|
Urganch davlat universiteti texnika fakulteti «transport tizimlari»
|
bet | 11/63 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 5,12 Mb. | | #138204 |
Bog'liq Urganch davlat universiteti texnika fakulteti «transport tizimlaISHCHI DASTUR
1. EE va EYu fanining ishchi dasturini amalga oshirish tartibi
Fanning o’quv mashg’ulotlari bo’yicha taqsimlangan hajmi (soati) tasdiqlangan o’quv rejasiga muvofiq tuzildi.
Elektrotexnika va elektronika asoslari fani umumkasbiy fanlaridan bo’lib, uning ishchi dasturi - geologiya va geofizika sohalarining o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ta’lim, fan, texnika, texnologiya va ishlab chiqarishning «Elektrotexnika va elektronika asoslari» yo’nalishi dagi yutuqlarini inobatga olgan holda ishlab chiqildi. Bunda fanlararo uzviylik va uzluksizlik, mavzularning mantiqiy ketma-ketligi, oddiydan murakkablikka, xususiylikdan umumiylikka o’tib borish tamoyillariga rioya etildi.
Bu dasturni amalga oshirish bakalavriaturaning ta’lim yo’nalishlarida o’qish jarayonida ushbu o’quv fani bo’yicha o’zlashtirilgan ma’lumotlarga, hamda o’quv rejasida rejalashtirilgan matematik va tabiiy (oliy matematika va fizika) fanlarini bilishga asoslanadi. Shu jumladan fanni o’zlashtirish uchun talabalar «Oliy matematika» fanidan – chiziqli va nochiziqli bir jinsli va bir jinsli bo’lmagan tenglamalar sistemasini echishni, trigonometrik funktsiyalar, kompleks o’zgaruvchan kattaliklar nazariyasi, differentsial tenglamalar va ularni yechish usullari va hokazolarni bilishlari kerak.
Fizika fanidan – elektr va magnetizm, qattiq jismlar fizikasi, yarim o’tkazgich va boshqalarni o’zlashtirgan bo’lishlari kerak.
Chet tilidan – texnik matnlarni tarjima qilib, tushuna olishlari kerak.
Fanni o’rganishda asosiy e’tibor ma’ruza, laboratoriya va amaliy mashg’ulotlariga va mustaqil tayyorgarlikda o’zlashtiriladigan chuqurlashtiriladigan nazariy bilimlarga, hamda ob’ektiv jarayonlar va hodisalarga nisbatan dunyoqarashni shakllantirishga qaratildi.
Mustaqil tayyorgarlik jarayonida talaba texnikaviy adabiyotlar, Internet materiallari va me’yoriy hujjatlar bilan ishlashni uddalashini namoyon qilishi, auditoriya mashg’ulotlari paytida qabul qilgan informatsiyasini to’g’ri mushohada qilish qobiliyatini ko’rsatish i zarur. Bilimlarini chuqurlashtirish uchun kafedrada mavjud bo’lgan virtual laboratoriyalar tizimi bilan ishlashni o’rganishi kerak.
Amaliy va hisob-grafik ishlarida keng ko’lamda kompyuterlar qo’l laniladi.
Ma’ruza va tajriba ishlarida mazkur mavzularga tegishli slayd, namoyish plakatlari va maketlardan, elektrotexnik uskunalar, laboratoriya ishlarining elektron versiyalaridan yoki virtual laboratoriyalar tizimidan, elektr o’lchash asboblaridan va elektr yuritma o’quv stendlaridan keng foydalaniladi.
|
| |