Uslublarining shakllanishi




Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana01.05.2023
Hajmi0.78 Mb.
#55369
1   2   3
Bog'liq
Tursunov Abduraim Ramazanovich
Student info UZ, Amir temur davlati ichki va tashqi siyosati-fayllar.org, Mavzu Ko’pyoqlar modellari va ularning elementlari, Документ (1), uch olchovli modellashtirishning matematik mohiyati, CamScanner 04-18-2023 18.17, 800 bet, QISQA ZARBA BERISH TEXNIKASI., Aylanmadan olinadigan soliq, Watching TV of children - adv-disadv , 12-may uchun, Tariyx, so\'rovnoma ustama, YANGI BAHOLASH TIZIMI YUTUQLARI1
Ключевые слова: фольклор, фольклористика, музыкальная культура, песня, 
композитор, музыкант, исполнитель, статусы, «Школа восточной музыки», 
консерватория, современная музыка. 
Annotation: This article describes the stages of formation and development of folk 
music. The significance of folklore in the art of music, the period of development of 
folkloristics, the accumulation of musical knowledge and musical creativity in the musical 
life of our republic, i.e. the first stages of composing, the traditions of status performance, 
the foundation of the first music schools, the application of musicological sciences, the first 
musical publications and the significance of folk music of the past period in modern musical 
culture. 
Key words: folklore, folklore, musical culture, song, composer, musician, performer, 
status, "School of Oriental Music", conservatory, contemporary music. 
 
Kirish. Xalq musiqa ijodiyoti – musiqa san‟atining eng qadimgi ildizlaridan boʻlib, 
har bir xalqning oʻtmishidan darak beruvchi, tarixi, madaniyati va an‟analarini oʻzida ifoda 
etuvchi bebaho xazinadir. Oʻzbek xalqining musiqa madaniyati juda uzoq tarixga ega. 
Tarixiy taraqqiyot davomida xalq ogʻzaki ijodi, xalq mumtoz musiqasi, an‟anaviy kasbiy 


SCIENTIFIC ASPECTS AND TRENDS IN THE FIELD OF SCIENTIFIC RESEARCH 
International scientific online conference 
11 
musiqa, xalq bastakorlik yoʻllari singari shaklan va usluban bir-biriga yaqin ijrochilik 
koʻrinishlari bir-birini toʻldirib keladi. Musiqa boshqa san‟at turlariga nisbatan oʻzgacha 
ta‟sir kuchiga ega. U insonning axloqiga, hissiyotiga, tuygʻulariga qaratilgan boʻlib, shular 
orqali uning ongi va ruhiyatiga ta‟sir koʻrsatadi. Xalq ogʻzaki ijodi yozma adabiyotdan 
ancha ilgari paydo boʻlgan boʻlib, yozma adabiyotning vujudga kelishida zamin boʻlib 
xizmat qilgan. Bu san‟at oʻzining xalqchilligi, gʻoyaviyligi va qiziqarli ekanligi bilan bir 
qatorda xalqning matonati, yengilmas irodasi, ertangi kunga boʻlgan ishonchi, shodiyona, 
adolat, tinchlik haqidagi tasavvurlarni yorqin namoyon eta oladi.O„zbek xalqining musiqa 
merosi juda boy va qadimiy tarixga egadir. Musiqa merosidan, Xalq kuy va qo„shiqlaridan 
ilxom olmagan zamonaviy musiqaning biron bir soxasini topish qiyin. Ommaviy estrada 
qo„shiqlaridan tortib, yirik xor, simfonik musiqa, opera, balet, musiqali drama janrlarining 
rivojlanish jarayonini musiqa merosidan ajralmagan holda tassavur etib bo„lmaydi. Musiqa 
merosimizni, milliy musiqamizni ko„plab etnografik ansanbllar keng tashviqot qilish va uni 
yangi mazmun bilan boyitishda muhim o„rin tutadi. Bu ishda Muhiddin Qori Yoqubov, 
Tamaraxonim, Usta Olim Komilov, Domla Halim Ibodov, Hojixon Boltaev, Madraxim 
Yoqubov (Sheroziy), Komiljon Otaniyozov va boshqalar katta faoliyat ko„rsatdilar. Bunday 
xofizlarimiz ijro etgan kuy va qo„shiqlar, maqomlardan tashqari musiqaning boshqa janrlari 
ya‟ni kompozitorlik ijodiga mansub bo„lgan asarlar yo„q edi. 1930- yillardan so„ng 
musiqamizda yangi janrlar xor, kantata, opera, balet va simfoniya kabi kompozitorlik 
uslublar paydo bo„la boshladi. Bunda eng avvalo Xalq musiqa merosimizni notada aks 
ettirish va undan kompozitorlik uslublaridan foydalanishga katta ahamiyat berildi. Ana shu 
ishlarni amalga oshirish uchun Respublikamizning turli shaharlarida bolalar musiqa 
maktablari, musiqa texnikumlari va xalq konservatoriyalari ochildi. 1928 yil Samarqand 
shahrida musiqa va xoregrafiya ilmiy tadqiqod instituti tashkil topdi. Bu o„quv maskanlarida 
rus musiqa mutaxasislarining xizmatlari katta bo„ldi. Natijada musiqalarni notaga olish, 
ansanbllar tuzish, zamonaviy janrlarda yangi asarlar yaratish ishlari boshlandi. Ana shu 
davrlarda Xorazmlik san‟atkorlar o„z musiqaviy bilimlarini oshirish maqsadida Toshkent, 
Samarqand shaharlariga o„qishga keladilar. 1945- yil urushdan nogiron bo„lib qaytgan 
Abdusharif Otajonov ham zamonaviy Ovro„po nota tizimini, ko„p ovozli musiqa qoidalarini 
o„rganish ehtiyoji 
bilan 1951-yili Hamza nomidagi Toshkent musiqa bilim yurtida so„ngra esa Toshkent 
davlat konservatoriyasida kompozitsiya bo„yicha o„qib, kelgusida yetuk kompozitor bo„lib 
yetishdi. U uzoq yillar Urganch shahar M.Harratov nomli musiqa bilim yurtida direktorlik 
va pedagogik faoliyatini yuritdi. Shuningdek Ogaxiy nomidagi Xorazm viloyat musiqali 
drama va komediya teatri direktori va bosh dirijyori lavozimlarida ishladi. Kompozitor 
Abdusharif Otajonovning ijodi serqirra, uning dilrabo qo„shiq va ashulalari, cholg„u kuylari, 
orkestr uchun yozgan asarlari, musiqali drama va komediyalari, simfonik va vokal-simfonik 
asarlari muxlislar qalbidan munosib o„rin olgan. Abdusharif Otajonov ijodiy merosida rang-
barang, turli mavzularda yozilgan qo„shiq, xor va orkestr uchun ko„p qismli musiqiy asarlar, 
musiqali drama va komediyalar muxim o„rin egallaydi. Davlatimiz va Xalqimiz oldidagi 
xizmatlari uchun bir qancha orden va medallar, faxriy yorliqlar bilan mukofatlangan. 
Abdusharif Otajonovning o„zbek musiqasi rivojiga qo„shgan hissasini va xayotini, ijodini 


