|
Ishlab chiqarish texnologik sxemasini tanlash va asoslash
|
bet | 9/21 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 424,4 Kb. | | #255083 |
Bog'liq Beton told kurs loyihaIshlab chiqarish texnologik sxemasini tanlash va asoslash: Texnologik jarayon sxemasini asoslash ishlab chiqarishni tashkil etishni ikkita yoki uchta variantining qabul qilingan usul bilan taqqoslash tahlili orqali ifodalanishi kerak. Texnologik sxemalarning ko’rib chiqilgan variantlari mamlakat korxonalari, shu jumladan mahalliy zavodlar, shuningdek, adabiy manbalardan olingan standart yoki individual loyihalardan olinishi mumkin..
Variantlarni taqqoslashda mahsulot sifatini yaxshilashga, ishlab chiqarish oqimi jarayonini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirlishini ta’minlash, texnologiyani sodda-lashtirish, mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarish maydonini va binolar hajmini qisqartirish, mahsulot tannarxini, xom ashyo, yoqilg’i va elektr energiyasining sarfini pasaytirish, tashlamalarni atrof-muhitga zararini kamaytirish va boshqalarga. e’tibor berish kerak. Texnologik sxemalar variantlarini taqqoslash asosiy operatsiyalar bo’yicha o’tkazish maqsadga muvofiqdir.
Texnologik rejimlar va ish hisob-kitoblari”: Korxonaning ish tartibi ONTP –II –81 “ To’ldiruvchilar ishlab chiqaruvchi korxonalar va tsexlarini texnologik loyiha-lash me’yorlari” muvofiq belgilanadi. U material balansni va asosiy texnologik jihozlarni hisoblash uchun asos hisoblanadi.
Korxonalarning ishlash tartibi yil bo’yi davomiyligi 8 soat bo’lgan uch smena olib boriladi.
Loyihalangan rejimlarning yakuniy ma’lumotlari jadval sifatida yillik ish kunlari soni, sutkasi, smena va jihozlarning ish vaqtining yillik fondini ko’rsatuvchi 7 – jadval shaklida keltiriladi.
7 – jadval
Texnologik o’zgarishlar bo’yicha ishlash tartibi
T.R.
|
TSexlar va bo’limlarning nomi
|
Yildagi ish kun-lari soni
|
Kunlik smenalar soni
|
Smena davo-miyigi, soat
|
Ekspluatatsiya vaqtning yillik
ish fondi, soat
|
Ekspluatatsiya vaqtidan foydalanish koeffitsienti
|
Ish vaq-tining yillik fondi
|
Korxonaning ishlab chiqarish dasturida yilga, sutkasiga, smenasiga, soatiga jami (fraktsiyalar bo’yicha va jami) ishlab chiqariladigan to’ldiruvchi miqdori ko’rsatiladi.
Ishlab chiqarish dasturi hajm birliklarida (mahsulotga nisbatan)korxonaning yillik quvvati va jihozlarning yillik ish vaqti fondi bo’yicha hisoblanadi. Mahsuldorlikni hajm birliklaridan massa birliklariga aylantirish uchun, to’ldiruvchining donadorlik tarkibini va har bir fraktsiyaning uyma zichligini bilish kerak. Korxonaning ishlab chiqarish dasturini aniqlash natijalari 8-jadval ko’rinishida keltiriladi.
8-jadval
|
| |