Urganch davlat universiteti pedagogika fakulteti




Download 48.47 Kb.
Sana04.03.2024
Hajmi48.47 Kb.
#166361
Bog'liq
ROHILA
ANNOTATSIYA, KTP Obiektke baǵdarlanǵan hám tarmaq dástúrlew, Rus tili fanidan 9 sinf kitobi, 102, 106, 6. Tarbiya fani dasturi 60 cоат, Документ Microsoft Word (2), 11-Ma\'ruza. MathCADda amaliy masalalarni yechish, O10, 4-son Bayonnoma-Metodbirlashma-Mehribon, 4-сон-Навруз карори намуна-2024 й, OCHIQ DARS FUTBOL-Razzaqbergan ustoz, шкаф-2024, низом

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI PEDAGOGIKA FAKULTETI
“BOSHLANG‘ICH TALIM METODIKASI” KAFEDRASI BOSHLANG‘ICH TA’LIM SIRTQI YO‘NALISHI 4-KURS 205-GURUH TALABASI O’ROZMETOVA ROHILANING “MATEMATIKA O‘QITISH METODIKASI” FANIDAN
KURS ISHI

MAVZU 3- sinf matematika darslarida iqtisodiy masalalarni o’rgatishda tarkibli masalalardan foydalanish metodikasi


Topshirdi:O’ROZMETOVA ROHILA
Qabulqildi:QURAMMUROTOVA OZODA

KIRISH.


I BOB. BOSHLANG’ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA MASALALARNING TUZILISHI
1.1 Boshlang’ich sinflarda masalalar yechishga o’rgatishning ahamiyati
1.2 Matematika darsliklarida berilgan masalalarning tahlili
II. BOB. 3- SINF MATEMATIKA DARSLARIDA TARKIBLI MASALALAR O’RGATISH YO’LLARI
2.1 3- sinf matematika darslarida masalalar yechishga o’rgatish usullari
2.2 3-sinf matematika darslarida tarkibli masalalardan foydalanish metodikasi
XULOSA
ADABIYOTLAR RO’YXATI.

KIRISH
“Talim to’g’risidagi” qonunda ta’kidlanganidek, ta’limning yangi tizimi va mazmunini shakllantirish uchun «ilg’or texnologiyalarni hamda o’quv-tarbiyaviy jarayonning didaktik ta’minotini yaratish» talab etiladi. Bu muhim vazifaning ijobiy hal etilishi ta’lim jarayonini tashkil etishga nisbatan yangicha yondashuvni taqozo qiladi. O’zbekiston Respublikasining mustaqilligi sharoitida uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlarida ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi omillarni izlab topish, bu borada eng maqbul omil deb topilgan yangi pedagogik texnologiyalarni umumiy o’rta ta’lim kasb-hunar kollejlari, akademik litseylari va oliy o’quv yurti faoliyatlariga tatbiq etish borasida amaliy harakatlarni olib borish maqsadga muvofiq deb hisoblanmoqda. Ushbu nazariy xulosaning amaliy tadbiqi sifatida bir qator tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda. Ta’lim jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish borasida umumiy o’rta ta’lim tizimida ham izlanisharning tashkil etilayotganligi alohida e’tiborga molikdir. Zero, oliy ta’lim tizimi ijtimoiy zaruriyat sifatida namoyon bo’layotgan malakali mutaxassisni tarbiyalash jarayonida o’ziga xos o’rin tutadi. Umumiy o’rta ta’lim kasb-hunar kollejlari, akademik litsey va oliy o’quv yurtlarida turli o’nalishlarda malakali kadrlarni tayyorlash davrning o’ta muhim talabi bo’lib, bu borada barcha imkoniyatlarni ishga solish alohida dolzarblik kasb etadi.


Oliy ta’lim mazmunini yangilash jarayonida bo’lajak mutaxassislarning umumiy mehnat va kasbiy ko’nikma hamda malakalarga ega bo’lishlarini ta’minlash masalasining samarali hal etilishiga alohida ahamiyat qaratilishi zarur.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida o’qituvchilarning mehnat bozoriga moslashuvini ta’minlash alohida ahamiyat kasb etmoqda. Shu o’rinda alohida ta’kidlash joizki, oliy ta’lim muassasalarida bo’lajak mutaxassislarni tayyorlash jarayoni talabalarda zaruriy ishlab chiqarish iqtisodiy mazmunga ega faoliyat, ko’nikma va malakalari sifatini shakllantirishga e’tiborni qaratish talab etiladi. Biroq, ta’lim jarayonlarini takomillashtirishga qo’yilayotgan yangi, yanada yuqoriroq talablar, shuningdek, talabalarning kasbiy ko’nikma va malakalarini, yangi pedagogik texnologiyalarni rivojlantirish bilan yangicha fikrlovchi mutaxassisni shakllantirish imkonini beruvchi sharoitlarning ishlab chiqilmaganligi o’rtasida ob’ektiv qarama-qarshilik mavjud.
Har tomonlama barkamol insonni shakllantirish bugungi jamiyatimiz oldida turgan dolzarb masalalardan biri bo’lib qolmoqda. Hozirgi maktab o’rindiqlarida o’tirgan yosh avlod ertaga bizning qo’limizdan ishimizni oladigan, hayotimizni davom ettirib, o’zidan keyingi avlodga yetkazuvchi vorislarimiz, O’zbekiston buyuk kelajagining egalaridir! Shu sababli Prezidentimiz Islom Karimov butun mamlakatimiz diqqat e’tiborini barkamol avlod tarbiyasiga qaratmoqda.
Ta’lim – tarbiya jarayoni sifati va samaradorligini oshirish kelgusi taraqqiyotimizning asosi ekanligi ma’lum. Bu haqda Prezidenttimizning quyidagi so’zlari ibratlidir:
“Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo’lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog’liq.
Buning uchun har qaysi ota –ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko’rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo’lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish – ta’lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo’lishi lozim, deb qabul qilishimiz kerak. Bu esa ta’lim va tarbiya ishini uyg’un holda olib borishni talab etadi”
Ta’lim jarayoniga pedagogik texnologiyalarni olib kirish “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning ikkinchi bosqich vazifalaridan biridir. Ta’lim - kelajakdagi muvaffaqiyatlar kaliti ekan, uning mahsuli sifatida bugungi o’quvchi kelajakda huquqiy-demokratik jamiyat a’zosi sifatida bu jamiyat hayotida to’laqonli ishtirok eta olishi, zamonning bozor iqtisodiyoti qo’yayotgan talablariga to’la javob bera olishi kerak. Axborot oqimi keskin ortgan,turli yangiliklar hayotimizga shitob bilan kirib kelayotgan davrda mustaqil tanqidiy fikrlash ko’nikmalariga ega bo’lgan,yangilikni o’rganishga doim tayyor bo’lgan, hamkorlikdan cho’chimaydigan , muloqotga erkin kirisha oladigan shaxsni tarbiyalash ta’lim-tarbiya jarayonining asosiy maqsadi bo’lishi kerak va bu borada ta’limda yangi texnologiyalarning qo’llanishiga yo’l ochilishi maqsadga erishish yo’lidagi to’g’ri qadamdir. Hozirgi kunda yangi texnologiya elementi bo’lgan interfaol usullardan keng foydalanilmoqda.
Boshlang’ich sinf matematik darslarida ilg’or pedagogik texnologiyadan foydalanib dars o’tilsa, o’qitish jarayoni takomillashadi. Kurs ishi dolzarbligi ana shu bilan asoslanadi.
Kurs ishi maqsadi: Boshlang’ich sinflarda masalalar yechishga o’rgatishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish pedagogik asoslarini ishlab chiqish.
Kurs ishi obyekti: Umumiy o’rta ta’limning boshlang’ich sinflaridagi o’quv-tarbiyaviy jarayoni.
Kurs ishi predmeti: Boshlang’ich sinflarda masalalarni yechishga o’rgatishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish.
Kurs ishi tuzilishi: Kurs ishi kirish, 2 ta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.

I BOB. BOSHLANG’ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA MASALALARNING TUZILISHI


1.1 Boshlang’ich sinflarda masalalar yechishga o’rgatishning ahamiyati
Davlat ta'lim standard o'quvchilarning har biriga ta'lim olishda teng imkoniyatlarni yaratib berish,har birining yuqori natijaga erishishlarini rag'badlantirish va shu orqali o'quv- bilim jarayoning farqli tashkil etilishini ta'minlash uchun da'vat etilga. Davlat ta'lim standarlarining o'quv fani bo'yicha, ta'lim sohalari bo'yicha ishlab chiqarilishi o'quv fanlarining variantini tanlash asosida o'quv metodik majmualar, jumladan, boshlang'ich sinflarda matematika o'qitishni takomilashtirishni nazarda tutadi. Boshlang'ich sinflarda arifmetik amallar bajarishni bog'lanish va bilimlarni muvofiqlashtirish tamoyili asosida o'quv fanlarining ichki bog'liqligi va o'quv fanlari aro uzviylikni ta'minlashga xizmat qiladi. Boshlang'ich sinflarda arifmetik amallar bajarish talablarining o'quvchilar tomonidan bajarilishi ularning tevarak zarur bilim, malaka va konikmalarni egallashlariga yordam beradi.
a.
o'quvchilarning tevarak atrofdagi tabiiy muhitga moslashtirish.
b.
faohiyatning har-xil turlarini o'quv mehnat,muloqatni egallash.
c.
o'z-o'zini nazorat qilish hamda baholarshga o'rgatish.
d.
muayyam umumiy tabiiy -ilmiy iqtidorning belgilangan darajasi uning keyingi taraqiyotining tavsifi.

Shunday qilib, boshlang'ich sinflarda arifmetik amallar bajarish jarayoni o'quv-bilim jarayoniga matematika o'qitish bo'yicha bilim,konikma va malakalarigina emas balki shaxsning muayyam asosiy faoliyati majmuasi- mehnat o'quv-biluv, kammunikativ-axloqiy va jismoniy- kamolatiga mos keladigan fazilatlarining shakllanishini ham taminlaydi.


