|
Ushbu o‘quv qo‘llanma pedagogika oliy o‘quv yurtlarining 514100-«Maktabgacha ta’lim» yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan
|
bet | 44/45 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 284,33 Kb. | | #256838 |
Bog'liq Ushbu o‘quv qo‘llanma pedagogika oliy o‘quv yurtlarining 514100--fayllar.orgMEHNAT VA MEHNATKASHLARGA HURMAT
Maktab dasturiga asosan «Ota-onalar va boshka a’zolarning kasbi ular mehnatining jamiyat uchun foydasi» bor.
Ota-onalarning eng muhim vazifalaridan biri bola da har qanday mehnatga hurmat va fidokorona mehnati tufayli moddiy boyliklar yaratuvchi mehnatkashlarga muhabbatni tarbiyalashdan iboratdir.
Kichik yoshdagi bolalar ko‘p narsalarni o‘zlari tu-
shunib etolmaydilar hamda kattalardek zarur xulosa-
larni chiqarolmaydilar. Masalan, quruvchi injenerning o‘g‘ilchasi otasi yoniga kelib, Erkinni otasining ishi yaxshi, u o‘g‘lini mashinasida olib yuradi. Siz esa hamma vaqt allanimalarni chizasiz, yozasiz deydi. So‘ngra, men katta bo‘lganimda albatta shofyor bo‘laman, deb xulosa chiqaradi. Bundan ko‘rinib turibdiki, bu
bola bilan hali hech kim kasb to‘g‘risida suhbat qilgan
emas. Bunday muhim vazifaga ota-onalar mas’uliyat
bilan qarashlari kerak.
Bola avvalo, oila a’zolarining kasbi, mehnati bilan tanish bo‘lishi kerak. Ota-onalar bolaga oila a’zolarining hamda qarindosh-urug‘larning ishlari, ular kasblarining ahamiyati to‘g‘risida so‘zlab bermoqlari lozim. Bola yoshligidanoq shuni anglab borsinki, har bir ishning, har kasbning o‘ziga xos gashti bor,
Mehnatkashlar haqida mohirona olib borilgan maroqli suhbatlar bolaning o‘ziga nisbatan bo‘lgan talabchanligini ham tarbiyalaydi.
Ota-onalar alohida vaqt ajratib, bolalarini o‘z ishxonalariga olib borib, mehnat qilayotgan hamkasblar va ularning mehnat mahsulotlari bilan tanishtirsalar juda yaxshi bo‘ladi.
Ota-onalar bolalarini o‘zlari ishlayotgan korxonalarga ekskursiyaga olib borar ekanlar, albatta ularga texnologiya bo‘yicha ba’zi bir elementar tushunchalar beradilar. Bola avvalo, oila a’zolarining kasbi, mehnati bilan tanish bo‘lishi kerak.
Oilada kechqurunlari va dam olish kunlarida sharafli mehnat va mehnat qahramonlari to‘g‘risidagi kitoblarni o‘qishni uyushtirish foydali. Bolalarga mehnat to‘g‘risida hikoya qiluvchi quyidagi kitoblarni tavsiya qilish mumkin: Zafar Diyor: «Kichik bog‘bon haqida qissa», «Terimchi qiz qo‘shig‘i», «Mehnat qo‘shig‘i», «Paxtakor», q. Muhammadiy: «Mening orzum», «Men dadamga yordamchi», «Uktamning pianinasi», «Pashmak xolaning hikoyasi», «Ahror botir», «Madraim tokar», «Men ham kichik paxtakor», S. Ayniy: «Esdaliklar»dan «Usta amaki», F. G‘ulom: «Tirilgan murda», Uyg‘un: «Terimchi qiz qo‘shig‘i», «Gul o‘tqazdim bog‘imga», qudrat himmat: «Buvimning deganlari», «Menning Vatanim», Po‘lat Mo‘min: «Obod o‘lkam», «Tish cho‘tka, poroshok va atirsovun ertagi», «hunardan unar» va hokazolar.
Maktab ta’limining turmush bilan aloqasini mustahkamlash haqidagi qonunni muvaffaqiyatli amalga oshirishda oilaning, ota-onalarning yordami katta bo‘lmog‘i zarur. CHunki, maktab bilan oila bir maqsadni — yosh avlodni amaliy hayotga yaxshi tayyorlashni nazarda tutadi. Ota-onalar maktab bilan yaqindan aloqada bo‘lishi zarur
O‘qituvchi o‘qish yilining boshida, har chorakda mehnat tarbiyasining rejani va vazifalari bilan ota-onalarni tanishtirib turishi kerak. SHubha yo‘qki, agar ota-onalar maktabning o‘quvchilarga bergan mehnat tarbiyasining ijobiy natijalarini amalda ko‘rsalar, ular benihoyat xursand bo‘ladilar hamda bolalarining mehnat qilish malakalarini yanada oshirishga harakat qiladilar.
