Uch fazali manbaning fazalarini ulash sxemalari




Download 5,12 Mb.
bet49/63
Sana15.01.2024
Hajmi5,12 Mb.
#138204
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   63
Bog'liq
Urganch davlat universiteti texnika fakulteti «transport tizimla

Uch fazali manbaning fazalarini ulash sxemalari


Faza va liniya parametrlari. Manba va iste’molchilarni o‘zaro ulashda defitsit materialga va uzatish liniyalari qurilmalariga sarf harajatlarni kamaytirish uchun generator fazalari yulduz yoki uchburchak shaklida ulanadi. YUlduz ulanishda (7.4-rasm) fazalarning oxirlari X, U, Z lar bitta nuqtaga tutashtiriladi va N1 harfi bilan belgilanib neytral nuqta deyiladi. Uchburchak ulanishda (7.5-rasm) bir fazaning oxiri X ikkinchi fazaning boshlanishi V bilan, ikkinchi fazaning oxiri U uchinchi fazaning boshi S bilan, uchinchi fazaning oxiri Z birinchi fazaning boshlanishi A bilan ulanadi. Ikkala holatda ham manba fazalarining boshlanishi A, V, S liniya o‘tkazgichi yordamida yulduz yoki uchburchak shaklida ulangan iste’molchi bilan bog‘lanadi. Manba va iste’molchi fazalari bir xil yoki turlicha ulanishda bo‘lishi mumkin.
Manba va iste’molchi yulduz shaklida ulanganda, ba’zi holatda neytral o‘tkazgichdan ham foydalaniladi.
Neytral nuqtalar N1 va N ni tutashtiruvchi o‘tkazgich neytral o‘tkazgich deyiladi.
M

7.4–расм. 7.5–расм.
anbalari uchburchak yoki nolp o‘tkazgichsiz yulduz shaklida bog‘langan uch fazali zanjirlar uch o‘tkazgichli zanjirlar manbasi neytral o‘tkazgichli yulduz shaklida bog‘langan zanjirlar to‘rt o‘tkazgichli zanjirlar deb ataladi. Uch fazali zanjirning alohida xususiyati unda ikki xil kuchlanish mavjudligi. Manba yoki iste’molchi fazalarining boshlanishi va tugallanish nuqtalari orasidagi kuchlanish faza kuchlanishi deyiladi. Manba yoki iste’molchi fazalari bo‘ylab o‘tayotgan toklar faza toklari deyiladi. 7.4-rasmda faza kuchlanishlari va toklari
UA, UB, UC, IA, IB, IS , 7.5-rasmda esa faza kuchlanishi va toklari UA, UB, UC, IVA, ISB, IAS bilan belgilangan. Manba yoki iste’molchi fazalarining boshlanishlari orasidagi kuchlanish yoki liniya o‘tkazgichlari orasidagi kuchlanish liniya kuchlanishi deyiladi. Manba va iste’molchini o‘zaro bog‘lovchi o‘tkazgichlardan o‘tayotgan toklar liniya toklari deyiladi.
7.4 va 7.5-rasmlarda liniya kuchlanishlari va toklari UAB, UBC, UCA, IA, IB, IC bilan belgilangan.
Zanjir to‘g‘ri hisoblanishi, tenglama va diagrammalar to‘g‘ri tuzilishi uchun, EYUK, kuchlanish va toklarning yo‘nalishi to‘g‘ri belgilangan bo‘lishi kerak.
EYUK larning musbat yo‘nalishi deb, manba fazalarining oxiridan boshiga qarab yo‘nalish qabul qilinadi, toklar yo‘nalishi EYUK bilan bir xil, kuchlanish esa qarama – qarshi yo‘nalishda olinadi.
(7.4 va 7.5-rasm). Liniya kuchlanishlari esa: UAB – A dan V ga qarab, UBS – V dan S ga qarab, USA – S dan A ga qarab yo‘nalitiriladi. Liniya toklari esa doim manbadan iste’molchi tarafga qarab yo‘naltiriladi. Iste’molchilardagi tok va kuchlanishlar bir xil yo‘nalishda olinadi. Neytral o‘tkazgichdagi tok IN – iste’molchidan manba tomonga qarab yo‘naltiriladi. Manbaning faza kuchlanishi uning EYUK sidan farq qiladi, bu farq manbaning ichki qarshiligi hisobiga bo‘ladi. Tahlilni soddalashtirish maqsadida ichki qarshilik hisobga olinmaydi va EYUK bilan kuchlanish qiymat jihatdan taxminan teng deb qabul qilinadi. Kuchlanishlar vektor diagrammasi EYUK lar diagrammasidan farq qilmaydi (7.6-rasm) Faza va mos liniya kuchlanishlarini o‘z ichiga olgan konturlar uchun Kirxgofning ikkinchi qonuniga binoan (7.4-rasm):
(7.3)
Manba kuchlanishlari vektor diagrammasi (7.6-rasm) va (7.3) ifodaga asosan liniya kuchlanishlarining vektor diagrammasini qurish mumkin. Natijada ikkita burchagi 300 va bitta burchagi 1200 bo‘lgan hosil qiluvchi tomonlar faza kuchlanishlari vektorlari va , asosi esa liniya kuchlanishi dan iborat uchburchak hosil bo‘ladi. Liniya kuchlanishlari o‘zaro teng va faza bo‘yicha 1200 ga bir–biridan siljigan. 7.6-rasmda ko‘rsatilgan kuchlanishlar vektor diagrammasida
(7.4)
Qolgan liniya va faza kuchlanishlari orasida ham xuddi shunday munosabat mavjud. SHuning uchun cho‘lg‘amlari yulduz shaklida ulangan manba uchun umumiy holda:
. (7.5)
Manba fazalarini uchburchak usulda ulanganda liniya va faza kuchlanishlari orasidagi munosabatni ko‘rib chiqamiz (7.5-rasm).