O’quvchilarning arifmetik amallarni bajarishga o'rgatish metodikasining nazariy asoslari. Tizimda yuz berayotgan ijtimoyi - iqtisodiy munosabatlar, xalq ta'limi tizirr lo'layotgan o'zgarishlar "Ta'lim taraqqiyoti qonunda ham" Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi " da ko'rsatib o'tilgandek, har bir sinf o'quvchisiga oldiga muhim vazifa qo'yilmoqda. Bu vazifalar boshlang'ch ta'lim uchun ham xos bo'g'inlarni ajratish imkonini beradiki, bu bo'g'inlar xilma -xil o'quv fanlari dasturlarida, o'quv rejalarida,darsliklarda ta'limning joriy etilishi hamda metodik tizimida biror tarmoqni hosil qilish mumkun.
Davlat ta'lim standartlari o'quv fani bo'yicha o'quv -metodik majmualar (dastur, o'quv rejasi, darstliklar )ni yaratish uchun keng imkoniyatlar ochib beradi, shuningdek o'quv fanlararo bog'lanish va bilimlarni muvofaqiyotlashtirish tamoyili asosida o'quv fanlarni bog'lanishi ta'minlashga xizmat qiladi. Yangi matematika kursida, avvalgiga o'xshash, arifmetika asosiy o'rni egallaydi. I-IV-sinflarining yangi dasturida arifmetik materialar mazmuni unchalik ko'p o'zgarmagan:arifmetika nazariyasi (amallarning xossalar,natijalari va kompanentlardan biri o'zgarganda amallar natijalarining o'zgarishi) kamroq yoritilgan, nazariyaning amaliy masalalar (sanoq,o'lchashlar,hisoblashlar,masalalar yechish ) bilan bog'lanishi bilan yanada mustahkamlangan: eng muhimi tushunchalar (son, sanoq, sistemasi,arifmetik amallar) shakllantirishining birmuncha mukammal sistema tarzda tutilgan.
Shuningdek arifmetik boshlang'ich o'rganish uslubi ham mukammallashtirilgan. Kichik yoshdagi o'quvchilarni o'qitishning barcha bosqichlaridan ularning tiklash faoliyatini aktivlashtirishga tayanch faktlar va kuzatishlarni o'z vaqtida umumlashtirishga,ayrim masalalar orasidagi o'zaro bog'lanishni tayinlashda, bolalarda mustaqil ishlash o’quvlarini paydo qilishda qaratilgan yangi ilmiy asoslangan usul va uslubdagi maktab dasturiga kiritilgan. O'quv materialini o'quv yillari bo'yicha taqsimlanishida o'rganilayotgan sonlar sohasini asta-sekinkengayib borishi ko'zsatiladi.
1-sinf Idan 20 gacha sonlar.
2-sinf Idan 100 gacha sonlar.
3-sinf Idan 1000 gacha sonlar.
4-sinf Idan 1000000 gacha sonlar.
Va xakozo ya'ni ko'p xonali sonlar o'rganiladi. Arifmetik amallarga doir material konsentrlarga bo'lib o'rganiladi. Hammasi bo'lib 5 ta konsentr ko'zda tutiladi: o'nlik, ikkinchi o'nlik, yuzlik, minglik, ko'p xonali sonlar. Har bir konsert o'z mazmuniga ko'ra sistematik arifmetika kursining asosiy masalalarni aks ettiradi, shiming uchun o'quvchilar u yoki bu chegaralar ichida sonlar ustida amallarni o'rganar ekanlar,umuman arifmetikaning mohiyati to'g'risida tasavvur hosil qiladilar. Har gal yangi sonli material asosida amallar bajarishga qayta-qayta murojaat etish eng muhim arifmetik tushunchalarning mazmunini chuqurlashtirish va kengaytishga imkon beradi. Bundan tashqari, mustahkam o’quv va malakalarning asta-sekin shaklanishi ( sanoqda, o'lchashlarda, og'zaki va yozma nomerlashda, hisoblashda va h.k ta'minlanadi, chunki bu amallarni bajarishning usullari umumiylikni saqlagan holda asta-sekin murakkablashtirib boradi. Shunday qilib, har bir oldingi korsentrda nomerlash va arifmetik amallarni o'rganish mos masalalarni kelgusida o'rganish uchun tayyorgarlik ishi bo'lib hisoblanadi, har bir keyingi honsentrda esa ilgari o'rganilgan material umumlashtiriladi va mustahkamlanadi.
Arifmetika kursining konsentrik tuzulishi kichik yoshdagi o'quvchilarni psixologik xususiyatlarga mosdir : sanoq o'lchash,arifmetik amallar bilan dastlabki tanishtirishni narsalar to'plamlari yordamida ko'rsatish bo'lgan katta bo'lmagan raqamlar misolida bajarish zarur son sohasini sekin - asta kengaytirib borish ham ko'rgazmali - harakatli amallardan abstrakt amallarga o'tish orqali bolalarning fikrlarini rivojlantirish bilan moslashtiriladi. Har bir konsentrning ajratib berish sabablarini, bu konsentr ichida sonlarni nomerlashni o'rganish uslubini shuningdek, arifmetik amallarni o'rganish usulini batafsil bayon qilamiz.
Pedagogik texnologiya tushunchasi XX asrda ‘aydo bo’lib, quyidagi rivojlanish bosqichlaridan o’tib kelmoqda.
Dastlabki bu tushuncha 1940-yillardan 50-yillar o’rtasigacha “ta’limda texnologiya” deb qo’llanib, o’quv jarayonida audiovizual texnika vositalaridan foydalanishni ifoda qilgan.
pedagogik texnologiya tushunchasi dastlab XX asrning o’rtalarida AQSHda qo’llana boshlangan.Bunda “pedagogik texnologiya” va “ta’lim texnologiyasi” ifodalari faqat texnika vositalari yordamida o’qitishga nisbatan qo’llangan edi.
Oradan vaqt o’tishi davomida shu ifodalarni qo’llash darajasi kengayib borishi natijasida ularning ma’nolari ham tegishlicha o’zgarib bordi. Hozirga kelib esa pedagogik texnologiya ifodasining zamonaviy ilmiy asoslangan yagona ta’rifini belgilash maqsadida bir qancha yirik olimlar tomonidan turli fikrlar va xulosalar asoslab berildi.
50-yillar o’rtasidan 60-yillargacha “ta’lim texnologiyasi” ifodasi qo’llanilib, bunda programmalashtirilgan ta’limni nazarda tutilgan.
70-yillarda “pedagogik texnologiya” ifodasi qo’llanilib, u avvaldan loyihalashtirilgan va aniq belgilangan maqsadlarga erishishni kafolatlovchi o’quv jarayonini bildirgan.
1979-yilda AQSHning pedagogik kommunikatsiyalar va texnologiyalar assotsiatsiyasi tomonidan pedagogik texnologiyaga quyidagicha ta’rif berilgan edi: “pedagogik texnologiya bilimlarni o’zlashtirishning hamma jihatlarini qamrab oluvchi muammoni tahlil qilish va rejalashtirish, ta’minlash, muammoning yechini baholash va boshqarish uchun odamlar, g’oyalar, vositalar va faoliyatni tashkil qilish usullarini o’z tarkibiga oladigan kom’leks, integrativ jarayondan iborat…”.
80-yillarning boshidan pedagogik texnologiya deb ta’limning kom’yuterli va axborot texnologiyalarini yaratishga aytilgan.
Shu aytilganlar asosida pedagogik texnologiya bir jihatdan o’quv jarayonida texnika vositalaridan foydalanishning kengayib borishini ifodalab,uni ta’limdagi, o’qitishdagi texnologiya deb nomlash mumkin bo’lsa, ikkinchidan, ta’lim texnologiyasi yoki pedagogik texnologiya degan nom o’quv jarayonining o’zini qurish texnologiyasini bildiradi deb xulosa chiqarish mumkin.
Pedagogika oid adabiyotlar tahlili shuni ko’rsatadiki, hozirgi davrda pedagogik texlonogiya tushunchasi ta’lim amaliyoti va nazariyasi ilmidan mustahkam o’rin egalladi, lekin uni pedagigikaning mukammal lug’atlari (tezaurus)dagi o’rni hali noma’lumligicha qolib kelmoqda.
Pedagogik texnologiya tushunchasining shakllanishi va rivojlanishi tarixida turli qarashlar mavjud bo’lgan: u texnik vositalar haqidagi ta’limot deb, hamda o’qitish jarayonini loyihalashtirilgan holda izchil va muntazam tashkil etish deb talqin qilingan. Hozir pedagogik texnologiyalarning bir qancha ta’riflari mavjud.
V.’.Bes’alko pedagogik texnologiyani amaliyotga tatbiq qilinadigan muayyan pedagogik tizim loyihasi sifatida belgilaydi.U pedagogik tizim texnologiyalar ishlab chiqish uchun asos bo’ladi, deb hisoblaydi.Bunda asosiy diqqat o’quv –pedagogik jarayonni oldindan loyihalashga qaratiladi, didaktik vazifa va o’qitish texnologiyalari tushunchasidan foydalaniladi.Shu tariqa V.P.Bes’alko o’quv jarayonini loyihalash g’oyasini ilgari suradi.Afsuski, hozirga qadar pedagogik texnologiya va loyiha tushunchalari haqida aniqlik yo’q.
Pedagogik texnologiya ta’lim jarayoniga jadallik bilan kirib borayotgan bo’lsa ham, uning maqomi noaniqligicha qolib ketmoqda. Tadqiqotchilarning ishlarida fan va amaliyot oralig’idan o’rin egallamoqda.
N.F.Talizina har bir ‘edagog real pedagogik jarayonni tashkil etishdan oldin o’quv jarayoni haqida texnologik darajada bilimlar tizimini bilib olgan bo’lishi shart deb hisoblaydi.U fan va amaliyot oralig’ida tamoyillarni olg’a suruvchi, metodlar ishlab chiquvchi, ularni izchil qo’llash kabi masalalar bilan shug’ullanuvchi alohida fan bo’lishi kerak, deb hisoblaydi.Ularsiz pedagogik jarayon texnologiya real o’qitish jarayoni sifatida asoslanmay qoladi.
Ayrim mualliflar o’qitish texnologiyalariga fan va san’at oralig’idagi fan deb qaraydilar, boshqalari uni loyihalash bilan bog’laydilar.
Shunday qilib, bir yondashuvda o’qitish texnologiyalari o’qitishning barcha vositalarini qamrab olgan qandaydir jihozlash sifatida ham belgilanadi.Unda texnologiya o’quv jarayonini texniklashtirishni taqozo qiladi.
Texnologiya tushunchasi 60-yillardagi Amerika va G’arbiy Yevro’ada ta’limni isloh qilinishi bilan bog’liq ravishda kirib keldi.B.Blui, J.Koroll, ‘.Y.Gal’erin, V.I.Davidov, N.A.Menchinskaya, Z.I.Kalmikova, L.I.Zankov texnologiyalari mashhur.O’qitishni tashkil qilishning texnologik yondashuvlari V.’.Bes’alko, N.F.Talizina, L.M.Fridman, Y.N.Kulyutkina, G.S.Suxobskoy, T.V.Kudryavsev, M.I.Maxmutov kabi aksariyat psixolog va didaktikachilarga taalluqlidir.
Alohida qayd etib o’tish joizki, ayni vaqtda ta’lim texnologiyasi tushunchasini mantiqiy –g’oyaviy jihatdan izohlash borasida yagona fikr mavjud emas.Yuqorida qayd etilgandek, pedagogik texnologiya nazariyasi o’tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab asoslanib kelinayotgan bo’lsada, aynan “pedagogik texnologiya” tushunchasiga nisbatan turlicha yondashuvlar mavjudligini ko’rib turibmiz.
So’nggi o’n besh yil davomida nutqimizda “pedagogik texnologiya” , “zamonaviy pedagogik texnologiya”, “o’qitish texnologiyasi” kabi tushunchalar keng qo’llanmoqda. Aksariyat pedagoglar “ta’lim texnologiyasi” hamda “pedagogik texnologiya” tushunchalari mazmunan bir ma’noni anglatishini ta’kidlamoqdalar. Bizning nazarimizda bunday yondashuv u qadar to’g’ri emas, hamda bu borada yagona to’xtamga kelish muhimdir.
Yuqorida qayd etib o’tilganidek, ta’lim jarayonini texnologiyalashtirish g’oyasi G’arbiy Yevropa hamda AQSH da yaratilgan edi. Bizga ma’lumki, G’arbiy Yevropa mamlakatlari va AQSHda “pedagogika” fani mavjud emas, shu bois “pedagogik faoliyat”, “pedagogik tizim”, shuningdek, ularga bog’liq ravishda yuzaga keluvchi “pedagogik texnologiya” tushunchasi ham iste’molda yo’q.
