Transformatorning tuzilishi va ishlash printsipi




Download 5,12 Mb.
bet57/63
Sana15.01.2024
Hajmi5,12 Mb.
#138204
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   63
Bog'liq
Urganch davlat universiteti texnika fakulteti «transport tizimla

2. Transformatorning tuzilishi va ishlash printsipi
Transformator turlarining ko’p bo’lishiga qaramay, ularda bo’ladigan elektromagnit jarayonlar umumiy o’xshashlikka ega bo’lib, ularning ishlash printsipi bir xildir. 5.2-rasmda bir fazali ikki chulg’amli transformatorning sxemasi va shartli belgilanishi ko’rsatilgan. Transformator po’lat o’zak (magnit o’tkazgich) 1 dan va ikkita mis chulg’amlar 2 dan iborat. Po’lat o’zakning induktsion toklar hisobiga qizib ketishini kamaytirish maqsadida u qalinligi 0,350,5 mm bo’lgan elektrotexnika po’lat plastinalardan yig’iladi. Plastinalarning ikki tomoniga izolyatsion lok surtiladi yoki ular tegishlicha qizdiriladi. Po’lat o’zak plastinalarni yig’ish tartibi 5.3-rasmda ko’rsatilgan. Qatlam plastinalarining choklari ustma-ust tushmasligi kerak.
Po’lat o’zak magnit zanjirini hosil qilish uchun xizmat qiladi va shu tufayli asosiy magnit oqimi F po’lat o’zak bo’ylab harakatlanadi. Po’lat o’zakning miss chulg’amlar o’ralgan qismi sterjen deyiladi. Shuning uchun birlamchi chulg’amga (zanjirga) oid kattaliklar 1 indeksiga ega, masalan, birlamchi chulg’amning o’ramlar soni qismlaridagi kuchlanish zanjirdagi tok va h.k. shuningdek, ikkilamchi chulg’amga oid kattaliklar 2 indeksiga ega, masalan, va h.k.
Transformatorning birlamchi chulg’amiga berilgan sinusoidal kuchlanish ta’sirida chulg’amdan o’zgaruvchan tok oqib o’tadi. Bu tok transformatorning po’lat o’zagida o’zgaruvchan magnit oqimi (F) ni hosil qiladi. Chulg’amlarning o’ramlarini kesib o’tayotgan bu asosiy magnit oqimi birlamchi chulg’amda o’zinduktsiya, ikkilamchi chulg’amda esa o’zaro induktsiya hodisasiga binoan tegishlicha va elektr yurituvchi kuchlarni induktsiyalaydi. Mazkur EYuK larning ta’sir etuvchi qiymatlari:


(5.1)
(5.2)

Bu erda o’zgaruvchan tokning chastotasi, Gts; w1 w2- birlamchi va ikkilamchi chulg’amlarning o’ramlari soni; F-asosiy magnit oqimi, Vb.


Demak, (5.1) va (5.2) ifodalardan ko’rinadiki, chastota 1 va magnit oqimi F o’zgarmas bo’lganda chulg’amlarda induktsiyalangan EYuK E1 va E2 lar ularning o’ramlari soniga prportsional ekan, ya’ni



Bu nisbat transformatorning transformatsiya koeffitsienti hisoblanadi, ya’ni
(5.3)
Mazkur koeffitsient transformatorga berilgan kuchlanishning necha marta o’zgarishini ko’rsatadi. Agar k1 bo’lsa, transformator kuchlanishini pasaytirib beruvchi, agar k1 bo’lsa, kuchlanishni orttirib beruvchi hisoblanadi.
Agar 5.2-rasm, a da ko’rsatilgan transformatorning ikkilamchi chulg’amiga yuklama ( ulasak, EYuK ta’sirida undan tok (i2) o’ta boshlaydi. Shunday qilib, kuchlanishi u1, tok kuchi i1 bo’lgan manbaning elektr energiyasi transformator yordamida kuchlanishi u2 va tok kuchi i2 bo’lgan elektr energiyasiga aylantirib, iste’molchiga uzatiladi.
Transformatorning manbadan (tarmoqdan) olayotgan birlamchi quvvati bo’lsa, uning iste’molchiga berayotgan ikkilamchi quvvati Agar transformatordagi quvvat isrofi hisobga olinmasa, bo’ladi.
Birlamchi va ikkilamchi zanjirlardagi faza siljish burchaklarini taxminan bir xil desak, deyish mumkin. Agar kuchlanishlar bir-birlari bilan xuddi E
5.3-расм
YuK lar kabi nisbatda bo’ladi desak, transformatsiya koeffitsientini quyidagicha qayta yozish mumkin:


Demak, transformator chulg’amlaridagi toklar kuchlanishlarga teskari proportsional.

Nazorat savollari



  1. Transformator deb nimaga aytiladi?

2. Transformatorning tuzilishi va ishlash pritsipi to’g’risida nimalarni bilasiz?
3. Transformatsiya koeffitsienti nima va u qanday aniqlanadi?

Download 5,12 Mb.
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   63




Download 5,12 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Transformatorning tuzilishi va ishlash printsipi

Download 5,12 Mb.