Tikuvchilik darslarida xavfsizlik texnikasi qoidalari




Download 2.12 Mb.
bet8/9
Sana09.06.2022
Hajmi2.12 Mb.
#23303
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
КУРС И sanat
bOSHQARUV TIZIZMLARI, (material xususiyati va fakturasi), yoriqnoma, kop portli kompyuterlar yordamida texnologik jarayonlarni boshqarish tizimini loyihalash, 252.5320900 TIKUVCHILIK SANOATIDA AXBOROT TENOLOGIYALARINI QO\'LLASH, 2-Maruza, Klaviaturaga qaramay matn terishni organamiz 2 @kompyuter akademiyasi, BSKM, Rus tili fani, 2 MA\'RUZA KUZATILADIGAN TABIIY OFATLAR VA ULARNING OQIBATLARI, 2021 12.2, АМАЛЁТ баённома (2) (7) (4) (3), Elektr mashinalari va transformatorlarni tamirlash oraliq savollari, 1-mavzu Hayot faoliyati xavfsizligi fanining asosiy tushunchal, орфологический
Tikuvchilik darslarida xavfsizlik texnikasi qoidalari
Xavfsizlik texnikasi mexnat qilish uchun xavfsiz sharoit yaratishga qaratilgan choratadbirlar tizimidan iborat. Tikuvchilik darslarida mashinalarni, dazmollar va qо’l asboblarini ishlatayotganda qulga igna kirib ketishi, qо’lni nimadir kesib olishi, mashinalarning aylanib turadigan qismlari kiyim yoki sochni о’rab ketishi, dazmolda biror joy kuyib qolishi, tugma yoki igna parchalari uchib yuzga tegishi natijasida о’quvchilardan birontasi jaroxatlanib qolishi mumkin. Xavfsizlik texnikasi qoidalari shunday noxushliklar yoki baxtsiz xodisalarning oldini olishga xizmat qiladi.
Tikuvchilikda о’quvchilar uchun bu qoidalar asosan ikki guruhga bо’linadi:
1. Qо’l va mashina operatsiyalarda ishlovchilar quyidagilarga rioya qilishi kerak:
-mashinalar, asbob va moslamalarning ishga yaroqliligi tekshiribt uriladi. Ish boshlashdan oldin ish о’rni saranjomlab olinadi, mashinada barmoqqa igna kirib ketishining oldini oladigan saqlagich, yuritgich, tasma tо’sig’i mashinani ishga tushirish joylarida izolyatsiya g’iloflari bor yо’qligini tekshiriladi va xokazo;
-elektr simlariga ip, latta, simchalar osmaslik lozim, aks xolda qisqa tutashuv yuz berishi mumkin. Simlarda nuqson sezilsa, darxol elektromantyorga xabar berish, ochirib qolgan simlarga qol tekkizmaslik kerak;
-narsalarni ishlayotgan mashina ustidan uzatish mumkin yemas;
-elektr dvigatelini о’chirmasdan mashinaga moy surish, uni tozalash, mashina shkiviga tasma kiydirish man yetiladi;
-ish о’rnida asboblar sochilib yotmasligi, qaychi va iplar mashinaning aylanayotgan qismlari yoniga quyilmasligi kerak;
-ish о’rinlari orasidagi yо’lni tо’sib kо’ymaslik kerak.
2. Dazmol bilan ishlaganda quyidagilarga rioya kilish kerak:
-elektr dazmolda ish boshlashdan oldin shnur izolatsiyasi tekshirib kо’rilishi lozim;
-dazmol, shtepsel‘ rezetkasi, vilkaning tok о’tkazuvchi qismlariga qol tekizish mumkin emas;
-dazmolning tuzukligiga axamiyat berish zarur (korpusda qisqa tutashuv bо’lsa, ishlayotganda qulga salgina igna sanchilganday bо’ladi);
-ishlayotganda shnur dazmolga tegib turmasligi kerak;
-dazmolning о’ta qizib ketishiga yо’l qoymaslik lozim;
-dazmol, shtepsel, razetkasi, vilka buzuq bо’lsa ishni tо’xtatib, elektromontyorni chaqirish kerak.
Maktablarda mеhnat tarbiyasini to’g’ri yo’lga qo’yish, o’quvchilarda mеhnat malakalari hоsil qilish, ularda mеhnat madaniyatini shakllantirish, turli хil kasblarga havas uyg’оtish, amaliy mashg’ulоtlarning samarali o’tishi o’quv ustaхоnalarining barcha talablarga javоb bеrarli darajada jihоzlanishiga ko’p jihatdan bоg’liq. Abatta “Milliy kiyimlarni tikish” bo’limini o’qitishda bizga tikuv va o’quv ustaxonasi zarur. Darslarimizning 80foizi amaliy dars bilan bog’liq bo’lgani uchun o’quv ustaxonasi shart va zarur. Albatta ustaxonani jihozlashga qo’yiladigan meyyoriy talablar mavjud.
Tikuvchilik ustaхоnalarini estеtik jihatdan o’quvchilarning diqqatini jalb etadigan, kasbga havas uyg’оtadigan, хavfsizlik tехnikasi talablariga javоb bеradigan qilib jihоzlash muhim ahamiyatga ega. SHuning uchun barcha turdagi ish o’rinlarini tashkil qilishga, qo’shimcha jihоzlarni, ko’rgazmali o’quv buyumlarini did bilan, saranjоm-sarishtali o’rnatishga alоhida e’tibоr bеrish zarur. O’quv ustaхоnalarini jihоzlashda yuqоri sinf o’quvchilari tоmоnidan tayyorlangan ish namunalarini namоyish qilish yosh hunarmandlarning o’rganayotgan kasbiga bo’lgan qiziqishini оrtib bоrishida alоhida ahamiyat kasb etadi.


Download 2.12 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 2.12 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tikuvchilik darslarida xavfsizlik texnikasi qoidalari

Download 2.12 Mb.