Ma’lumki, o‘quvchilar, ayniqsa boshlang‘ich sinflar o‘quvchilari ko‘pchilik vaqtni oilada o‘tkazadilar. Tarbiya ishida buni e’tiborga olmoq kerak. Maktabning oilaga yordami shundan iborat bo‘lishi kerakki, u ota-onalar orasida pedagogik bilimlarni tashviqot qilishi zarur. CHunki, hali ota-onalarning «ko‘pchiligida bolalarni to‘g‘ri va yaxshi tarbiyalash uchun zarur bo‘lgan bilimlar etarli emas. SHuning uchun ham maktab ularni o‘zlarining o‘tkazayotgan tarbiyaviy ishlariga jalb qilmog‘i darkor. Maktab ota-onalar majlislari tashkil qilishi. «Maktabgacha yoshdagi bolalarning oilada mehnat tarbiyasi», «Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mehnat tarbiyasi», A. S Makarenko «oila tarbiyasi tug‘risida», «Oiladagi mehnag tarbiyasi tajribalaridan» «ba’zi bir oila, ota-onalarning tajribalarini o‘rganish» «Madaniyatli kishi — mehnatsevardir», «Mehnat-mehnatning tagi rohat», «Ishlamagan — tishlamas» kabi mavzularda ma’ruzalarni tashkil qilish, oilada mehnat tarbiyasiga doir savol-javob kechalari, disputlar uyushtirish maqsadga muvofiqdir.
hozirgi davrda maktab va oila oldida ma’naviy boy, axloqiy sof va jismoniy kamolotni o‘zida mujassamlantirgan yangi insonni tarbiyalash vazifasi turibdi. Bu vazifani sharaf bilan bajarish uchun barcha imkoniyatga egamiz.
MEXNAT BAXT KELTIRADI.
Xalkimiz mexnatni bosh tarbiyachi deb ataydi. Sababi inson tarbiyasi asosan mexnatga bulgan munosabatlarga karab belgilanishi bejiz emas. Mexnat xayot demakdir. Mexnat baxt kalitidir. Mexnat tarbiyasi esa tarbiyani mag‘izini, mexnatkashlarning tarbiyaviy faoliyati mazmunini tashkil etadi.
Xamma xalklarning eng ilg‘or an’analari mexnat jarayonida paydo bo‘ladi, takomillashadi. Xalk ommasi xar doim eng ilg‘or an’analari, yaxshi va ulug‘ narsalarning ijodkori xisoblangan. Xalk xayotini, yashash tarzini o‘rganish uchun xam mexnat an’analarini bilish lozim.
Mexnat an’analarining tarbiyaviy axamiyatini unutmaslik lozim. CHunki mexnatni munosabatni qaror toptirish yosh avlod tarbiyasining asosi xisoblanadi. Mexnat an’analarining tayanchi sifatida yoshlarni xayotga, ijtimoiy mexnat faoliyatida ishtirok etishiga tayyorlash xam muxim rol o‘ynaydi. CHunki mexnat an’analari zamirida shaxsning axloqiy sifatlari – mexnatsevarlik, erga va tabiatga muxabbat, suvni isrof etmaslik, saxiylik, xar bir pulning kadriga etish, qaxramonlik, mexnat baxt keltirishini karor topadi.
Bolalarning mexnatga muxabbat qo‘yib o‘sishida oiladagi
ijtimoiy muxit juda katta rol o‘ynaydi.
O‘zbek oilalarida bolalarning mexnatga mexr qo‘yishida qadimdan kattalar namuna ko‘rsatib kelganlar. Odatda qizlar uy xo‘jaligida onaga yordam berishgan, ukalariga qaragan, uyni sarishta qilishib, tikish-bichishni o‘rganishgan. O‘g‘il bolalar esa ekin ekish uni parvarishlash, yig‘ish, yanchish, xayvonlarni boqish kabi yumishlarni bajarishgan. Oila a’zolari etishtirgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yig‘ishda, ayniqsa paxta poliz ekinlari, uzum va mevali daraxt xosilini yig‘ib terib olishda katta-yu kichik barobar ishtirok etishadi.
Xalkning donoligi shundaki u bolalarning uziga xos xususiyatlarini xisobga ola bilgan va oilaviy tarbiyani xalk faoliyati bilan chambarchas boglik xolda olib borgan. YAna bir jixatga e’tiborni karatamiz. SHark xalklari ish yokmas bekorchilarni xamisha koralab kelgan. SHuning uchun oilada ishsiz yurish xissini tarbiyalashga e’tibor berilgan. “Bekor turguncha, bekor ishla”, “Ishlagan- tishlaydi, ishlamagan kishnaydi” “Ishlagan xor bulmas” “YAlkovlikning oxiri xurlik” “Bekordan xudo bezor” kabi makollarda xalkning mexnatsevarlik ruxida aks etib, maksadsiz xayot kechirish koralangan.
