|
Keramzit shag’ali mustahkamligiga qo’yiladigan talablar
|
bet | 15/21 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 424,4 Kb. | | #255083 |
Bog'liq Beton told kurs loyihaKeramzit shag’ali mustahkamligiga qo’yiladigan talablar
Uyma zichligi
bo’yicha
markasi
|
Yuqori sifat kategoriyasi
|
Birinchi sifat kategoriyasi
|
Mustahkamligi
bo’yicha markasi
|
TSilindrda maydala-nishi bo’yicha mus-tahkamligi, MPa kam emas
|
Mustahkamligi
bo’yicha markasi
|
TSilindrda mayda-lanishi bo’yicha mustahkamligi, MPa kam emas
|
250
|
P35
|
0,8
|
P25
|
0,6
|
300
|
P50
|
1
|
P35
|
0,8
|
350
|
P75
|
1,5
|
P50
|
1
|
400
|
P75
|
1,8
|
P50
|
1,2
|
450
|
P100
|
2,1
|
P75
|
1,5
|
500
|
P125
|
2,5
|
P75
|
1,8
|
550
|
P150
|
3,3
|
P100
|
2,1
|
600
|
P150
|
3,5
|
P125
|
2,5
|
700
|
P200
|
4,5
|
P150
|
3,3
|
800
|
P250
|
5,5
|
P200
|
4,5
|
G’ovak to’ldiruvchilar uchun ham tsilindrda ezish analogik metodika bo’yicha bajariladi, faqat natijalarni baholash boshqacha amalga oshiriladi. G’ovak shag’al yoki chaqiq tosh bir fraktsiyali namuna sifatida ichki diametri 150mm tsilindr idishga 100 mm balandlikda solinadi, tekislanadi va puanson qo’yiladi. Tajribagacha puansonning pastki nishon tsilindrning yuqori belgisiga mos kelishi kerak.So’ngra gidravlik press yordamida to’ldiruvchi namunasi siqiluvchi kuch ta’sirida puanson 20mm pastga tushguncha (tsilindrning yuqori nishondan hisoblaganda) eziladi va press manometri ko’rsatkichi yozib olinadi. SHu tartibda, to’ldiruvchi namunasining 1/5 qismi hajmi ezilishi uchun ketgan kuch aniqlanadi.
TSilindrda ezilishdagi mustahkamlik chegarasi (MPa) quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
Rto’l = ,
bu yerda, R – Puanson yuqori nishongacha ezishdagi kuch, mN
A – tsilindr ko’ndalang kesimi yuzasi, A = 0,0177m2
To’ldiruvchining mustahkamligi uning zichligi va strukturasiga bevosita
bog’liq. SHu sababli agar namunaning zichligi 10% ga oshsa, u holda uning
mustahkamligi 21% ga ortadi (1,102=1,21).
Tog’ jinslarini o’rganish jarayonida va bir qancha ilmiy izlanishlar asosida S.M.Itskovich to’ldiruvchilar mustahkamligi (R)ni hisoblashda quyidagi formuladan foydalanishni taklif etdi:
R = R1 ( )n
bu yerda, R1– zichligi –ρ1ga teng bo’lgan materialning amaliy o’rnatilgan
mustahkamlik chegarasi.
ρ - material (dona) zichligi, R mustahkamlikka mos keluvchi.
n - material strukturasiga bog’liq daraja ko’rsatkichi.
Bundan kelib chiqib, to’ldiruvchilar mustahkamligi uning zichligiga to’g’ri proportsionaldir. n-daraja ko’rsatkichi to’ldiruvchilar uchun n= 3 - 6 ni tashkil etadi (o’rtacha 4 ga teng).
Yuqori mustahkam va sifatli keramzit odatda birhilda taqsimlangan, yopiq va mayda g’ovak strukturaga ega bo’lishi lozim. Bu g’ovak devorlarini zich va ishonchli material bilan ta’minlovchi shisha bor. Granulalarni arralashda qirralari saqlanib qolgan qobiq aniq ko’zga tashlanadi.