SCIENTIFIC ASPECTS AND TRENDS IN THE FIELD OF SCIENTIFIC RESEARCH 
International scientific online conference 
12 
o„rganish Tadqiqot vazifalari O„zbek musiqasida bastakorlik va kompozitorlik uslublarining 
shakllanishini o„rganish, O„zbekistonda kasbona musiqaning paydo bo„lish tarixini bilish, 
kompozitorlar ijodida Xalq musiqasidan foydalanish uslublarini o„rganish nixoyatda 
muximdir. 
O„zbek musiqasi tarixida 1920- yillardan keyin musiqamiz ko„lami yanada kengaydi, 
yangi shakl va janrlar paydo bo„la boshladi. Xususan, xor, kantata, syuita, opera, balet va 
simfoniya kabi kompozitorlik ijodiga mansub asarlar ham yaratila boshlandi. Bu jarayonda 
Xalq musiqalarimizni notada namoyon qilishga katta ahamiyat berildi. Ana shu ishlarni 
amalga oshirish uchun Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg„ona kabi shaharlarda Xalq 
konservatoriyalari, musiqa texnikumlari va musiqa maktablari ochildi. 1928-yilda 
Samarqand shahrida musiqa va xoregrafiya ilmiy tadqiqot instituti tashkil topdi. Bu 
dargoxlarda milliy kadrlar tayyorlashda rus mutaxasislari, kompozitorlarning hissalari katta 
bo„ldi. Ayniqsa V.A.Uspenskiy, S.N Vasilenko, Ye. Ye. Romonovskaya, N. I. 
Mironovlarning xizmatlari ulkan edi. Ana shu davrlarda Tolibjon Sodiqov, Mutavakkil 
Burxonov, Muxtor Ashrafiy, Manas Leviev, Sulaymon Yudakov, Doni Zokirov, Ilyos 
Akbarov, Sharif Ramazonov kabi milliy kompozitorlar va musiqashunoslar avlodi yetishib 
chiqdi. Natijada Xalq musiqa merosimizni o„rganish, notaga yozib to„plash, etnografik 
ansanbllar tuzib Xalqimiz orasida ularni keng targ„ibot qilib, yanada rivojlantirish va shu 
bilan birga zamonaviy janrlarda yangi asarlar yaratish ishlari avj oldi. Ayniqsa Toshkent 
Davlat Konservatoriyasi va O„zbekiston Davlat Filarmoniyasining ochilishi hamda 
Toshkent shahar va jumhuriyat viloyatlarida qator musiqali drama teatrlarining tashkil 
topishi, natijada milliy musiqamiz ko„lami yanada kengaydi. 
O„ttizinchi yillar oxirida rus kompozitorlari N. Roslovets va F. Tal o„zbek 
san‟atkorlari yordamida “Paxta”, “Shoxida”, “Gulandom” kabi birinchi o„zbek baletlarini, 
M. Ashrafiy va S. Vasilenko esa “Bo„ron”, R.Glier va T.Sodikovlar “Layli va Majnun” 
operalarini yaratdilar. Shu yillari o„zbek musiqa folklori asosida A.Kozlovskiy, va 
G.Mushel ilk simfonik asarlar yaratdilar. Urush yillari vatanparvarlik va do„stlik ruhida 
qator musiqali dramalar, operalar, vokal va simfonik asarlar yaratildi. Urushdan keyingi 
yillarda milliy uslubga hamohang asarlar ko„plab yaratildi. O„zbekiston simfonik orkestrlari 
“Bahor” raqs ansanbllari tashkil topdi. Bu davrda estrada janri ham keng rivojlandi. Bu 
janrda O„zbekiston Xalq artisti Botir Zokirov unitilmas iz qoldirdi. O„tgan davrlarda bolalar 
musiqasiga ham e‟tibor kuchaydi. Mutavakkil Burxonov, Doni Zokirov, Manas Leviev, 
Fattoh Nazarov, G„ofur Qodirov, Sharif Ramozonov, Mardon Nasimov, Yefim Shvarts kabi 
kompozitorlar qator xush ohang qo„shiqlar va kantatalar yaratdilar. Sobir Bobaev esa 
“Yoriltosh” operasini yaratdi. Bugungi kunda kompozitorlarning keksa avlodiga qo„shilib 
Nadim Norxo„jaev, Komil Kenjaev, Avaz Mansurov, Shermat Yormatov, Muhammad 
Otajonov, Dilorom Omonullaeva va boshqa kompozitorlar, bolalar hamda yoshlar uchun 
zamonaviy asarlar yaratmoqdalar. 
O„zbek musiqa san‟atinig rivojlanishiga Xorazmlik kompozitorlarining keksa avlodlari 
ham o„z hissasini qo„shganlar. O„sha yillari Raxmon Ollaberganov bir qator spektakllarga 
musiqa bastaladi. Urush xaqida Vatan xaqidagi qo„shiqlari, ayniqsa Abdusharif Otajonov 
yaratgan “Oshiq G„arib va Shohsanam” musiqali dramasi butun Respublikamizga tanildi. 


