• MAVZU TASNIFI Mavzu: O’quvchilarga “Milliy kiyimlardan qiyiqchani tayyorlash” mavzusini o’qitishda kreativ yondashuv Pedagog faoliyatiga kreativ yondashuv.
  • Kreativ shaxs
  • MAVZU BO’YICHA ADABIYOTLAR TAHLILI




    Download 2.12 Mb.
    bet2/9
    Sana09.06.2022
    Hajmi2.12 Mb.
    #23303
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    КУРС И sanat
    bOSHQARUV TIZIZMLARI, (material xususiyati va fakturasi), yoriqnoma, kop portli kompyuterlar yordamida texnologik jarayonlarni boshqarish tizimini loyihalash, 252.5320900 TIKUVCHILIK SANOATIDA AXBOROT TENOLOGIYALARINI QO\'LLASH, 2-Maruza, Klaviaturaga qaramay matn terishni organamiz 2 @kompyuter akademiyasi, BSKM, Rus tili fani, 2 MA\'RUZA KUZATILADIGAN TABIIY OFATLAR VA ULARNING OQIBATLARI, 2021 12.2, АМАЛЁТ баённома (2) (7) (4) (3), Elektr mashinalari va transformatorlarni tamirlash oraliq savollari, 1-mavzu Hayot faoliyati xavfsizligi fanining asosiy tushunchal, орфологический
    MAVZU BO’YICHA ADABIYOTLAR TAHLILI

    5-sinf uchun darslik Sh. Sharipov va boshq. – T.:Shar q. 2015 y. Bu darslikning Servis xizmati yo’nalishi, Gazlamalarga ishlov berish texnologiyasi, Milliy buyumlardan qiyiqcha bichish, nusxa tushirish va tikish.


    Toxirov.O’.O va boshqalar:TEXNOLOGIYA 5- sinf darsligi.T.: Sharq.2020 y.
    Mehnat ta’limiga doir davlat ta’lim standartlar (DTS). T. 2017
    Bu kitobda men mehnat ta’limiga doir davlat ta’lim standartlar haqida ma’lumotga ega bo’ldim.
    M.Tilakova “Yuqori sinf o’quvchilarining kreativlik qobilyatlarini rivojlantirish” Toshkent 2016-yil.
    Men bu adabiyotdan o’quvchilarni kreativlik qobiliyati haqida ma’lumotlar oldim.
    G’oniyev.E.G Umumiy psixologiya. Toshent 2002. 1-2 kitob.
    Mavlonova R., To‘rayeva O. Holiqberdiyev K. Pedagogika. T., O‘qituvchi.-2001. – 512 b.

