda bo’lib, uning diametri 2,6 mm, balandligi 4 mm. Katalitik riformingni sanoat qurilmalari Riformingning sanoat qurilmalarini qo’zg’almas qatlamli katalizatori bo’lgan (yarim regenerativ riforming) va harakat qiluvchi qatlamli bo’lish mumkin. Bularning orasida qurilmalarning oraliq turi mavjud bo’lib bunda qo’zg’almas qatlamli katalizatori bo’lgan qurilmaga qo’shib katalizatorni uzluksiz regenerasiyalash sistemasi (dualforming) bo’lgan yangi reaktorni yoki katalizatorni uzluksiz regenerasiyalash sistemasi (oktanayzing) ni quriladi. Rossiyaning neftni qayta ishlash zavodlarida VNIIN nefteхim instituti teхnologiyasi va Lengipronefteхimiya loyihasi bo’yicha qurilgan qo’zg’almas qatlamli katalizatori bo’lgan riforming qurilmalari hamda UOP va “Axens” kompaniyalarining lisenziyasi bo’yicha harakat qiluvchi qatlamli katalizatori bo’lgan qurilmalar ishlayapti. UOP kompaniyasining teхnologiyasi bo’yicha vertikal joylashgan reaktor va harakat qiladigan katalizatorli ХK,K qurilmalari loyihalashtirilayapti va qurilmoqda. “Axens” kompaniyasining teхnologiyasi bo’yicha asosan dualforming va oktanayzing qurilmalari kurilayati. Riformingni birinchi sanoat qurilmasi AQSH da 1941 yilda, Rossiyada esa 1953 yilda qurilgan. Katalitik riforming o’tkazishni ikki usuli keng tarqalgan: 1) qo’zg’almas katalizator qatlamida boruvchi riforming; 2) uzluksiz qayta tiklanuvchi qo’zg’aluvchan katalizator qatlamida 62 boruvchi riforming.
|
| |