Nomlari qayd etilgan mamlakatlarda shaxsga ilmiy bilimlarni berish jarayoni “ta’lim jarayoni” sifatida nomlanadi, shaxsga bilimlar berish, uning ma’lumotini oshirish, ta’lim samaradorligini ta’minlashga xizmat qiluvchi fanlar majmui “Metodika” deb yuritiladi.Metodika fanlarini o’qitishda asosiy e’tibor ta’lim sifatini yaxshilab,uning samaradorligini ta’minlashga qaratiladi. O’zbekiston Respublikasi ( shu jumladan, MDH mamlakatlari) ta’lim tizimi amaliyotida o’qitilib kelinayotgan “pedagogika” fanining predmeti shaxsni shakllantirish, uning kamolotini ta’minlashga yo’naltirilgan ta’limiy hamda tarbiyaviy faoliyatni tashkil etish jarayonining mazmunidan iboratdir. Ya’ni, shaxsning yetuk kamoloti ikki muhim faoliyat –ta’limiy va tarbiyaviy faoliyat jarayonining samarasi, natijasi sifatida namoyon bo’ladi. Ayni o’rinda “pedagogik texnologiya” hamda “metodika” tushunchalarining tavsifi, o’ziga xos jihatlarini yoritish maqsadga muvofiqdir.
T.N.Ballo “pedagogik texnologiya” tushunchasiga ta’rif berar ekan, uni o’qitish jarayoniga nisbatan to’shiriqli yondoshuv, L.V. Zankov, T.Y.Gal’erin, V.I.Davidovlar bosqichli o’qitish, G.K.Selenko hamda boshqa mualliflar esa mazmunli umumlashma sifatida baholaydilar. ‘.Mitchelning nuqtai nazariga ko’ra pedagogik texnologiya barcha jihatlariga ko’ra o’ziga xos va samarali natijalarni qo’lga kiritish imkonini beruvchi pedagogik tizimni tashkil etish bilan bog’liq holda ta’lim tizimi doirasida olib borilayotgan tadqiqot nazariyasi va amaliyotning muayyan tarmog’idir. S.K.Islamgulova esa quyidagi qarashni ilgari suradi: texnologik loyihaga asoslangan ta’lim jarayonini tashkil etish usuli bo’lib, u avvaldan belgilangan muayyan qoida va talablarga javob beradi.Quyida ayrim tadqiqotchilarning “pedagogik texnologiya” tushunchasiga bergan ta’riflarini keltiraman( 4) jadval)
“Ta’lim texnologiyasi” tushunchasi “ta’lim metodikasi” tushunchasiga nisbatan kengdir.
Ta’lim metodi –o’quv jarayonining majmuaviy vazifalarini yechishga yo’naltirilgan o’qituvchi va o’quvchilarning birgalikdagi faoliyati usuli bo’lsa, ta’lim metodikasi esa muayyan o’quv ‘redmetini o’qitishning ilmiy asoslangan metod, qoida va usullari tizimini tavsiflaydi.
Ta’lim texnologiyasi –ta’lim maqsadiga erishish jarayonining umumiy mazmuni,ya’ni,avvaldan loyihalashtirilgan ta’lim jarayonini yaxlit tizim asosida, bosqichma –bosqich amalga oshirish,aniq maqsadga erishish yo’lida muayyan metod,usul va vositalar tizimini ishlab chiqish, ulardan samarali, unumli foydalanish hamda ta’lim jarayonini yuqori darajada boshqarishni ifodalaydi.
O’qituvchini samarali faoliyat ko’rsatishga undovchi darsning metodik ishlanmasidan farqli o’laroq, ta’lim texnologiyasi o’quvchilar faoliyatiga nisbatan yo’naltirilgan bo’lib, u o’quvchilarning shaxsiy hamda o’qituvchi bilan birgalikdagi faoliyatlarini inobatga olgan holda, o’quv materiallarini mustaqil o’zlashtirishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi.
pedagogik texnologiyaning markaziy muammosi –o’quvchi shaxsini rivojlantirish orqali ta’lim maqsadiga erishishni ta’minlashdan iborat.
“Ta’lim texnologiyasi” xususida yaratilgan adabiyotlarda ushbu tushunchaga berilgan ta’riflarga asoslangan holda ushbu tushuncha quyidagicha sharhlangan :
pedagogik texnologiya muayyan loyiha asosida tashkil etiladigan, aniq maqsadga yo’naltirilgan hamda ushbu maqsadning natijalanishini kafolatlovchi pedagogik faoliyat jarayonining mazmunidir.
Interfaol metod - ta’lim jarayonida o’quvchilar hamda o’qituvchi o’rtasidadagi faollikni oshirish orqali o’quvchilarning bilimlarni o’zlashtirishini faollashtirish, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Interfaol metodlarni qo’llash dars samaradorligini oshirishga yordam beradi. Interfaol ta’limning asosiy mezonlari: norasmiy bahs – munozaralar o’tkazish, o’quv materialini erkin bayon etish va ifodalash imkoniyati,o’quvchilar tashabbus ko’rsatishlariga imkoniyatlar yaratilishi, kichik guruh, sinf jamoasi bo’lib ishlash uchun topshiriqlar berish va boshqa metodlardan iborat bo’lib, ular ta’lim – tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda o’ziga xos ahamiyatga ega.
Hozirda ta’lim metodlarini takomillashtirish sohasidagi asosiy yo’nalishlardan biri interfaol ta’lim va tarbiya usullarini joriy qilishdan iboratdir.
Barcha fan o’qituvchilari shu jumladan boshlang’ich sinf o’qituvchilari ham dars mashg’ulotlari jarayonida interfaol metodlardan borgan sari keng ko’lamda foydalanmoqdalar.
Interfaol metodlarni qo’llash natijasida o’quvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish, xulosalar chiqarish, o’z fikrini bayon qilish, uni asoslangan holda himoya qila bilish, sog’lom muloqot, munozara, bahs olib borish ko’nikmalari shakllanib, rivojlanib boradi.
Interfaol degani, o’qituvchi va o’quvchilar orasida o’zaro hamkorlik tufayli dars samaradorligini oshadi, yangi darsni o’quvchi mustaqil harakat, mulohaza, bahs-munozara orqali o’rganadi, qo’yilgan maqsadga mustaqil o’zi darsda o’quvchi faol ishtirok etgan holda kichik guruhlarda javob topishga harakat qiladi,ya’ni ham fikrlaydi, ham baholaydi, ham yozadi, ham gapiradi, ham tinglaydi, eng keragi o’zi faol ishtirok etadi. Interfaol usullarining negizidagi topshiriq mazmunini anglab yetgan o’quvchilar ta’lim jarayoniga o’zlari bilmagan holda qiziqish bilan kirishib ketadilar.
Boshlang’ich sinflarda qo’llanadigan texnologiyalaridan foydalanishning maqsadi:
O’quvchilarda hozirjavoblik hissini rivojlantirish, bahs-munozara, erkin fikrlashga asoslangan tafakkur tarzini shakillantirishdan iborat. Hozirda keng qo’llanib kelayotgan interfaol metodlar turlari juda ko’p bo’lib, ularning hammasi ham boshlangich ta’limda qo’llash uchun yaroqli emas. Bunga 1-navbatda boshlangich sinf o’quvchisining o’qish, yozish tezligining kichikligi va sinfda aksariyat hollarda 30 tadan ortiq o’quvchi o’qishi bo’ladi. Interfaol metodlar nisbatan kichik auditoriyalarga (30 tagacha ) va ko’proq uzluksiz ta’lim tizimining o’rta va yuqori bo’ginlariga mo’ljallangan bo’lib, boshlangich sinflarda qo’llash tajribalari juda kam. SHuning uchun yangi texnologiyalarning faqat boshlangich sinf matematika darslarida qo’llash mumkin bo’lganlari haqida so’z yuritamiz.
Interfaol metod sinfda o’tiladigan mavzular yuzasidan muammoli vaziyatlarni muhokama qilishda “Aqliy hujum”, “Adashgan zanjirlar”, “Savol bering”, “Insert”, ”BBB”, “Bahs – munozara”, “Muammoli savollar”, “Kichik guruhlarda ishlash”, “Burchaklar metodi“, “Kubiklar” metodlari asosida bahs, munozara orqali ularni yechimini topishda yaqindan yordam beradi.
“Aqliy hujum” texnologiyasini qo’llash bir muammoni hal qilish yo’lidan turlicha va iloji boricha ko’proq taklif, fikr – mulohazalarni yig’ishdan iborat. Avvaliga har qanday takliflar qabul qilinadi. Keyin esa, ularning ichidan eng ma’qulini tanlab olinadi. Bu metodni qo’llashda eng nozik tomoni hamma takliflarni “Eslab” qolishdir. Shuning uchun ularni yozib borish kerak bo’ladi. O’qituvchi ularni shartli belgilar va qisqartirishlar bilan doska yoki vatman qog’ozga yozib boradi.
Masalan: 3 – sinfda mavzuga oid quyidagi mashqni hal qilish yuzasidan hamma takliflarni yig’ish mumkin.
“Quyidagi shaklda nechta to’rt burchak bor?”
Bunda takliflar to’rtburchaklar sonini sanash usuliga oid bo’lib, ularning sonini to’g’ridan – to’g’ri aytish talab qilinmaydi.
Bunda turli takliflar bildirish mumkin. Eng maqbuli avval 1 katakli, keyin 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8 katakdan tuzilgan to’rtburchaklar sonini sanashni taklif qilish mumkin.
Yoki biror ifoda qiymatini qulay usulda hisoblash yuzasidan takliflar yig’iladi. Masalan: 1 dan 20 gacha bo’lgan barcha natural sonlar yig’indisini topish yo’li so’raladi. Hamma takliflar qabul qilinadi. Ularning bir nechtasi bo’yicha yig’indi topiladi va usullar taqqoslanadi. Eng qulay usulni taklif qilgan guruh yoki juftlik taqdirlanadi.
Darsda berilgan masala, misol va topshiriqni juft bo’lib hal qilishi ham o’quvchilarni o’zaro fikr almashishga, bir – birini to’ldirishi, kerak bo’lsa bir – biriga o’rgatishga o’rgatadi. Bunday usulni “Juftlikda ishlash” deb ataladi. O’qituvchi o’quvchilar mustaqil hal qilishi mumkin bo’lgan istalgan vazifani juftlikda topshiradi. Bunday topshiriqni ijodiy harekterda bo’lishi maqsadga muvofiqroqdir.
“Adashgan zanjirlar” usuli boshlang’ich sinflarda biror bir ketma – ketlikni tiklash uchun qo’llanadi. Bunda o’qituvchi biror mavzu, tushuncha, algoritmga oid ketma – ketlikni alohida – alohida va tartibsiz qo’yadi. O’quvchilar tartibsiz joylashgan so’zlarga mantiqiy bog’langan zanjirni tuzishlari kerak. Bu metodni 4-6 kishilik guruhda qo’llash ham, butun sinf bilan ishlash ham mumkin.
O’qituvchi bilim uzatuvchi rolidan o’quv jarayonini tashkil qiluvchi, o’qish faoliyatini boshqaruvchi, o’quvchilar faolligini psixologik va pedagogik jihatdan oqilona qo’llab quvvatlab rivojlantiruvchi roliga o’tishi, deb hisoblaymiz.
Pedagogik texnologiya nazariyasi va uni ta’lim jarayonida qo’llash muammolariga bag’ishlangan zamonaviy tadqiqotlar mazkur nazariyaning ta’lim rivojini ta’minlashdagi ahamiyatini chuqur anglab yetish, uning imkoniyatlarini aniqlash va keng ko’lamli axborot maydonini egallashga yordam beradi.
Pedagogik texnologiya nazariyasini shakllantirish va undan foydalanish mexanizmini bilish, ta’lim jarayonini rivojlantirish va boshqarishning eng samarali shakl va metodlarini aniklash imkonini beradiki, buning nafaqat nazariy, balki amaliy ahamiyati ham beqiyosdir.
Ta’lim nazariyasi va amaliyotida pedagogik texnologiyalarni tadqiq etish ishi fanlararo (pedagogika, psixologiya, metodologiya, pedagogik metodologiya, falsafa, sotsiologiya va boshqa fanlar) aloqadorlik va bog’liqlik asosida yondashuvni talab etadi. Ko’rsatib o’tilgan fan yo’nalishlarining har birida ta’lim texnologiyalarining ma’lum nazariy jihatlari va texnologiyani ta’lim jarayoniga tatbiq etishda alohida o’rin tutuvchi qulay shart-sharoitlari bir qadar to’liq taxlil qilingan.
