|
Қурилиш материаллари, буюмлари ва конструкцияларини ишлаб чиқариш
|
bet | 17/21 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 424,4 Kb. | | #255083 |
Bog'liq Beton told kurs loyiha3. TEXNOLOGIK QISM
3.1 Qabul qilingan ishlab chiqarish texnologiyasini asoslash
Xom ashyoni qayta ishlash usulini tanlash xom ashyoning xususiyatlari bilan belgilanadi, to’ldiruvchining sifati esa issiqlik bilan ishlov berish rejimiga bog’liq bo’lib, tayyorlangan xom granulalar (donalar) ko’pchishi uchun maqbul sharoit yaratishi bilan belgilanadi.
Xom granulalarni tayyorlash va keramzmt ishlab chiqarish uchun uchun to’rtta texnoloik sxemalari: quruq, plastik, kukun-plastik va nam usullari mavjud.
Keramzit olishning keng tarqalgan usuli bu plastik usulidir. Yumshoq gilli xom-ashyo bu usulda nam holatda valьtslarda, gil aralashtirgichlarda va boshqa agregat-larda (g’isht ishlab chiqarish kabi) qayta ishlanadi. Plastik gilli massadan lentali shnekli pressda yoki teshikli valьtslarda tsilindr shaklidagi xom granulalar tayyorlanadi, bu granulalar keyingi transportyorda uzatishda va qayta ishlov berishda yumaloq shaklga ega bo’ladi.
Keramzit xom granulalarini plastik usulda tayyorlash va SMS-197 qurilmasida kuydirishning texnologik sxemasi:
1- gil ombori, greyferli ko’prik krani bilan jixozlangan; 2- qabul bunkeri; 3- gilaralashtirgich; 4-yashikli ta’minlanich; 5-osma beton to’siq; 6-lentali konveyr; 7- teshikli valtslar; 8-qo’pol tuyish valtslari; 9-lentali shnekli press; 10-mayin tuyish valtslari; 11-lentali shnekli press; 12- granulalarni quritish barabani; 13-gil quritish barabani; 14-elevator; 15-qavat tayyorlovchi; 16-aylanma pech 2,8×20m; 17-qavat sovitgich; 18-maydalash uskunasi
Xom granulalarning sifati tayyor keramzit shag’alining sifatini belgilaydi. SHu
sababli gilli xomashyoni yetarlicha qayta ishlash, bir xil o’lchamli zichgranulalarni olish zarur. Granulalarning o’lchami berilgan xomashyoning ko’pchish koeffitsienti va keramzit shag’alining talab etilgan yirikligi bo’yicha o’rnatiladi.
Gilning fiziko-mexanik namligi va dispresligi xususiyatlaridan kelib chiqib qayta ishlovchi uskunalar tanlanadi. Xomashyoni qayta ishlashdagi energiya sarfi uning dispresligini ortishi va namligining kamaytirishga qarab oshadi. Asosan gilni ishlov berishda namligi 18-28% ni tashkil etadi. Namligi 20% bo’lgan granulalar to’g’ri aylanma pechga yuborilishi mumkin yoki aylanma pechdan chiqadigan issiq gazlarni qabul qiluvchi issiqlik almashuvi agregatlarda va quritish barabanida dastlabki
quritiladi. Pechning ishlab chiqarish mahsuldorligi granulalarni oldindan quri-tish natijasida oshadi. Plastik usulda keramzit ishlab chiqarish quruq usulga nisbatan ko’proq sarmoyani va energiya sarfini talab etadi. Biroq gilli xomashyoning tabiiy strukturasining buzilishi, gomogenizatsiyasi va qo’shimchalar kiritilishi uning ko’pchish koeffitsientini oshishiga olib keladi.
SHunday qilib, plastik usul yordamida keramzit ishlab chiqarish ko’p energiya va kapital mablag’larni talab qiladi. Biroq, gil xom ashyosini tabiiy tuzilishini buzish bilan qayta ishlash, o’rtacha, gomogenizatsiyalash shuningdek qo’shimchalar bilan yaxshilash imkoniyati shishish koeffitsientini oshirishga imkon beradi
|
| |