To’ldiruvchining suv shimuvchanligi quruq material massasining ulushi sifatida ifodalanadi. Bu ko’rsatkich ayrim turdagi g’ovak agregatlar uchun me’yorlanadi. Biroq, to’ldiruvchilarning struktura xususiyatlarini yanada ko’rgazmali ifodalash hajmiy suv singdirish ko’rsatkichini beradi.
Keramzitning erigan sirtki qatlamining suv shimuvchanligi tuldiruvchi donasinig hajmiy suv shimuvchanlik ko’rsatkichiga nisbatan deyarli ikki marta oshiq bo’ladi.
Ba’zi hollarda donalarning suv shimuvchanlik va mustahkamligi o’rtasida yaqin bog’liqlik mavjud. Suv shimuvchanlik qancha katta bo’lsa, g’ovak to’ldirgichlarning mustahkamligi shuncha past bo’ladi. SHu sababli suv shimuvchanlikni kamaytirish uchun g’ovak to’ldirgichlarni oldindan gidrofoblashga harakat qilinadi.
To’ldiruvchilarning deformativ xususiyatlari to’ldiruvchilarning g’ovak tuzilishi bilan belgilanadi. Bu, birinchi navbatda, elastik moduli ko’ra ancha past bo’lgan zich to’ldiruvchilarda yaqqol namoyon bo’ladi. G’ovak to’ldiruvchilarning deformativ xossalari (cho’kishi, bo’kishi) unchalik yuqori emas. U tsement toshiga nisbatan bir daraja past.
Yengil betonning sifatiga ta’sir yetuvchi g’ovak to’ldiruvchilarning boshqa muhim xossalari sovuqqa va yemirilishga chidamliligi (silikat va temirli), shuningdek, suvda eruvchan oltingugurt va sulfat kislota birikmalarining ta’sirlariga chidamliligidir. Bu ko’rsatkichlar standartlar bilan tartibga solinadi.
Sun’iy g’ovakli to’ldirgichlar odatda talablar doirasida sovuqqa chidamli. Ayrim turdagi to’ldiruvchilarning betondan tashqaridagi sovuqqa chidamliligining yetarli emasligi har doim ham ular asosida tayyorlangan yengil betonningham sovuqqa chidamlili emasligini ko’rsatmaydi,
Boshqa g’ovak jismlar kabi g’ovak to’ldirgichlarning issiqlik o’tkazuvchanligiga g’ovaklarining miqdori va sifati (hajmi) hamda namligi ta’sir etadi.
Beton konstruktsiyalari uchun samarador issiqlik izolyatsiya xususiyatlariga ega to’ldiruvlari ishlab chiqarishni rag’batlantirish maqsadida, (masalan, yuqori sifatli shlakli pemza uchun 60-80%) shlak shisha miqdorini normallashtirish taklif etiladi.
Sun’iy g’ovak qumlar, asosan, g’ovak yirik materiallar (shlak pomza, agloporit) va granulalar (kengaytirilgan gil) ni maydalash mahsulotlaridir. Lekin, keramzitni maydalab olingan qumni samarli to’ldiruvchi deb hisoblanmaydi. Fraktsiyalar bo’yicha ko’pchitilgan va maydalangan qumlarning: 50% tarkiblari 1,2 - 5 mmli fraktsiyalarga to’g’ri keladi. SHuning uchun yengil betonda samarasiz keramzit shag’ali sarfini kamaytirish uchun uni qum bilan almashtirish lozim.
G’ovak to’ldiruvchilarning hajmiy massasi (uyma va donida) kamayishi bilan ularning g’ovakligi va suv shimilishi ortadi. Biroq, donalarning g’ovakligi bilan bog’liq suv shimuchanligi kamayadi, bu esa yengilroq materiallarda “berk g’ovaklik”ning ortishini ko’rsatadi
Loyihalanayotgan korxonada uyma zichligi 450 kg / m3 bo’lgan, eng yuqori sifat toifali, P100 mustahkamlik belgisiga ega bo’lgan va tsilindrda siqilganda maksimal mustahkamligi 2.1 MPa dan ortiq bo’lgan keramzit shag’al ishlab chiqariladi.
|
| |