Texnologiya mehnat jarayonining o’ziga singdiriladi. Texnologiyaning amalga oshirilish shaklidan qatiy nazar, asosiy maqsad umumiy jarayon operatsiyalarining tavsifi, predmeti, vositalari va yakuniy natija bilan belgilanadi. Binobarin, pedagogik texnologiyaning pedagogik jarayoni amalga oshirish shakli sifatidagi mohiyati pedagogik faoliyat sohasida namayon bo’ladi insonning ongi jamoaviy o’zaro ta’sir in’ikosining ideal shakli hamda dialektik qarama-qarshiligini ifoda etib, o’zgartirilgan mehnat sifatida namoyon bo’ladi. Shunga ko’ra ongi qayta shakllantirish qonuniyatlarini ijtimoiy texnologayadan, ushbu qonuniyatlarini joriy etishning asosiy shakllarini pedagogik texnologiyaga asoslangan pedagogik amaliyotdan izlash taqozo etiladi;
- pedagogik texnologiya ijtimoiy texnologiyadan ajralib chiqib, o’z taraqqiyotida shartli jamoaviy repetitsiyaviy (mashqlantiruvchi) refleks bosqichini bosib o’tgan holda, asosiy texnologik o’zaro ta’sirlarni maqsadga muvofiq tarzda takrorlovchi harakat va operatsiyalar tizimiga ajratadi. Bundan kuzatilgan maqsad ijtimoiy ongi mustahkamlash va to’plangan tajribani yangi avlodlarga yetkazishdan iborat bo’lib, uning predmeti esa ideallashtirilgan tavsifga ega;
-pedagogik texnologiya nazariyasining yaratilish va rivojlanish mantiqi asosiy bosqichlarda umumiy texnologik nazariyaning shakllanishini aks ettiruvchi holat sifatida namoyon bo’ladi. Mazkur xislat asosi fikrlash jarayonining eng muhim shakli sifatida xulosa chiqarish imkonini beruvchi deduktiv yondashuv hisoblanadi;
- pedagogik texnologiya nazariyaning yaratilishi uchun "g’isht qo’yishning" asosiy davri pedagogiktexnologiyaning boshlang’ich "hujayrasi"ni ifoda etuvchi pedagogik jarayonda texnologik besh jihatning mohiyatini ochishga yordam beruvchi, o’ziga xos tushuncha va kategoriyalar tizimini aks ettiruvchi texnologik o’zgarish, texnologik vosita hamda texno-pedagogik o’zaro ta’sir bilan bog’liqdir.
I BOB. . 3- SINF MATEMATIKA DARSLARIDA TARKIBLI MASALALARNI O’RGATISH YO’LLARI
2.1 3- sinf matematika darslarida masalalar yechishga o’rgatish usullari
O'quvchilarni matematikadagi arifmetik amallarni bajarishga o'rgatish metodikasi. Bu mavzu ustida ishlashda o'qituvchi oldida turgan asosiy maqsadlar quydagilardan iborat:
1) O'quvchilarni qo'shish va ayirish, ko'paytirish va bo'lish amallarining mazmuni bilan tanishtirish;
2) Hisoblash usullaridan O'quvchilarni o'nlik foydalanishlarini ta'minlash;
a) sonni qismlari bo'yicha qo'shish va ayirish usuli.
b) Yig'indining o'rin almashtirish xossalaridan foydalanish qo'shish usuli.
c) sonlarni ayirishda qo'shishning tegishli holini bilishdan yoki yig'indi va qo'shiluvchilardan biri bo'yicha ikkinchi qo'shiluvchilarni topish malakasidan foydalanadigan holda yig'indi bilan qo'shiluvchilar orasida bog'lanishlarni bilganlikda asoslanib ayirish usuli.
3) Qo'shish va ayirish, ko'paytirish va bo'lish ko'nikma, malakalarni shakllantirish.
Qo'shish va ayirishni o'rganish ishini o'zaro bog'langan bir nechta bosqichga bo'lish mumkin.
O'quvchilarda og'zaki va yozma ko'nikmalarni tarkib toptirish matematika dasturining asosiy yo'nalishlardan biridir. Arifmetik amallarni o'rganishdan oldin bolalar ongiga uning ma'nosini, mazmunini yetkazish kerak. Bu vazifa turli xil amaliy ishlarni bajarish asosida o'tkaziladi. U: "o'nlik" mavzusini qo'shish va ayirish amallarning ma'nosi ikki to'plam elementlarini birlashtirish va to'plamdan uning qismlarini ajratish kabi amallar yordamida olib boriladi .Ko'paytirishni uning komponentlari bilan natijasi orasidagi bog'lanishlarni o'rganish asos bo'lib hizmat qiladi.
Demak, o'qitishning 1-bosqichida abstrakt bo'lgan narsa navbatdagi bosqichda yanada abstraktroq bilimlarni shakllantirish uchun aniq asos bo'lib hizmat qiladi.
Turli hisoblash usullarining o'zlashtirilishi uchun dasturda arifmetik amallarning ba'zi muhim xossalari va ulardan kelib chiqadigan natijalar bilan tanishtirishni nazarda tutadi.
Dasturda arifmetik amallarning xossalarini o'rganishdan tashqari arifmetik amal hadlari va natijalari orasidagi bog'lanishlarni ham ko'zda tutadi. Bu ish amallarni, tenglamalarni tekshirishda muhim ahamiyatga ega. Masalan: 6x4=24 bo'lsa, uni bo'lishga bog'lab 24:6=4; 24:4=6 kabi holler hosil qilinadi.
Muhim vazifalaridan biri hisoblash ko'nikmalarni shakllantirishdir. Og'zaki va yozma usulda hisoblashlar sinflarning har bir mavzusida o'z aksini topgan.
Masalan: og'zaki
276 + 432 = (200+400) + (70+30) + (6+2) = 600+100+8 =708
Yozma:
Og'zaki hisoblashlarning asosiy ko'nikmalari Iva2- sinflarda shakllanadi. Og'zaki hisoblash usullari ham, yozma hisoblash usullari ham amallar xossalari va ulardan kelib chiqadigan natijalarni amallar kompanentlari bilan natijalari orasidagi bog'lanishlarni bilganlikka asoslanadi.
Yangi boshlang’ich matematika kursida, avvaldagiga o’xshash, arifmetika asosiy o’rinni egallaydi. 1-4- sinflarning yangi dasturida arifmetik material mazmuni unchalik ko’p o’zgarmagan: arifmetika nazariyasi (amallarning xossalari, natijalar va komponentlar orasidagi o’zaro bog’lanish, komponentlardan biri o’zgarganda; amallar natijalarining o’zgarishi) kamroq yoritilgan, nazariyaning amaliy masalalar (sanoq, o’lchashlar, hisoblashlar, masalalar echish) bilan bog’lanishi yanada mustahkamlangan: eng muhim tushunchalar (son, sanoq sistemasi, arifmetik amallar)ni shakllantirishning birmuncha mukammal sistemasi ko’zda tutilgan. Shuningdek, arifme-tikani boshlang’ich o’rganish uslubi ham mukammallashtirilgan. Kichik yoshdagi o’quvchilarni o’qitishning barcha bosqichlaridan ularning fikrlash faoliyatlarini aktivlashtirishga, tayin faktlar va kuzatishlarni o’z vaqtida umumlashtirishga, ayrim masalalar orasidagi o’zaro bog’lanishni tayinlashga, bolalarda mustaqil ishlash o’quvlarini paydo qilishga qaratilgan yangi ilmiy asoslangan usul va uslublari maktab dasturiga kiritilgan.
O’quv materialini o’quv yillari bo’yicha taqsimlani-shida o’rganilayotgan sonlar sohasining asta-sekin kengayib borishi ko’zda tutiladi: I sinf «1 dan 20 gacha sonlar», II sinf «1 dan 100 gacha sonlar», III sinf «1 dan 1000 gacha sonlar», IV sinf «1 dan 1 000 000 gacha sovdar».
Nomerlash va arifmetik amallarga doir material kontsentrlarga bo’lib o’rganiladi. Hammasi bo’lib beshta kontsentr ko’zda tutiladi: o’nlik, ikkynchi o’nlik, yuzlik, minglik, ko’p xonali sonlar (boshlang’ich maktabda - million ichida).
Har bir kontsentr o’z mazmuniga ko’ra sistematik arifmetika kursining asosiy masalalarini aks ettiradi, shuning uchun o’quvchilar u yoki bu chegaralar ichida sonlarni nomerlashni va bu sonlar ustida amallarni o’rganar ekanlar, umuman arifmetikaning mohiyati to’g’risida tasavvur hosil qiladilar. Har gal yangi sonli material asosida nomerlash va amallar bajarishga qayta-qayta murojaat etish eng muhim arifmetik tushunchalarning mazmunini chuqurlashtirish va kengaytirishga imkon beradi. Bundan tashqari, mustahkam o’quv va malakalarning asta-sekin shakllanishi (sanokda, o’lchashlarda, og’zaki va yozma nomerlashda, xisoblashlarda va h. k.) tah-minlanadi, chunki bu amallarni bajarishning usullari, umumiylikni saqlagan holda, asta-sekin murakkablashib boradi. SHunday qilib, har bir oldingi kontseytrda nomerlash va arifmetik amallarni o’rganish mos masala-larni kelgusida o’rganish uchun tayyorgarlik ishi bo’lib hisoblanadi, har bir keyingi konsentrda esa ilgari o’rganilgan material umumlashtiriladi va mustahkamlanadi.
Barcha kontsentrlar materialining mazmuni, ketma-ketliga va o’rganish uslubida ko’p umumiylik mavjud bo’lib, bu o’qitishning ma’lum uslubida ishlashning umu-miy usullgarining shakllanishiga imkon beradi, o’quvchilarning ziyrakligini va mustaqil fikrlashlarini rivojlantiradi. Shu bilan birga, har bir kontsentr o’ziga xos xususiyatga ega, bu uni ajratib ko’rsatishga asos bo’ladi. Bu bir tomondan, arifmetik materialning xususiyatla-ridan ham kelib chiqadi. Masalan, 10 ichida sonlarni nomerlash o’ndan katta sonlarni nomerlashdan farq qi-ladi: og’zaki hisoblash usullari ko’p xonali sonlar ustida hisoblashlar bajarish usullariga nisbatan o’ziga xos tomonlarga ega. Ikkinchi tomondan, kontsentrlarning ajratib berilishiga ishning ayrim bosqichlarida o’qitishning maqsad va vazifalarining o’ziga xosligi sabab bo’ladi. Masalan, bir xonali sonlarni qo’shish va ko’paytirish hollari (jadvallar) boshqa hamma hollardan farqli ravishda yod olinadi (boshqa hollarda), hisoblashlar jadvallardan foydalanib bajariladi va natijalar yod olinmaydi.
Boshlang’ich arifmetika kursining kontsentrik tuzilishi kichik yoshdagi o’quvchilarning psixologik xususiyatlariga mosdir: sanoq, o’lchash, arifmetik amallar bilan dastlabki tanishtirishni narsalar to’plamlari yordamida. ko’rsatish mumkin bo’lgan katta bo’lmagan raqamlar misolida bajarish zarur.
Yozma va og’zaki hisoblashda pedagogik texnologiyadan foydalanish
Og'zaki va yozma hisoblash usullarining farq qiluvchi xossalari ham bor.
Og'zaki hisoblashlar;
1) Hisoblashlar yozuvlarsiz (ya'ni xotirada bajaradilar) yoki yozuvlar bilan tushuntirib berish mumkin.
a) tushuntirishlarni to’la yozish (ham) bilan berish mumkin. Masalan: 34+3=(30+4)+3=30+(4+3)=37 9+3=9+(l+2)=(9+l)+2=12...
b) berilganlarni va natijalarni yozish mumkin.
Masalan: 1)37 2)34+4=37 9+3=12
d) hisoblash natijalarni raqamlab yozish mumkin. U: 1) 37 2) 12
2.Hisoblashlar yuqori xona birliklaridan boshlab bajaradilar. Masalan: 430- 210 = =(400+30)-(200+10)= (400-200)+(3 0-10)=200+20=220.
3. Oraliq natijalar xotirada saqlanadi.
4.Hisoblashlar har xil usullar bilan bajarilishi mumkin. Masalan: 26xl2=26x(10+2)=26xlO+26x2=260+52=312 26x 12=(20+6)x 12=20x 16+6x 12=240+72=312 26xl2=26x(4x3)=(26x3)x4=78x4=312
5.Amailar lOva 100,yengilroq hollarda 1000 ichida va ko'p xonali sonlar ustida hisoblashlarning og'zaki usullaridan foydalanib bajariladi. Masalan:
54024:6 = 9004
Yozma hisoblashlar
1 Hisoblashlar yozma bajarilganda yechimini yozish ustun qilib bajariladi. Masalan:

