|
Ishlatiladigan xom ashyo xususiyatlari
|
bet | 16/21 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 424,4 Kb. | | #255083 |
Bog'liq Beton told kurs loyiha2.3 Ishlatiladigan xom ashyo xususiyatlari
Keramzit ishlab chiqarish uchun xom ashyo sifatida asosan cho’kindi tog jinslari guruxiga kiradigan gil jinslari ishlatiladi. Ayrim hollarda metamorfik toshsimon gilli jinslar-gilli slaneslar, argillitlardan ham foydalaniladi.
Gilli jinslar murakkab mineralogik tarkibi bilan ajralib turadi va gil minerallaridan tashqari (kaolinit, montmorillonit va gidroslyuda va boshqalar.) kvarts, dala shpati, karbonatlar, temirli, organik aralashmalar ham mavjud.
Gilli minerallar eng mayda (0.005 mm dan kichik zarralar) gilli jinslardan tashkil topgan. Aslida tarkibida bog’lovchi gil moddasining 30% dan ortig’ini o’z ichiga olgan gil jinslari deyiladi.
Keramzit ishlab chiqarish uchun montmorillonit va tarkibida kvarts miqdori30% dan ortiq bo’lmagan gidroslyudali gillar yaroqli hisoblandi..
Si02 ning umumiy miqdori 70% dan oshmasligi kerak, A1203-kamida 12% (taxminan 20%), Fe203 + FeO - 10% gacha, organik aralashmalar-1-2%.
Hom ashyoning keramzit ishlab chiqarish uchun yaroqliligi uning xususiyatlarini maxsus o’rganish bilan belgilanadi. Xom ashyo uchun talablar eng muhimi – kuydirish davomida ko’pchishidir.
Loyihalanayotgan korxonada past ko’pchiydigan (Kk = 2) tuproqdan foydalanadi, ko’pchish koeffitsientini oshirish uchun Kk = 5 bo’lgan qo’shimcha (sulfit-achitqi bardasi)
qo’shiladi.
Xom ashyoga bo’lgan ikkinchi talab (asosan birinchi bilan bog’liq) - bu oson eruvchonlik. Pishirish harorati 1250 °C dan oshmasligi kerak,va bu holda eng yengil gil zarrachalarining anchagina qismini eritmaga o’tishi, massaning yetarli darajada yumshash va qovushqoqligini ta’minlashi kerak. Aks holda loyni pishirish jarayonila ajralib chiqadigan gazlar materialni ko’pchitmasdan, erkin chiqib ketadi..
Talablarning eng muhim uchinchisi – zarur bo’ladigan ko’pchish intervalidir. Bu pishirish harorati chegarasi bilan, ko’pchish boshlanishi harorati orasidagi farq hisoblanadi. Ko’pchish harorati deb,zichligi 0,95 g/sm3ga teng keramzit granulalarining hosil bo’lish haroratiga aytiladi. Pishirish harorati chegarasi esa keramzit granulasi yuzasining erigan suyuq qatlam bilan qoplanishi harorati tushuniladi Ko’pchishning boshlanish harorati sifatida 0.95 g/sm3 zichlikdagi keramzit granulalar olingan harorati qabul qilinali. Maksimal pishish harorati-granulalarning yuzasi eriy boshlagan harorat maksimal pishish harorati hisoblanadi. Bizning kompaniya ko’pchish intervali 40 ° C bo’lgan xom ashyodan foydalanadi (maksimal pishish harorati 1200°C, va ko’pchishni boshlanii harorati 1160°C).
|
| |