    MAVZU TASNIFI


    Mavzu: O’quvchilarga “Milliy kiyimlardan qiyiqchani tayyorlash” mavzusini o’qitishda kreativ yondashuv
    Pedagog faoliyatiga kreativ yondashuv.
    Kreativlik (lot., ing. “create ”–yaratish, “creative ” yaratuvchi, ijodkor)–individning yangi g‘oyalarni ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi hamda mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati ma’nosini ifodalaydi.
    Kreativ shaxs–jarayon yoki natija sifatida ijodkorlikni namoyon etuvchi, masalalarni yechishga nostandart usullar bilan yondasha olishga moyil, o‘ziga xos harakatlarni tashkil etish, yangiliklarni ilgari surishga, ijodiy mahsulotlarni yaratishga layoqatli va tayyor shaxs.
    Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, histuyg‘ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo‘ladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini, zehni o‘tkirlikni tavsiflaydi. Shuningdek, kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida aks etadi.
    Amerikalik psixolog P.Torrens fikricha, kreativlik muammo yoki ilmiy farazlarni ilgari surish; farazni tekshirish va o‘zgartirish; qaror natijalarini shakllantirish asosida muammoni aniqlash; muammo yechimini topishda bilim va amaliy harakatlarning o‘zaro qarama-qarshiligiga nisbatan ta’sirchanlikni ifodalaydi.
    Boshqa har qanday sifat (fazilat) kabi kreativlik ham birdaniga shakllanmaydi. Kreativlik muayyan bosqichlarda izchil shakllantirib va rivojlantirilib boriladi.
    Pedagogning kreativlik sifatlariga ega bo‘lishi uning shaxsiy qobiliyatlari, tabiiy va ijtimoiy quvvatini kasbiy faoliyatni sifatli, samarali tashkil etishga yo‘naltiradi. Oliy ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagoglarning kreativlik sifatlariga ega bo‘lishlari ularda o‘quv va tarbiya jarayonlarini tashkil etishga an’anaviy yondashishdan farqli yangi g‘oyalarni yaratish, bir qolipda fikrlamaslik, o‘ziga xoslik, tashabbuskorlik, noaniqlikka toqat qilmaslikka yordam beradi. Binobarin, kreativlik sifatlariga ega pedagog kasbiy faoliyatini tashkil etishda ijodiy yondashish, yangi, ilg‘or, bolalarning o‘quv faoliyatini, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladigan g‘oyalarni yaratishda faollik ko‘rsatish, ilg‘or pedagogik yutuq va tajribalarni mustaqil o‘rganish, shuningdek, hamkasblar bilan pedagogik yutuqlar xususida doimiy, izchil fikr almashish tajribasiga ega bo‘lishga e’tibor qaratadi. Odatda pedagoglarning kreativlik qobiliyatiga ega bo‘lishlari pedagogik muammolarni hal qilishga intilish, ilmiy-tadqiqot ishlari yoki ilmiy loyihalarni amalga oshirish va o‘zaro ijodiy hamkorlikka erishishlari orqali ta’minlanadi, shakllantiriladi va u asta-sekin takomillashib, rivojlanib boradi. Har qanday mutaxassisda bo‘lgani kabi bo‘lajak pedagoglarning kreativlik qobiliyatiga ega bo‘lishlari uchun talabalik yillarida poydevor qo‘yiladi va kasbiy faoliyatni tashkil etishda izchil rivojlantirib boriladi. Bunda pedagogning o‘zini o‘zi ijodiy faoliyatga yo‘naltirishi va bu faoliyatni samarali tashkil eta olishi muhim ahamiyatga ega.
    Pedagog ijodiy faoliyatni tashkil etishda muammoli masalalarni yechish, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, shuningdek, pedagogik xarakterdagi ijod mahsulotlarini yaratishga alohida e’tibor qaratishi zarur. Muammoli masala va vaziyatlarni hal qilar ekan, pedagogning masala yechimini topishga ijodiy yondashishi unda hissiy-irodaviy sifatlarning rivojlanishiga yordam beradi. Pedagog o‘z oldiga muammoli masalalarni qo‘yish orqali mavjud bilimlari va hayotiy tajribalariga zid bo‘lgan dalillar bilan to‘qnash keladi. Buning natijasida o‘z ustida ishlash, mustaqil o‘qib o‘rganishga nisbatan ehtiyoj sezadi. Pedagogning ilmiy-tadqiqot ishlari va ilmiy yoki ijodiy loyihalarni amalga oshirishi unda kreativlik potensialini yanada rivojlantiradi. Pedagog o‘z-o‘zidan ijodkor bo‘lib qolmaydi. Uning ijodkorlik qobiliyati ma’lum vaqt ichida izchil o‘qibo‘rganish, o‘z ustida ishlash orqali shakllanadi.