2 Hisoblashlar quyi xona birliklaridan boshlanadi (yozma bo'lish bundan mustasno)



Oraliq natijalar darhol yoziladi.
Hisoblashlar o'rnatilgan qoidalar bo'yicha shu bilan birga bitta yagona usul bilan bajariladi. Masalan:
242 x 16
1452 +242
3872
346 x 14 1384 +346 4844
1000 ichida va ko'p xonali sonlar ustida amallar hisoblashlarining yozma usullaridan foydalanib bajariladi.
Masalan:
3912:4=978 2415:7=345
Ba'zi misollarni og'zaki ham, yozma ham yechish mumkin. Bu hollarda o'quvchilar yechimlarini taqqoslab, arifmetik amallarning mazmunini va sonlar ustida bajarilayotgan amallarni yaxshi tushunib oladilar. 3. 10 ichida qo'shish va ayirish.
Qo'shish va ayirish narsalarni ikkita to'plamini birlashtirish yoki berilgan to'plamni bir qismini ajratib olish bilan bog'liq amaliy mashqlar asosida o'rganiladi. Bunday mashqlar dastlabki matematika darslaridan boshlab bajariladi, ular mazkur mavzuvda ham davom etadi, faqat bu yerda asosiy etibor sonlar ustida amallar bajarishga qaratiladi. 10 ichida qo'shish va ayirish malakalari avtomatizm shaklida keltirilishi, ya'ni hisoblash usullarini qarashning va mos mashqlar sistemasi bajarilishining yakuniy natijalari 10 ichida qo'shish va ayirishning baracha hollarini bolalar tomonidan puxta o'zlashtirilishidan iborat bo'lishi kerak. lOichida qo'shish va ayirish ushbu reja bo'yicha o'rganiladi:
I. Bittalab va guruhlab qo'shish va ayirishning ... + 2, ...±_3, ..-±4 hollari.
II. Yig'indining o'rin almashtirish xossasi qo'shiluvchilarining o'rnini almashtirish usuli; 6x10 ichidagi sonlarning tarkibi:
III. Qo'shish va ayirishning bog'lanishi, noma'lum qo'shiluvchini topish;
ayirishning
...-5, ...-6, ......... ....-9 hollari:
Ana shu bosqichda bolalar barcha raqamlarni yozishni o'rganadilar;
"masala" tushunchasi bilan tanishadilar va masala matnini dastlabki tahlil qilishni ya’ni masalada shart va javob qismlarini ajratishini; yig'indi va qoldiqni (ayirmani) topishga doir eng sodda masalalarni yechishni, berilgan sondan bir nechta birlik katta yoki kichik sonni topishni o'rganadilar. Bolalar santimetr va chizg'ich yordamida o'lchash bilan tanishadilar.
100 ichida qo'shish va ayirish.
Dasturga ko'ra 100 ichida sonlarni qo'shish va ayirishni o'rganishda o'quvchilar qo'shish va ayirishning barcha hollari uchun hisoblash usullarini o'rganibgina qolmay, ma'lum nazariy boilimlarni ham egallashlari kerak.
Ular sonni yig'indisiga , yig'indini songa qo'shish ; yig'indidan sonni sondan yig'indini ayirish; qo'shish va ayirish komponentlari va natijalari asosida o'zaro bog'lanishdir. Dastur materialni o'rganishda shunday yondashishni belgilaydiki; bunda nazariy bilimlar yetakchi rol arifmetik amallarning, hisoblash usullarining asosini tashkil etuvchi hossalardan iborat bo'ladi:
"100 ichida qo'shish va ayirish" mavzusini o'rganish natijasida o'quvchilar
1 - dan, 100 ichida istalgan sonlar ustida amallar bajarishning ongli malakalarini
egallashlari kerak.
2 - dan; hisoblash malakalarini egallagan bo'lishlari kerak.
3- dan; ifodalarni ularning qiymatlarini taqqoslash asosida taqqoslashni bilishlari kerak.
0,1 va 10 sonlar bilan ko'paytirish va bo'lish.
Bosh sinflarda 1 va 10 ga ko'paytirish hamda bo'lish, nolni va nolga ko'paytirish, nolni bo'lish va hisoblashlarni bajarishda tegishli bilimlarni qo'llanish malakalari yaxshilab ishlab chiqishi kerak.
2- bosqichda 1 va 10 sonlari bilan ko'paytirish va bo'lish hollarini o'zlashtiradilar. (1x3=3; 3x1=3; 3:3=1; 3:1=3; 10x3=30; 30:3=10; 30:10=3 ) Bu hollar jadvaldan olib tashlanadi; natijada yodlab olish kerak bo'ladigan holler sonini kamaytiradi. Natijalarni yodda saqlagandan ko'ra 1 va 10 sonlari bilan ko'paytirishning umumiy usullarini o'zlashtirish oson. Avval 1 ni o'zidan katta songa ko'paytirish holi olinadi: (1x2; 1x4; 1x6) bu holda natija qo'shish bilan topiladi: (1x2=1+1=2). Keyin o'quvchilarga yechilgan misollarga diqqat bilan qarash va ularga umumiy narsani sezishga harakat qilish taklif etiladi. Bu ishning borishi jarayonida o'quvchilar chiqaradilar, agar ko'payuvchi 1 ga teng bo'lsa u holda ko'paytma ko'paytuvchiga teng bo'ladi; va hakazo.
Jadvaldan tashqari ko'paytirish va bo'lish.
Bu mavzuni o'rganishda faqat jadval natijalarigina o'zlashtirishni ta'minlab qolmay, balki berilgan amallar haqidagi shunday nazariy bilimlarni o'zlashtirishni ta'minlash zarurki ular bir tomondan hisoblash o'quvlari va malakalarini shakllantirish asosi bo'ladi; ikkinchi tomondan, ularning o'zi qo'llanish jarayonida o'zlashtiriladi. Shuning uchun jadvalda ko'paytirish va bo'lishni o'rganish 2 bosqichga ajraladi.
1-bosqichda; ko'paytirish va bo'lish amallarining o'zi haqidagi tushunchalar shakllantiriladi; ularning ba'zi xossalari, natijalar va bu amallarning komponentlari orasidagi bog'lanishlar va aloqalar shuningdek amallarning o'zlari orasidagi bog'lanishlar ochib beriladi.
2-bosqichda asosiy e'tibor o'quvchilar ko'paytirish va bo'lishning jadvaldagi hollarini o'zlashtirishga qaratilgan.
2- bosqichda dastlab ko'paytirish va bo'lishning ma'nosini ochib beridi;
Bolalar qo'shish va ko'paytirishdagi har bir komponentning ma'nosini tushuna bilishlari kerak.
Bo'lishning buyumlar to'plamini bo'lish bo'yicha amaliy ishlar o'tkazish yo'li 1- bilan tushuntiriladi: bunda bolalar bo'lishning 2-turini tushunib olishlari kerak.
Mazmunga ko'ra bo'lish va teng qismlarga bo'lish. Ya'ni 2- holda ma'lum bolib nechta buyumni bo'lish kerak va nechta buyum borligini bilish, bunday qismlar nechta bo'lishini topish kerak:
Ikkinchi holda esa nechta buyumni bo'lish kerakligi va nechta teng bo'lakka bo'lish kerakligi ma'lum, har bir qismda nechta buyum borligini bilish kerak.
Uchinchi qatordachi? Nima uchun? kabilar.
Jadvaldan tashqari ko'paytirish 100 ichida jadvaldan tashqari ko'paytirish 30x2 va 36x2 ko'rinishdagi hollar uchun turli hisoblash usullari yordamida o'rgatiladi:
2- hoi o'nliklarni ko'paytirishga keltiriladi, va shunday qilib, 30 - bu 3 ta o'nlik ekanini tushunishni va ko'paytirish jadvalini bilishni ( 3 o'nlik x 2=6 o'nlik yoki 60) talab qiladi.
2x30 hollarda bolalar ko'paytirishning o'rin almashtirish xossasidan foydalanishadi. (2x30=30x2), keyin 3 o'nlik 2 ga ko'paytiriladi. 36x2 ko'paytmani hisoblash usuli ko'paytirishning yig'indisiga nisbatan taqsimot xossasini bilishni talab qiladi. Bolalar uchun bu xossa yig'indini songa ko'paytirishning mumkin bo'lgan 2 xossasi sifatida qarab chiqiladi:
Jadvaldan tashqari bo'lish.
Bu mavzuda quyidagi ko'rinishdagi hollar qaraladi: 60:3, 100:2, 80:20, 64:4 va 64:16. yaxlit sonlarni bir xonali songa bo'lib, bolalar jadvaldan tashqari ko'paytirishganidek mulohaza yuritishadi; "80:8 ta o'nlik; 8 o'nlik : 2=4 o'nlik yoki 40" 80:20 ko'pinishdagi bo'lishda bolalar ularni o'nliklar kabi bo'lishda, 8 o'nlik 2 ta o'nlikdan qilib bo'linganda 4 chiqadi.
80:2 va 80:20 ko'rinishdagi misollarni taqqoslashga alohida e'tibor berish lozim. Bolalar ko'pincha ularni chalkashtirishadi va bunday xatoga yo'l qo'yishadi: 80:20=40 bu turdagi hatoliklarning oldini olish uchun bu hollarni taqqoslab, tanish bo'lgan ko'rsatmalikdan foydalanishga (cho'plar bog'lamlariga) qaytish kerak.
100 ichida qo'shish va ayirish (og'zaki va yozma).
1000 ichida og'zaki qo'shish va ayirish hollariga qaraydigan bo'lsak, hisoblash usullarini ochib berishning nazariy asosi xuddi 100 ichidagi sonlar uchun kabi sonni yig'indinisiga qo'shish va yig'indini songaqo'shish qoidalari.
Shuningdek tegishli ayirish qoidalari hisoblanadi. Bu usullarni bilish 100 ichida amallarni o'rganishda ishlab chiqilgani uchun bu yerda ularning yangi sonli materialda qo’llanishi ustida gap boradi:
100 ichida yozma qo'shish va ayirishni o'zlashtirish bu amallarni istagan kattalikdagi sonlar ustida muvaffaqiyatli bajarish shartdir.
Ko'p xonali sonlarni ko'paytirish va bo'lish bir-biridan farq qiluvchi 3 bosqichga araladi:
1-bosqich: bir xonali songa ko'paytirish va bo'lish.
2-bosqich: xona sonlariga ko'paytirish va bo'lish.
3-bosqich: 2 xonali va 3 xonali sonlarga ko'paytirish va bo'lish.
Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarida og’zaki hisoblashlarning asosiy ko’nikmalari shakllanadi. Og’zaki hisoblash usullari ham yozma hisoblash usullari ham amallar xossalari va ulardan kelib chiqadigan natijalarga amallar komponentlari bilan natijalari orasidagi bog’lanishlarga asoslanadi. Ammo og’zaki va yozma hisoblash usullarining farq qiluvchi tomonlari ham bor.
Og’zaki hisoblashlar:
Yozuvlarsiz (ya’ni xotirada bajariladi) yoki yozuvlar bilan tushuntirib berilishi mumkin:
Tushuntirishlarni to’la yozish bilan (ya’ni hisoblash usulini dastlabki mustahkamlash bosqichida) berish mumkin.
Masalan:
34+3=(30+4)+3=30+(4+3)=37,
9+3=9+(1+2)=(9+1)+2=12 va hokozo.
Berilganlarni va natijalarni yozish mumkin.
Masalan:
34+4=37
9+3=12
Hisoblash natijalarini nomerlab yozish mumkin.
Masalan:
1) 37,
2) 12
Bir xonali sonlarning yig’indisini esda mustahkam saqlash kerak. Shundan foydalanib, yozmasdan tez va to’g’ri hisoblash mumkin bo’ladi.Buning uchun har xil yo’llar qo’llaniladi, asosan sonlarning yuqori xonalardan boshlab amal bajariladi yoki yaxlitlash yo’li bilan ham amal bajarish mumkin.
Masalan:
272+529=700+90+11=801
yoki
272+529=700+(72+28)+1=700+100+1=801
Biron sondan yig’indini ayirish uchun u sondan yig’indining har bir qo’shiluvchisini ketma-ket ayirish mumkin.
Masalan:
18-(6+2) =18-6-2=10
Biron sondan bir necha sonni ayirish uchun ayiriladigan sonlarni qo’shishdan chiqqan yig’indini ayirsak ham bo’ladi.
Masalan:
25-8-3-4=25-(8+3+4) =25-15=10
Yig’indidan biron sonni ayirish uchun u sonni biron qo’shiluvchidan ayirsak ham bo’ladi.
Biron sondan ayirmani ayirish uchun u sondan kamayuvchini ayirib, ayiriluvchini qo’shsak ham bo’ladi.
Masalan:
25-(13-8) =25-13+8=20
Hisoblashlar yuqori xona birliklaridan boshlab bajariladi.
Masalan:
430-210=(400+30)-(200+10)=(400-200)+(30-10)=200+20=220
Oraliq natijalar xotirada saqlanadi.
2 .2 4-sinf matematika darslarida tarkibli masalalardan foydalanish metodikasi
Masalalar yechishga o’rgatishda quyidagi etaplarga rioya qilish maqsadga muvofiqdir.
1-etap-masala mazmuni bilan tanishtirish;
2-etap-masala yechimini izlash;
3-etap-masalani yechish;
4-etap-masala yechimini tekshirish.
Ajratilgan etaplarga bir-biri bilan uzviy bog’langan va bu bosqichning har bir etapida ish asosan o’qituvchining rahbarligida olib boriladi.
Har bir etapda ishlash metodikasini batafsil ko’rib chiqamiz.
1. Masala mazmuni bilan tanishtirish. Masala mazmuni bilan tanishtirish uni o’qib, masalada aks ettirilgan hayotiy vaziyatni ko’z oldiga keltirish demakdir. Masalanui odatda bolalar o’qiydilar.
Masala matni bolalarda bo’lmagan taqdirda yoki ular hali o’qishni bilamagan holda, masalani o’qituvchi o’qiydi. Bolalarni masalani to’g’ri o’qishga o’rgatish juda muhimdir. Amalni tanlashni belgilab beradigan ,,bor edi’’, ,,jo’nab ketdi’’,
,,qoldi’’, ,,baravardan bo’ldi’’kabi so’zlarga va soni ma’lumotlarga urg’u berib o’qish masala savolini intonatsiya bilan ajratib o’qish. Agar masala tekstida tushunarsiz so’zlar uchrasa ularni tushuntirish yoki masalada gap ketayotgan predmetni, masalan, buldozer, o’rish mashinasi va hokazoni ko’rsatish mumkin.
Masalani bolalar bir-ikki marta, ba`zan bir necha marta o’qiydilar, biroq masalani bitta o’qiganda esda qolishga ularni asta-sekin o’rgatib borish kerak, chunki bu holda ular masalani ko’proq diqqat bilan o’qiydilar.
Masalani o’qiganda, bolalar masalada aks ettirilgan hayotiy vaziyatni tasavvur qila olishlari lozim. Shu maqsadda bolalar masalani o’qib bo’lishganidaqn keyin masalada nima to’g’grisida gap ketayotganini tasavvur qilib ko’rishlari va hikoya qilib berishlarini taklif qilish maqsadga muvofiq bo’ladi.
2. Masala yechimini izlash. Masala mazmuni bilan tanishgandan so’ng uning yechimini izlashga o’tish mumkin o’quvchilar masalaga kirgan kattaliklar, berigan sonlar va izlanayotgan sonni ajratib ko’rsatishlari, berilgan sonlar va
izlanayotgan son orasidagi bog’lanishni aniqlashlari va buning asosida tegishli arifmetik amalni tanlashlari kerak.
Yangi turdagi masalalarni kiritilayotganida masala yechimini izlashga o’qituvchi rahbarlik qiladi, keyinchalik o’quvchilar buni mustaqil bajaradilar. U holda ham bu holda ham kattaliklar, berilgan sonlar va izlanayotgan sonni ajratish, ualr orasidagi bog’lanishlarni aniqlashda bolalarga yordam beradigan maxsus usullardan foydalaniladi. Bunday usullar jumlasiga masalani ilyustratsiyalash, masalani takrorlash, masalani tahlil qilish va eshitish planini tuzish kiradi. Bu usullarning har birini ko’rib chiqamiz:
Masalani ilyustrasiyalash bu masalaga kirgan kattaliklar berilgan va izlanayotgan, sonlarni ajratish va ular orasida bog’lanishni, aniqlash uchun ko’rsatmali qurollardan foydalanish demak.
Illyustratsiya predmetli yoki semantik bo’lishi mumkin. Birinchi holda masalada aytilayotgan predmetlardan yoki bu predmetlarning rasmlaridan illyustratsiya sifatida foydalaniladi, ular yordamida predmetlar ustida tegishli amallar ilyustratsiya qilinadi.
Masalan, quyidagi masalani illyusratsiya qilish kerak. ,,Bolalar chana uchayotgan edi. Ulardan 5 ta qiz bola va 2 ta o’g’il bola uyiga ketishdi. Hammasi bo’lib uyga nechta bola ketgan?’’ bunday paytda ilyustratsiya uchun bolalarning o’zlaridan foydalangan ya’ni: doskaga chana uchayotgan bolalarni o’ynovchi o’quvchilarni chiqarish kerak, so’ngra 5ta qiz uyga ketganini, ya’ni chetga chiqqanini keyin 2 ta o’g’il bola uyga ketganini (qizlarga borib qo’shilishadi) ko’rsatish kerak. Shunday qilib, to’plamlarni birlashtirish ilyustratsiya qilinadi va garchi bolalar ketdi deyilsa ham bolalar masala qo’shish amali yordamida yechishi o’quvchilarga ravshan bo’ladi. Predmetlarning o’zidan ko’ra ko’pincha ularning rasmlaridan yoki boshqa predmetlardan foydalaniladi.
Predmetli illyustratsiya masalada tasvirlangan hayotiy vaziyat to’g’risida yaqqol tasavvur qilishga yordam beradi, bu keyinchalik amalni tanlashda asosiy moment bo’lib xizmat qiladi. Predmetli illyustratsiyadan yangi turdagi masalalarni yechish bilan tanishtirilayotganda ko’proq sinfda foydalaniladi.
Predmetli illyustratsiya bilan bir qatorda 1-sinfdan boshlab seatik illyustratsiyadan foydalaniladi- bu masalani qisqa yozib olishdir.
Qisqa yozuvda ko’zdan kechirish uchun qulay formada kattaliklar berilgan va izlanayotgan sonlar shuningdek masalada nima to’g’risida gap ketayotganini bildiruvchi ba’zi so’zlar, ,,bor edi’’, ,,qo’ydik’’, ,,bo’ldi’’ va h.k. va munosabatni bildiruvchi so’zlar: ,,katta’’(ko’p), ,,kichik’’ (kam) va h.k. yozib qo’yiladi.
Qisqa yozuvni jadval ko’rinishida yoki, jadvalsiz, shuningdek chizma formasida bajarish mumkin. Misollar ko’raylik, 1-masala: Baliqchi 10 ta cho’rtanbaliq, cho’rtanbaliqlardan 8 ta ko’p tangabaliq tutdi. Baliqchi qancha cho’rtanbaliq va tangabaliq tutgan? Bu masalani jadvalsiz qisqa yozib olish maqsadida : Cho’rtanbaliq - 10 dona
Tangabaliq -?,8 dona ortiq
2- masala. Traktor 6 soat ish vaqtida 48 litr yonilg’i sarfladi. Yonilg’i soatiga o’sha normada sarf bo’lganda 12 soatda traktorga qancha yonlig’i kerak bo’ladi? Bu masalani jadvalda yozib olgan yaxshi.

