Ushbu o‘quv qo‘llanma pedagogika oliy o‘quv yurtlarining 514100-«Maktabgacha ta’lim» yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan




Download 284,33 Kb.
bet42/45
Sana29.05.2024
Hajmi284,33 Kb.
#256838
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45
Bog'liq
Ushbu o‘quv qo‘llanma pedagogika oliy o‘quv yurtlarining 514100--fayllar.org

10.6 Bolalar mehnatini baholash
Ota-onalar bolalar mehnaini to‘g‘ri, ob’ektiv baholay bilishlari kerak. Bolaning yoshiga, qilgan ishiga qarab katta yoshdagilar uni rag‘batlantirib turishlari lozim. Bu bolada ishga qiziqish, o‘z kuchiga ishonch, ishni oxirigacha sifatli qilib bajarish kabi hislatlarni tarbiyalaydi. Ayniqsa, kichik maktab yoshidagi bola bajargan ishiga kattalarning alohida e’tibor berishini talab qiladi.
Ota-onalar bolalariga bironta vazifa topshirayotganlarida vazifani qanday bajarish kerakligini tushunib olishni ulardan talab qilishlari kerak. Ba’zan esa «nima kilasan», «uni qanday bajarasan» kabi savollar berib, bolaning vazifani tushunganligini aniqlab olgandan keyingina ishga kirishishga ruxsat berish kerak. Bu hol bolaning dikqatini ishga to‘la safarbar qiladi.
Bolaning ishlashi uchun sharoit yaratib berish lozim. SHundan keyingina bolaning qilgan ishiga baho berish lozim: ochiq chehra bilan qarshi olish, o‘rni bilan «bal-li» deb dalda berib turish, bir bolani ikkinchisiga namuna qilib ko‘rsatish zapyp. SHuningdek bolaning qaysi ishga ko‘proq moyilligi borligini, qiziqishini aniqlab, unga kerakli bo‘lgan asbob - uskunalar sotib olib berish, ish kiyimi tikib berish kerak. Bola o‘ziga top-shirilgan ishni yaxshi bajarganda, uni yanada rag‘batlantirish maqsadida dalaga, shaharga, kino, teatrlarga yuborish, kitoblar sovg‘a qilish lozim
Ammo, shuni ham eslatib o‘tish kerakki, bolaga topshirilgan ishni bajargani uchun pul yoki biror narsa olib berish noto‘g‘ridir. Afsuski, ba’zibir ota - onalar borki, bola «to‘rt» va «besh» baho olsa pul berishni yoki bironta qimmatbaho buyum sotib olib berishni (soat, velosiped) va’da qiladilar «Rag‘batlantirish»ning bunday usuli bolani pulga o‘rgatadi, uning tarbiyasiga putur etkazadi, Boladan o‘z burchini halollik bilan bajarishni talab qilinmasa, bola keyinchalik maktabda, ishxonada bironta ish qilsa, har bir ishning taqdirlanishiga umidvor bo‘ladi. Bordiyu uning har bir ishini taqdirlanmasdan qolinsa, u ishni yuzaki bajarishga yoki bajarmaslikka o‘rganib boradi. Bunga aslo yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Agar bola o‘ziga topshirilgan ishni vaqtida bajarmasa, ishni oxirigacha etkazmasa yoki sifatsiz bajarsa, buni ochiqdan - ochiq aytish kerak. Ish yaxshi bajarilmagan bo‘lsa, uni qanday qilib bajarishni yana bir marta ko‘rsatib berish lozim. Ishni yangidan qilishni topshirish, ishni yaxshi bajargan boshqa bolalarni (aka-uka, opa-singillarni) ibrat qilib ko‘rsatish, vaqtincha bo‘lsa ham navbatsiz ish topshirish, topshirilgan ishni bajarmaguncha o‘yin, dala, kino, shahar, teatrlarga borishdan mahrum etish, jiddiy ohang bilan ishning bajarilishini talab qilish lozim. Turli tarbiyaviy usullarni qo‘llab bo‘lsada, bolani topshirilgan ishni bajarishga majbur qilish kerak. Bola qiyinchiliklarni engib, ishni oxirigacha etkazishga o‘rganishi lozim
Ba’zan bola ishni bajarmasa uni ha deb jerkish, zaharxandalik qilish, ishdan umuman mahrum qilish, mutlaqo ish topshirmasdan qo‘yish, bolani haqorat qilish, ayniksa bolani kaltaklash yaxshi emas Agarda ota-onalar, ayniqsa, kichik yoshdagi bolasiga nisbatan yuqorida aytganimiz kabi qattiq qo‘llik qilsalar yoki qo‘rqitib ish buyursalar, bola qo‘rqib, kasal bo‘lishi, o‘z kuchiga ishonchini yo‘qotishi mumkin. SHuningdek, u irodasiz yoki irodasi bo‘sh, ishyoqmas, topshirilgan ishga qiziqmaydigan, mas’uliyatni yaxshi his etmaydigan bo‘lib o‘sishi mumkin.
O‘zlarining bolalarga buyurganini qildira olmaydigan, bolani kaltaklab «tarbiyalashni» o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan ota-onalar tarbiya masalalarida kuchsiz, qobiliyatsiz kishilardir. Bola katta bo‘lavergan sari bunday ota-onalarni hurmat qilmasdan, ulardan uzoqlashishga harakat qiladi.


Download 284,33 Kb.
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45




Download 284,33 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ushbu o‘quv qo‘llanma pedagogika oliy o‘quv yurtlarining 514100-«Maktabgacha ta’lim» yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan

Download 284,33 Kb.