|
Unumdorligi G= 35000 kg/soat bo‘lgan S5 va yuqori bo‘lgan uglevodorodlarni izomerlash va yuqori oktan sonli benzin ishlab chiqarish qurilmasini moddiy va issiqlik xisoblarini bajaring
|
bet | 8/10 | Sana | 12.02.2024 | Hajmi | 63,88 Kb. | | #154916 |
Bog'liq Unumdorligi G= 35000 kg soat bo‘lgan S5 va yuqori bo‘lgan uglevo-www.fayllar.org7. Asosiy jihozning bayoni
Sanoatda birinchi marotaba riforming qurilmasi 1940 yilda ishga tushirildi. Bu qurilmalarda katalizator sifatida xrom yoki molibdan oksidi ishlatilar edi. Benzin fraksiyasini oktan sonini 80 gacha ko‘tarilar edi. Bu qurilmalarni gidroforming qurilmalari deb atalar edi.
Ulug‘ Vatan urushi vaqtida bu qurilmalar benzin fraksiyalaridan toluol olish uchun ishlatildi.
1949 yilda birinchi platforming qurilmasi barpo etildi. Platina katalizatori ishtirokida benzinni oktan soni oshiriladi va aromatik uglevodorodlar olinadi.
Benzinni oktan sonini oshishi aromatik uglevodorodlarni miqdorini ko‘payishiga bog‘liq. Aromatik uglevodorodlar hosil bo‘lishi reaksiyasi issiqlik yutilishi bilan sodir bo‘ladi. Shuning uchun riforming jarayoni birnecha ketma-ket ishlovchi reaktorlarda olib boriladi. Har qaysi bosqichdan /reaktordan/so‘ng homashyo trubali pechlarda isitiladi. Riforming jarayonida sifati past benzindan yuqori oktan sonli benzin komponenti olinadi. bu jarayonda asosan aromatik uglevodorodlar xosil bo‘ladi, parfin uglevodorodlari izomerlanishga uchraydi.
AVT qurilmalarida neftdan benzin olinadi (16-20 %). Bu benzinlarni oktan soni 45-55 ga teng. Riformingdan so‘ng oktan soni 80-90 (m.m) yoki 90-100 (i.m.) gacha ko‘tariladi.
Riforming jarayonining ikkinchi vazifasi - benzin fraksiyalaridan aromatik uglevodorodlar (benzol, toluol, ksilol, etilbenzol) olishdir.
Bu jarayonda tannarxi arzon bo‘lgan vodorod qo‘shimcha maxsulot sifatida hosil bo‘ladi. Vodorod gidrogenizasion jarayonlar uchun zarur qo‘shimcha mahsulotdir.
Riforming jarayoni kimyosi asoslari
Riforming jarayonini asosiy reaksiyalaridan biri naften uglevodorodlaridan aromatik uglevodorodlar hosil bo‘lishidir. Bu reaksiyani nikel va platina gruppasi metallari yordamida 300oS da sodir bo‘lishini birinchi marta 1911 yilda N.D.Zelinskiy ixtiro etgan.
Jarayonda ishlatiladigan katalizatorlar
Dastlabki bosqichda sanoatda riforming jarayoni samaradorligi past bo‘lgan xrom oksidi va molibden oksidi ishtirokida I MPa bosimda va 540-560 0S haroratda olib borilgan. Bu katalizatorlarda aromatik, uglevodorodlar asosan naftenlardan hosil bo‘lar edi. Harorat yuqori va bosim past bo‘lgani uchun kreking reaksiyasi sodir bo‘lib, katalizatorlarni sirti tezda koks bilan qoplanar edi. Shuning uchun bosimni 1,4 MPa ga ko‘tariladi. Buning natijasida degidrogenlanish reaksiyasini borishi sekinlashdi. Jarayon ikkita reaktorda navbat bilan 6-8 soatdan olib borilar edi. Shu vaqtda ikkinchi reaktorda kattalizatorlarni sirtiga o‘tirgan koks yondirilar edi. Shu sababli asosiy tadqiqotlar yuqori samaradorli katalizatorlarni izlashga yo‘naltirildi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Unumdorligi G= 35000 kg/soat bo‘lgan S5 va yuqori bo‘lgan uglevodorodlarni izomerlash va yuqori oktan sonli benzin ishlab chiqarish qurilmasini moddiy va issiqlik xisoblarini bajaring
|