Yoqilg’i sarf bo’lish


normasi Ish vaqti Sarf bo’lgan jami yoqilg’i
Bir xil 6 soat
12 soat 48 litr
?

Keltirilgan misoldan ko’rinib turibdiki, jadval formada kattaliklarning nomini ham ajratib yozish talab qilinadi.


Ko’p masalalarni chizma yordamida namoyish qilish mumkin: ,,o’quv yilining boshida o’quvchi uchun kostyum, botinka va shapka sotib olindi. Kostyum 2400 so’m turadi. U botinkadan 3 marta qimmat. Xarid qilingan narsalarning hammasi qancha turadi?
Chizma formasida namoyish qilishni kattaliklar qiymatlarining munosabatlari
berilgan masalalarning yechilishida (katta, kichik, shuncha) shuningdek harakat bilan bog’liq masalalarning yechilishida foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Oxirgi holda harakat qilayotgan jism bosib o’tgan masofani kesma bilan harakat yo’nalishini strelka bilan, harakat qilayotgan jism yo’ldagi punktlarni bayroqcha yoki chiziqcha bilan tasvirlab qabul qilingan, bunda tezlik yo’analishini ko’rsatayotgan, strelkaning tagiga yoki ustiga vaqt esa shu vaqt ichida o’tilgan masofani tasvirlovchi kesmaning ustiga qo’yiladi, yo’lning uzunligi tegishli kesmaning tagiga yoziladi.
Sanab o’tilgan ilyustratsiyalarning har birini bolalarning o’zlari bajarganlari taqdirdagina bu ilyustratsuyalar masala yechimini topishga yordam beradi, chunki faqat shu holdagina ular masalani o’zlari analiz qilishlari mumkin. Demak bolalarni illyustratsiyalarni o’zlari bajarishlariga o’rgatish zarur. Avval yangi turdagi masala bilan tanishtirilayotganda qisqa yozuvchi o’qituvchi rahbarligida bolalarning o’zlari bajarishadi, so’ngra u masala yechimini topishga yordam beradilar taqdirda mustaqil bajarishadi.
Illyustratsiyalarni bajarish vaqtida ba’zi bolalar masala yechimini topadilar, ya’ni ular masalani yechish uchun qaysi amallarni bajarish zarurligini biladilar. Biroq bolalarni bir qismi berilgan sonlar va izlanayotgan son orasidagi bog’lanishni hamda tegishli arifmetik amalni faqat o’qituvchi masalani tahlili deb ataluvchi maxsus suhbat o’tkazadi.
3. Masalaning yechilishi. Masalaning yechilishi bu yechim plani tuzilayotganda tanlangan arifmetik amallarni bajarish demakdir. Bunda har bir amalni bajara turib nimani topayotganimizni tushuntirish shart.
Masala yechimini og’zaki yoki yozma ravishda bajarilishi mumkin. Og’zaki yechishda tegishli arifmetik amallar tushuntirishlar og’zaki bajariladi. Boshlang’ich sinflarda yechiladigan masalalarning deyarli yarmi og’zaki bajarilishi kerak. Bunda bolalarni bajarilayotgan masalalarning deyarli amallarga doir to’g’ri va qisqa tushuntirishlar berishga o’rgatish kerak.
Yozma yechishda amallar yoziladi. Ular uchun tushuntirishlarni esa o’quvchilar yozadilar yoki og’zaki aytadilar.
Boshlang’ich sinflarda masala yechilishini quyidagi asosiy formalari bor:
1. Masala bo’yicha ifoda tuzish va uning qiymatini topish;
2. Masala bo’yicha tenglama tuzish va uni yechish;
3. Yechilishi ayrim amallarning ko’rinishida yozish.
Masalalar ustida ishlashda ma’lum sistemani belgilash va uni joriy qilish malakasi.