Bir dono kishidan:
YAna donodan: - kim baxtli? Baxtning uzi nima? -deb so‘ralganda.
Kim eksa, tiksa va xosilini yigishtirib olishga muyassar bulsa – shu kishi baxlidir, agar ulimidan oldin xamma narsani tuplab olsa – baxtsizdir, - degan ekan.
Bu va shunga uxshash ibratli xikmatlar, makol va matallar, nakllardan keksa avlod vakillari uz tajribasida juda okilona foydalanib kelgan. Ana shular xakida uylaganingda xalk xikmatlari va makol va matallari bejiz dunyoga kelmasligiga, ular xalk topkirligini ifodalabgina kolmay muxim vokea va xodisalarning, ijtimoiy jarayonlarning aksi ekanligi xam ishonch xosil kilsan.
Hunarli – zar, hunarsiz xor.
Hzbek oilalaridagi e’tiborga loyik yaxshi udumlarning yana biri shundaki, ular bolalarni yoshligidanok xunarga, ma’lum bir kasbga, umuman mexnatga urgatib boradilar. Kup oilalarda yoshlarni birinchi navbatda biron xunarli bulishiga xarakat kilinadi. Xozir kup oilalarda bolalarning maktabda yaxshi ukishiga, kelajakda biron oliy ukuv yurtiga kirib ukishiga xarakat kilinadi. Lekin shunday oilalar borki, ularda avloddan avlodga utib kelayotgan an’anaviy xunarlari, kasblari mavjud:
Bunday oiladagi bolalarning xammasi yaxshi ukigan, oliy ma’lumot egasi bulsa-larda, oilaning an’anaviy xunarini yaxshi egallaydilar.
Oilada kasb-xunar egallash an’analarini davom ettirish sharafli ishdir.
Kasb kanday tanlanadi?
Bu muxim masalani xal etishda yoshlarga oila yordam berish kerak. Bunda oiladagilarning mexnat an’analarini, ota-onalarning shaxsiy na’munasi katta axamiyatga egadir. Bunda birinchi navbatda yoshlarning kizikishi, ukuvi, oila imkoniyatlari, jamiyat extiyoji nazarda tutilmogi kerak.
Xozirgi paytda kasb tanlash masalalarining tula va okilona xal kilinishi ota onalarning maktab bilan xamkorligi kay darajada ekanligiga boglikdir. Ota- onalar maktab bilan mustaxkam aloka boglasalar, uz bolalari kalbida biron-bir kasbga ishtiyok uygotib, uni maktabdagi kasb tanlash ishi bilan boglay olsalar, uni ta’lim jarayoni, darsda fan asoslarini chukur urganish, amaliy mashgulotlarini muvofakkiyatli utkazish bilanuygunlashtira olsalar, maksadga muvofik bular edi. Maktab va ota-onalar kamiteti birgalik xalk xujaligida namunali mexnat kilib, obru orttirgan ishchi, dexkon, ukituvchi, shifokor va boshka kasb egalari, shuningdek mexnatdan baxt topgan kariyalar bilan ukuvchilarning uchrashuvlarini uyushtimrib tursalar, ukuvchilarning uzlari kizikkan kasblariga mexri ortadi. Xalk xujaligimiz uchun milliy kadrlar tayyorlash masalasi tobora oldingi urinda borayotgani xech kimga sir emas. Bu muammoni xal etishda izlanayotgan ma’lum darajada yutukka erishgan tashkilotlarning ishini ommalashtirish lozim. Bu xar bir ijodiy yutuk boshkalarga urnak bulmogi kerak.
Nazorat savollari.
SHarq mutafakkirlarning mehnat haqidagi fikrlari.
YOsh avlodni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashda halqimiz tomonidan yaratilgan mehnatni ulug‘lovchi maqolalarning o‘rni.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida mexnat tarbiyasiga o‘rgatish turlari.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni oiladagi mehnat tarbiyasi mazmun metodlarni yoritib bering.
Bolalar mehnatini baholash, ragbatlantirish yo‘llari
Maktabgacha tarbiya muassasalarida mehnat jarayonida
foydalananiladigan asbob uskunalar.
M u n d a r i j a
Kirish---------------------------------------------------------
|
3
|
1 Bob. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi fanining bahsi va barkamol inson tarbiyasidagi o‘rni ---------------------------------------------------------------
|
5
|
1.1 Maktabgacha pedagogikasining predmeti maqsad va vazifalari.
|
5
|
1.2 Maktabgacha ta’lim pedagogikasining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi.
|
7
| | |
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Ushbu o‘quv qo‘llanma pedagogika oliy o‘quv yurtlarining 514100-«Maktabgacha ta’lim» yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan
|