• Qatnashdilar
  • Tadbir tashkilotchisi: 1.Kimyoviy texnologiyalar fakulteti tyutori Sh.Sapayeva. K U N T A R T I B I
  • ESHITILDI: Kun tartibi bo‘yicha Kimyoviy texnologiyalar fakulteti dekani Sh.Kurambayev so‘zga chiqib, Navroʻz
  • QAROR QABUL QILINDI
  • Tadbirdan lavhalar
  • Urganch davlat universiteti Kimyoviy texnologiyalar fakulteti talaba-yoshlari o‘rtasida “Yangi O'zbekistonda navro'z” shiori ostida o’tkazilgan “zakovat” intellektual o’yining 1-tur bosqichi bayonnomasi




    Download 3.21 Mb.
    Sana30.03.2024
    Hajmi3.21 Mb.
    #181889
    Bog'liq
    23.02.Zakovat 1-bosqich
    parrandalarni-oziqlantirish-texnologiyasi, kompyuiterlarga tashxis qo`yish, Янги форма бланк 2 (2) (2), Каракалпак тили адебияты, Intel processorleri qasiyeti awladlari, Документ Microsoft Word, 3.axborot texnologiyalari (m.aripov, b.begalov va b.), Mustaqil ish, Alimardon aka, 6 QAVAT BLOK UCHUN IZOXNOMA 11111, 55Foydali qazilma konlarini yer osti usulida qazib olish imkoniyaltlari, FAVQULODDA VAZIYATLARDA FUQAROLAR MUHOFAZASI, Titromeriya usulida suvning doimiy qattiqligini aniqlash, 19Kon jinslari va ularning asosiy fizik-mexanik xususiyatlari, 1-lekciya

    Urganch davlat universiteti Kimyoviy texnologiyalar fakulteti talaba-yoshlari o‘rtasida “Yangi O'zbekistonda navro'z” shiori ostida o’tkazilgan “ZAKOVAT” intellektual o’yining 1-tur bosqichi
    BAYONNOMASI

    Urganch shahri

    Kimyoviy texnologiyalar fakulteti

    23.02.2024y.

    103-xona

    Qatnashdilar:
    1.Kimyoviy texnologiyalar fakulteti dekani Sh.Kurambayev.
    2.Kimyoviy texnologiyalar fakulteti dekan o’rinbosari D.Matkarimova.
    3. Kimyoviy texnologiyalar fakulteti talabalari.
    4.Kimyoviy texnologiyalar fakulteti tyutorlari.


    Tadbir tashkilotchisi:
    1.Kimyoviy texnologiyalar fakulteti tyutori Sh.Sapayeva.


    K U N T A R T I B I :

    1.Zakovat intellektual bellashuvining ochilishi.


    2.Bellashuv shartlari va qoidalari bilan qisqacha tanishtirish,ma’lumot berish.
    3.Asosiy qism.


    ESHITILDI:
    Kun tartibi bo‘yicha Kimyoviy texnologiyalar fakulteti dekani Sh.Kurambayev so‘zga chiqib, Navroʻz  O'zbekistonda  keng nishonlanishini, bu kun bahorgi teng kunlik kuni boʻlib, shimoliy yarim sharda bahorning boshla-nishini belgilashini, ushbu bayram hozirgi Oʻzbekiston hududiga toʻgʻri keladigan hududda kamida ikki ming yildan beri nishonlanishi,2024-yilda O’zbekistonda Navro’z bayrami “Olam nurga to’lsin sen bilan,Navro’z!” shiori ostida o’tkazilishi to’g’risida gapirib o’tdi. Shuningdek,bu yilgi Navro‘z bayrami Ramazon oyida nishonlanishini inobatga olib, keksa avlod vakillarini, xususan, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat fronti faxriylarini har tomonlama e’zozlash, “Mehribonlik”, “Saxovat” va “Muruvvat” uylarida yashayotgan shaxslar, ijtimoiy himoya daftarlariga kiritilgan hamda ko‘makka muhtoj insonlarning holidan xabar olish, ular uchun dasturxonlar tashkil etish hamda turli xayriya tadbirlarini amalga oshirishini ham aytib o’tdi.So’ngra fakultet dekani Sh.Kurambayev o‘yin ishtirokchilariga muvaffaqiyatlar tiladi va bundan keyin ham zakovatchilar guruhlari yanada kupayishini, bilimli salohiyatli talabalarimiz safi kengayishini tilakdoshi ekanligini aytib o‘tdi.
    Shundan so‘ng, Kimyoviy texnologiyalar fakulteti tyutorlar kengashi raisi G.Davletova so‘zga chiqib, bellashuv shartlari,o‘yin qoidalari bilan tanishtirdi.
    Mamlakatimizda o‘sib kelayotgan yosh avlod vakillariga har tomonlama e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatilayotganligi, yuqori intellektual salohiyatli, iqtidorli va izlanuvchan, tashabbuskor va yetakchi yoshlarni yetishib chiqishiga zamin bo‘layotganligini aytib o‘tdi. Yoshlarni chuqur bilim olishda,ilm-fan sirlarini egallashda,ular o‘rtasida sog‘lom ilmiy-ma’rifiy raqobat shakllantirishda,buyuk ajdodlarimizga munosib bo‘lgan barkamol avlodni voyaga yetkazishda “Zakovat” intellektual klubining shakllanishi e’tiborga molik ish bo‘lganligini aytib o‘tdi. Shundan keyin o’yin boshlanishiga start berildi. Jamoalar o’rtasida qizg’in va murosasiz bahslar davom etdi. Yetti jamoa o’rtasidagi qizg‘in va murosasiz bahslarda oldingi o’ringa “Oligarx” jamoasi,undan keying o’ringa “Smart” jamoasi egalladi. O’yin qatnashchilarining faolligi natijasida qizg’in bahs munozaralar bilan juda qiziqarli o’tdi. Oʻyinda eng faol ishtirokchi Nazarov Diyorbek topildi.
    Tadbir so’ngida fakultet dekani t.f.d. Sh.R.Kurambaeyv bellashuvga guruxlarni tayyorlab faol qatnashtirgani uchun guruh tyutorlariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Bundan keyin ham “Zakovat” bellashuvida qatnashadigan talabalar safini yanada kengaytirishni aytib,kelgusi ishlarida zafarlar tiladi.


    QAROR QABUL QILINDI:
    1.Zakovat intellektual o‘yinida qatnashuvchi jamoalar safini yanada ko‘paytirilsin.
    2.Zakovat intellektual o‘yiniga talabalarning qiziqishi yanada oshirilsin.


    Fakultet dekani: t.f.d. Sh.R.Kurambayev
    Yoshlar bilan ishlash
    bo‘yicha dekan o’rinbosari: D.B.Matkarimova

    Tyutor: Sh.R.Sapayeva


    Tadbirdan lavhalar




    Download 3.21 Mb.




    Download 3.21 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Urganch davlat universiteti Kimyoviy texnologiyalar fakulteti talaba-yoshlari o‘rtasida “Yangi O'zbekistonda navro'z” shiori ostida o’tkazilgan “zakovat” intellektual o’yining 1-tur bosqichi bayonnomasi

    Download 3.21 Mb.