    Zamonaviy ta’lim barcha turdagi ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan tarbiyachi, , pedagoglarning ijodkor bo‘lishlarini taqozo etmoqda.
    Kreativlik” tushunchasi o‘zida madaniy xilma-xillikni aks ettiradi. G‘arb kishilari uchun kreativlik, umuman olganda, yangilik sanaladi. Ular kreativlik negizida noan’anaviylik, qiziquvchanlik, tasavvur, hazil mutoyiba tuyg‘usi va erkinlik mavjud bo‘lishiga e’tiborni qaratadilar (Myordok, Ganim, 1993 y.; Shternberg, 1985 y.). Sharqliklar esa, aksincha, kreativlikni ezgulikning qayta tug‘ilish jarayoni, deb tushunadilar (Xui, Sternberg, 2002 y.; Rudovich, Xui, 1997 y.; Rudovich, Yuye, 2000 y.). Garchi g‘arblik va sharqliklarning kreativlik borasidagi qarashlari turlicha bo‘lsada, biroq, har ikki madaniyat vakillari ham mazkur sifat va unga egalikni yuqori baholaydilar (Kaufman, Lan, 2012 y.).
    Ko‘pgina pedagog-tarbiyachilar o‘zlarida kreativlik qobiliyatini mavjud emas, deb hisoblaydilar. Buni ikki xil sabab bilan asoslash mumkin: birinchidan, aksariyat pedagog-tarbiyachilar ham aslida “kreativlik” tushunchasi qanday ma’noni anglatishini yetarlicha izohlay olmaydilar; ikkinchidan, kreativlik negizida bevosita qanday sifatlar aks etishidan bexabarlar.
    Ayni o‘rinda shuni alohida qayd etib o‘tish joizki, har bir shaxs tabiatan kreativlik qobiliyatiga ega. Xo‘sh, ular o‘zlarida kreativlik qobiliyati mavjudligini qanday namoyon eta olishlari mumkin. Bu o‘rinda Patti Drapeau shunday maslahat beradi: Agarchi o‘zingizni kreativ emasman deb hisoblasangizda, hozirdanoq kreativ tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan darslarni tashkil eta boshlashingizni maslahat beraman. Aslida, gap sizning ijodkor va kreativ bo‘lganingiz yoki bo‘lmaganingizda emas, balki darslarni kreativlik ruhida tashkil etishingiz va yangi g‘oyalarni amalda sinashga intilishingizdadir.
    Patti Drapeau nuqtai nazariga ko‘ra kreativ fikrlash, eng avvalo, muayyan masala yuzasidan har tomonlama fikrlash sanaladi.
    Har tomonlama fikrlash ta’lim oluvchilardan o‘quv topshirig‘i, masalasi va vazifalarini bajarishda ko‘plab g‘oyalarga tayanishni talab etadi. Bundan farqli ravishda bir tomonlama fikrlash esa birgina to‘g‘ri g‘oyaga asoslanishni ifodalaydi. Mushohada yuritishda masala yuzasidan bir va ko‘p tomonlama fikrlashdan birini inkor etib bo‘lmaydi. Binobarin, bir va har tomonlama fikrlash kreativlikni shakllantirishda birdek ahamiyat kasb etadi. YA’ni, topshiriqni bajarish, masalani yechishda ta’lim oluvchi yechimning bir necha variantini izlaydi (ko‘p tomonlama fikrlash), keyin esa eng maqbul natijani kafolatlovchi birgina to‘g‘ri yechimda to‘xtaladi (bir tomonlama fikrlash).
    Yuqorida bildirilgan fikrlarga tayangan holda “kreativlik” tushunchasini quyidagicha sharhlash mumkin:
    Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, histuyg‘ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo‘ladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini tavsiflaydi. Kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida ham aks etadi. Qolaversa, kreativlik zehni o‘tkirlikni belgilab beradi, “ta’lim oluvchilar e’tiborini ta’lim jarayoniga faol jalb etishni ta’minlaydi”.
    Kasbiy faoliyatda pedagogning kreativligi turli shakllarda namoyon bo‘ladi. Ular quyidagilardir: axborot, shu jumladan, kompyuter texnologiyasi yordamida pedagog - tarbiyachi tomonidan kreativ yondashuv asosida tayyorlanib, ta’lim jarayonida samarali foydalanish mumkin bo‘lgan ijod mahsulotlari sanab o‘tiladi.

    Download 2.12 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 2.12 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    MAVZU BO’YICHA ADABIYOTLAR TAHLILI

    Download 2.12 Mb.