• IP - Internet Protocol
  • TCP - Transmission Control Protocol




    Download 201 Kb.
    bet2/6
    Sana09.04.2023
    Hajmi201 Kb.
    #49819
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    IPv4 va IPv6 protokollarining imkoniyatlarini taqqoslash va tahlil qilish.
    9-sinf, Informatika. 11-sinf (2018, N.Taylaqov, A.Ahmedov), zebra, maktabgacha, 1677584174-ED-20231378 дл. решение эл., tavsifnoma, 727, bux esabi OA sirtqi, 1CHI MAVZU, 2CHI MAVZU, Zebra chiziq, 2-amaliy mashg’ulot Tashqi fotoeffekt hodisasiga doir masalalar-www.hozir.org, surayyo vord, surayyo vord
    TCP - Transmission Control Protocol. Uzatishni boshqaruvchi protokol. IP yordamida tashishni ta'minlaydi. Bu protokolning eng kuchli tomoni uning ishonchliligidir. Xatoliklarni tashxislab chiqadi va ular xaqida boshqa qatlamlarga ma'mlumot beradi. (Agar bu xatoliklarni o‘zi bartaraf etolmasa).
    TCP ilovalardan axborotning katta bloklarini oladi va ularni segmentlarga bo‘lib chiqadi. Xar bir segmentni tartib bilan shunday raqamlab chiqiladiki, axborot belgilangan manzilga yetib borgach, qabul qiluvchi TCP yuborilgan axborotni raqamlari bo‘yicha xuddi avvalgi, boshlang‘ich xolatdagidek, butun blok xolatiga keltira oladi. Jo‘natuvchi TCP axborotni jo‘natganidan keyin qabul qiluvchi TCP dan axborotlar to‘laliicha yetib borganligi xaqida ma'lumot (tasdiq) kutadi, yetib borganligi xaqida xabar kelmagan blok qismini qayta jo‘natadi.
    Jo‘natuvchi TCP OSI modelining pastki qatlamlariga axborot uzatishdan oldin qabul qiluvchi TCP bilan aloqa o‘rnatish maqsadida bog‘lanadi. Natijada virtual kanal xosil bo‘ladi. Bu turdagi kommunikatsiya ya'ni, aloqa – ulanishga mo‘ljallangan deb nomlanadi. Bu vaqtda TCP ning ikkala qatlami jo‘natiladigan ma'lumot miqdori (soni) ni qanchiligi xaqida kelishishadi. Kelishuv amalga oshirilganidan so‘ng ilovalar qatlami uchun ishonchli aloqa bosqichi boshlanadi.
    IP - Internet Protocol. Tarmoqdagi xar bir kompyuter bir biri bilan aloqa urnata olishi uchun (bir birlarini tushinishlari, tanishlari uchun) o‘z identifikatsion (shaxsiy, ushbu tarmoqda takrorlanmaydigan) nomiga ega bo‘lishi kerak. Bu nom, ushbu qurilma qaysi tarmoqda ekan, uning ushbu tarmoqdagi identifikatori qanday degan savollarga javob bo‘ladi. Tarmoqning xar bir bog‘lamasi (uzeli) IP manzilga (mantiqiy manzil) ega bo‘ladi. Bu manzil o‘zida marshrutizatsiyani (yo‘nalish, o‘tish)ni anchagina osonlashtiradigan, muxim, kodlangan axborotni saqlaydi. IP manzil – bu sonli identifikator bo‘lib u tarmoqdagi xar bir kompyuterga biriktirilgan bo‘ladi, bu manzil kompyuterning tarmoqdagi joylashgan joyini ko‘rsatadi.
    Demak, IP manzil – 32 bitli axborotdan tashkil topgan bo‘lib, u to‘rt bo‘limga (oktet) bo‘lingan.xar bir oktet 0 - 255 raqamlar bilan belgilanadi. IP manzillarning ko‘rinishilarining uch xili mavjud:

    • 130.57.30.56;

    • 10000010.00111001.00011110.00111000;

    • 82 39 1e 38.

    Biz ko‘pincha IP manzilning o‘nlik formatdagi yozilishi bilan duch kelishimiz mumkin. Vaxolangki, kompyuter va boshqa qurilmalar faqat ikkilik sanoq sistemasi formatida ishlaydi.
    IP manzil ikki qismdan iborat: tarmoq va xost yoki bog‘lamali. Bunga o‘xshash tizim sifatida shaxarlar aro telefon raqamini olsak bo‘ladi. Bunda, birinchi qismi katta bir xudud kodini bildiradi, keyingi qismi kichikroq xudud kodi bo‘lishi mumkin, keyingi qismi yanada torroq, aynan tarmoq kodi va oxirgi segment abonent raqamini bildiradi ya'niy, konkret aloqa apparatini bildiradi. Shunga o‘xshash IP manzillashda ham 32 bit axborot identifikatsion raqam xisoblanmaydi. Natijada butun manzil ikki darajali ierarxik strukturaga ega bo‘ladi.
    Tarmoq manzili takrorlanmaydigan qilib xar bir tarmoqni identifikatsiyalab chiqadi. U bir tarmoqda bo‘lgan xar bir kompyuterning IP manzilini bir qismini ifoda etadi. Masalan, 137.57.30.56 IP manzilida tarmoq manzilini 137.57. ifodalaydi.
    Xost manzili tarmoqdagi xar bir kompyuterga biriktiriladi va ular takrorlanmas usulda identifikatorlanadi. IP manzilning bu qismi unikal ya'ni takrorlanmas bo‘lishi kerak, chunki bu gurux xisolanadigan tarmoq manzili qismi emas balki shu gurux ichidagi aniq bir kompyuterni ifodalovchi qismidir, u unikal bo‘lishi shart. Yuqorida misol tariqasida keltirilgan 137.57.30.56 IP manzilida xost manzilini 30.56. ifodalaydi.

    Download 201 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 201 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    TCP - Transmission Control Protocol

    Download 201 Kb.