7.6 – rasm.




7.7 – rasm.

Bu sxemadan shunday xulosa qilish mumkinki, liniya kuchlanishlari mos faza kuchlanishlariga teng:


. (7.6)
Umumiy holda:
. (7.7)
YUqorida ko‘rib chiqilganlar asosida quyidagi xulosalarni qilish mumkin.

  1. Manba fazalarining ulanish usuliga bog‘liq bo‘lmagan holda, liniya o‘tkazgichlari orasida ta’sir etuvchi qiymatlari bo‘yicha o‘zaro teng faza jihatdan 1200 farq qiluvchi liniya toklari mavjud bo‘ladi.

  2. Manba fazalarini yulduz shaklida ulanganda liniya kuchlanishlari xuddi shu manba fazalarini uchburchak ulangan holatidagiga nisbatan marta katta bo‘ladi.

  3. To‘rt o‘tkazgichli zanjirlarda liniya o‘tkazgichlari orasidagi liniya kuchlanishlaridan tashqari, liniya o‘tkazgichi va neytral o‘tkazgich orasida liniya kuchlanishidan marta kichik faza kuchlanishi mavjud.

Ko‘rib chiqilgandan, agar liniya kuchlanishi 380 V bo‘lsa faza kuchlanishi 220 V, liniya kuchlanishi 220 V bo‘lsa, faza kuchlanishi 127 V bo‘ladi.
Sanoat korxonalari iste’molchilari va maishiy xizmat korxonalari iste’molchilarining kuchlanishlari shu kuchlanishlarga mo‘ljallangan. To‘rt o‘tkazgichli tarmoqlar esa, bir fazali iste’molchilarni ham ulash imkoniyatni beradi.



Download 5,12 Mb.
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   63




Download 5,12 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Uch fazali manbaning fazalarini ulash sxemalari

Download 5,12 Mb.