Masalalar ustida ishlash rejasi


1. Masalani o’qib chiqing, masalada nima haqida gap borayotganini
o’zingiz tasavvur qiling.
2. Masalada nima ma’lum va nimani topish kerakligini aniqlashtirib
oling. Agar masala tekstini tushunib olish qiyin bo’lsa, uni qisqa yozing (yoki masalaga oid chizma tayyorlang).
3. qisqa yozuv bo’yicha har bir son nimani ko’rsatishini tushuntir va
masala savolini takrorlang.
4. O’ylab ko’r, masala savoliga birdaniga javob berish mumkinmi, agar mumkin bo’lmasa, nega? Oldin nimani, keyin nimani bilish mumkin?
Masalani yechish rejasini tuzing.
5. Yechishni bajaring va javobini yozing.
6. O’z yechimingizning to’g’riligini tekshirib ko’ring.
7. O’zingizga “qiziqarli” savollar bering va ularga javob bering.

Shunday qilib biz o’quvchilarni yangi turdagi masalalar bilan tanishtirish metodikasining umumiy masalalarni qarab chiqdik. Bu bosqichda ish o’qituvchi rahbarligida olib boriladi.


XULOSA
Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish jarayonida o’quvchilarni boshlang’ich sinf matematika darslarida o’quvchilarning arifmetik amallar bajarishni o’rganishini tashkil etish didaktik prinsiplarini o’rganish va ularga individual yondashish darajasi bo’yicha bilish topshiriqlarini ularni xal etish jarayonida cheklash shart-sharoitlarini belgadashdan iborat bo’ladi.
Psixologik-pedagogik nuqtai nazardan o’quvchilar boshlang’ich sinf matematika darslarida o’quvchilarining arifmetik amallar bajarishni o’rganishini tashkil etish didaktik ‘rintsi’larining o’ziga xosliklari, o’quv jarayonining didaktik ta’minoti, didaktik ishlanmalar moxiyati va yo’nalishi ko’rib chiqilgan, bu barcha materiallarning o’quvchilar Boshlang’ich sinf matematika darslarida o’quvchilarining arifmetik amallar bajarishni o’rganishini tashkil etish didaktik prinsiplarini shakllantirish maqsad va masalalariga muvofiqligining ilmiy asoslangan taxlili berilgan.
Boshlang’ich ta’lim amaliyotida qo’llanuvchi masalalar o’quvchilar Boshlang’ich sinf matematika darslarida o’quvchilarining arifmetik amallar bajarishni o’rganishini tashkil etish didaktik prinsiplarini shakllantirishga turli darajada qulaylik yaratadi. Bu holat ularni shakllantirish ta’siri darajasi bo’yicha guruhlarga masalalarni cheklash zaruriyatini qo’yadi.
Biz o’zimizning nazariy qarashlarimiz asosida Boshlang’ich sinfda matematika kursining metodik ta’minoti tarkibini aniqladik va o’quvchilarning o’qish jarayonida. Boshlang’ich sinf matematika darslarida o’quvchilarning arifmetik amallar bajarishni o’rganishini tashkil etish didaktik prinsiplarining foydalanilmagan imkoniyatlarini belgiladik.
Eksperimental ma’lumotlarga suyanib, yangi qo’llanmalar didaktik materiallar kompleksi va metodik tavsiyalar tizimi ishlab chiqildiki, ular o’quvchilar Boshlang’ich sinf matematika darslarida o’quvchilarining arifmetik amallar bajarishni o’rganishini tashkil etish didaktik ‘rintsi’larini faollashtirish darajasiii oshirishga imkon beradi.
Ishlab chiqilgan didaktik materiallar o’quv vaqti noishlab chiqarish sarfiyotini kamaytirishga yordam beradi, o’quvchilar Boshlang’ich sinf matematika darslarida o’quvchilarining arifmetik amallar bajarishni o’rganishini tashkil etish didaktik prinsiplarini jadallashtirishga imkon yaratadi, o’quvchilar makoniy va mantiqiy fikrlashi, o’quv ishiga ijodiy yondoshuvi va o’qishga qizikishini oshirishga imkon beradi.
Boshlang’ich sinf matematika darslarida o’quvchilarining arifmetik amallar bajarishni o’rganishini tashkil etish didaktik prinsiplarini o’rganish va ularga individual yondashish bilim olish faoliyati muxim ahamiyat kasb etadi, chunki bola 2- marta jamoat jixatidan baxolanuvchi faoliyatga kirib boradi. Bu faoliyat barcha o’quvchilar uchun majburiy bo’lgan qoidalardan iborat bo’lib uning muvaffaqiyati birgina o’quvchiga emas butun jamoaning faol harakatini talab etadi.
Aynan shu davrda bola bilim olish faoliyatining jamoa ishlab chiqqan uslublarini egallash zaruriyatini tushunadi. Chunki faqat ulargina qo’yilgan masalani muvaffaqiyatli yechishni ta’minlaydi, aynan shu paytda bilim olish faoliyati to’planadi.
Boshlang’ich sinf matematika darslarida o’quvchilarining arifmetik amallar bajarishni o’rganishini tashkil etish didaktik prinsiplarini o’rganish va ularga individual yondashishni tashkil etishda o’qituvchi yetakchi rol o’ynaydi. Uni shaxsi, bilimi va o’quvchilarga bo’lgan munosabati, metodik maxorati - bular bari ko’rib chiqilayotgan masalani muvaffaqiyatli yechilishida katta ahamiyatga ega. Ayni paytda o’quvchilarning rivojlanish darajasi, bilim doirasi kabi omillar ham ta’sir etadi. Ushbu barcha omillar birgalikda ta’sir ko’rsatadi. Aynan o’kituvchi o’quv materialini tizimlashtirib, ta’lim va uslub shaklini har bir o’quvchining qobiliyati va imkoniyatini hisobga olgan holda ta’lim jarayonini tashkil etadi.
Olib borilgan ilmiy izlanishimiz boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish jarayonida o’quvchilarni matematika darslarida o’quvchilarining arifmetik amallar bajarishni urganishini tashkil etish didaktik prinsiplarini o’rganish va ularga individual yondashish usulllarini ishlab chiqish imkonini berdi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


1.
Sh.M.Mirziyoyev. “Erkin va farovon demokratik O’zbekiston Davlatini birgalikda barpo etamiz” –T.: “O’zbekiston” 2016-y -56-b.
2.
Sh.M.Mirziyoyev. “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak”. –T.: “O‘zbekiston” 2017 y. -104-b.
3.
Sh.M.Mirziyoyev. “Qonun usutuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovoniligining garovi”–T.: “O‘zbekiston” 2017 y. -48-b.
4.
Sh.M.Mirziyoyev. “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz ”–T.: “O‘zbekiston” 2017 y. -488-b.
5.
Sh.M.Mirziyoyev. “Milliy taraqqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko’taramiz”. –T.: “O‘zbekiston” 2017 y. -592 b.
6.
I. A. Karimov. “Barkamol avlod orzusi”. -T.: “O‘zbekiston” 2019 y.
7.
I. A. Karimov. «Barkamol avlod O’zbekiston taraqqiyotining poydevori». -T.: 1997-y.
8.
I.А. Kаrimоv. Yuksаk mа’nаviyat-yеngilmаs kuch. – T.: “Mа’nаviyat”, 2018-y. 173 b.
9.
O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini isloh qilish bo’yicha me’yoriy hujjatlar I-qism, T.: 2018 yil
10.
O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini isloh qilish bo’yicha me’yoriy hujjatlar II-qism, T.: 2018 yil
11.
N.U.Bikbayеva, R.I.Sidеlnikova,G.A.Adambеkova. Boshlang’ich sinflarda matеmatika o’qitish mеtodikasi. (O’rta maktab Boshlang’ich sinf o’qituvchilari uchun mеtodik qo’llanma.) T.: “O’qituvchi” 2016-y. -512b.
12.
M.Е.Jumayеv, Z.G’ Tadjiеva. Boshlang’ich sinflarda matеmatika o’qitish mеtodikasi. (OO’Y uchun darslik.) T.: “Fan va tеxnologiya” 2005-y.
13.
M.E.Jumayеv. Boshlang’ich sinflarda matеmatika o’qitish mеtodikasi. T.: O’qituvchi. 2006-y.
14.
M.E.Jumayеv. “Boshlang’ich matеmatika o’qitish mеtodikasidan amaliy mashg’ulotlar to’plami”. T.: O’qituvchi 2005-y.
15.
M.E.Jumayеv. Bolalarda matеmatik tushunchalarni rivojlantirish nazariyasi va mеtodikasi. (KHK uchun ) ToshkеnT.: “Ilm Ziyo” 2005-y.
16.
M.E.Jumayev. Bolalarda boshlang‘ich matematik tushunchalarni rivojlantirish nazariyasi va metodikasi. -T.: ILM ZIYO, 2013.-232 b.
17.
V.V. Danilova “Matematicheskaya podgotovka detey v doshkolnix uchrejdeniyax”. -M., 2017 y.
18.
A.A.Stolyar "Maktabgacha yoshdagi bolalarda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish". -M., 2018.
19.
N.U.Bikbayeva, Z.I.Ibroximova, X.I. Qosimova "Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish". -T.: "O`qituvchi" 2015.
20.
E.Sayidxalilov, Sh.Abdullayeva O‘quvchilar ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish - milliy dastur talabi. // “Xalq ta’limi”jurnali, 2001, 1-son, -B.13-20
21.
L.P.Stoylova, A.M.Pishkalo Boshlang‘ich matematika kursi asoslari. – T.: O‘qituvchi 2011.- 336 b.
22.
Ta’limda axborot texnologiyalari -T.: 2000. -131b.
23.
Tolipov O‘.Q., Usmonova M., Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari (O‘quv qo‘llanma) - T.: Fan.2006.-262 b
24.
N.N. Azizxo’jaeva “Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat”. Toshkent, Nizomiy nomidagi TDPU, 2003-y.
25.
S.A. Akmalova. “Ta’lim nazariyasi didaktika masalalari bo’yicha o’quv qo’llanma”. Namangan 2013-y.
Download 48.47 Kb.




Download 48.47 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Urganch davlat universiteti pedagogika fakulteti

Download 48.47 Kb.