|
ISTE’MOLChILARNI UChBURChAK USULIDA ULASh
|
bet | 54/63 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 5,12 Mb. | | #138204 |
Bog'liq Urganch davlat universiteti texnika fakulteti «transport tizimla4. ISTE’MOLChILARNI UChBURChAK USULIDA ULASh
Uch fazali zanjir iste’molchilari uchburchak shaklida ulanganda, iste’molchining har bir fazasi ikkita liniya o‘tkazigichi bilan bog‘lanadi. SHuning uchun iste’molchining tavsifi va qiymatidan qatoiy nazar iste’molchining faza kuchlanishi mos ravishda liniya kuchlanishiga teng bo‘ladi (7.8-rasm).
7.8 - rasm
SHuning uchun iste’molchilar uchburchak ulanganda faza iste’molchilari yoki bir fazali iste’molchining nominal kuchlanishi liniya kuchlanishiga teng bo‘lishi kerak. Umumiy holda faza toklari lar liniya toklari larga teng emas. Kirxgofning birinchi qonuni A, V, S tugunlariga qo‘llab, faza va liniya toklari orasidagi quyidagi munosabatlarni olamiz:
(7.8)
Bu munosabatlardan foydalanib liniya toklari uchun vektor diagramma qurish qiyin emas.
Agar iste’molchi simmetrik bo‘lsa, ya’ni bo‘lsa, tok vektorlari simmetrik sistemani tashkil etadi. Faza toklarining qiymatlari va fazalar siljishi faza kuchlanishlari bilan bir xil bo‘ladi. Demak,
(7.9)
. (7.10)
(7.8-rasm) dagi vektor diagrammadan
. (7.11)
SHunga eotibor berish kerakki, uch o‘tkazgichli zanjirlarda iste’molchining qanday xarakterda ekanligidan qatoiy nazar liniya toklarining geometrik yig‘indisi nolga teng.
Simmetrik uch fazali iste’molchilarni masalan, elektrodvigatelni uch o‘tkazgichli zanjirga tarmoq kuchlanishiga bog‘liq ravishda uchburchak yoki yulduz shaklida ulash mumkin. Elektrodvigatellarning shchitida yoki pasportida ikki xil kuchlanish ko‘rsatilgan bo‘ladi, biri dvigatel cho‘lg‘amlarini yulduz shaklida ulash uchun, ikkinchisi uchburchak shaklida ulash uchun - bu dvigatelning faza kuchlanishi 220 V va uning cho‘lg‘amlarini yulduz shaklida ulash mumkin, agar tarmoq kuchlanishi UT=380 V bo‘lsa. Uchburchak ulash mumkin, agar tarmoq kuchlanishi UT=220 V bo‘lsa.
Nosimmetrik yuklama asosan fazalarga bir fazali iste’molchilar ulanganda vujudga keladi. Ular iste’molchining tavsifi yoki qiymati jihatidan bir – biridan farq qilishi mumkin. Nosimmetrik yuklamali zanjir fazalaridagi tokning qiymati (7.9) munosabatdan, liniya toklari esa (7.8) formuladan aniqlanadi.
Nosimmetrik yuklamali uch fazali zanjir sxemasi 7.9-rasmda ko‘rsatilgan, 7.10-rasmda esa uning kuchlanish va toklar diagrammasi keltirilgan. Liniya toklari (7.8) formula asosida qurilgan.
|
| |