SCIENTIFIC ASPECTS AND TRENDS IN THE FIELD OF SCIENTIFIC RESEARCH 
International scientific online conference 
13 
Sharif Ramozonovning bir qator xor, kantata, vokalsimfonik syuitasi va qo„shiqlari 
xozirgacha o„z mavqeni yo„qotmadi. Kompozitor Abdusharif Otajonov 20 dan ziyod 
musiqali drama va komediyalarga musiqa bastalab el e‟tiborini qozondi. O„zbek musiqasida 
bastakorlik va kompozitorlik uslublari haqida gapiradigan bo„lsak bastakor so„zining 
lug„aviy ma‟nosi bastakor (fors - tojik “Basta” - Boqlov, “kor” ish) mashg„ulot ma‟nosini 
bildiradi. Bastakor-monodiya uslubida bir ovozlik turli asarlar asoson qo„shiq, ashula, 
cholg„u kuylar yaratuvchi ijodkordir. Bastakorlar asosan Xalq kuy va qo„shiqlariga 
tayangan xolda yangi asarlar yaratadilar. Bastakorlikning muhim tamoni shundaki, 
bastakorlar o„z ijodlarini odatda dastlab nota yozuvida aks ettirmay, balki bevosita o„z 
ijrochilik san‟atlari orqali ifoda etadilar. Demak bastakorlar, bir vaqtning o„zida ham 
musiqa yaratuvchi ijodkor, ham ijrochi san‟atkorlardir. Xalqimizning sevimli 
san‟atkorlaridan To„xtasin Jalilov, Yunus Rajabiy, Faxriddin Sodikov, Komiljon Jabbarov, 
Muhammadjon Mirzaev, Ganijon Toshmatov, Nabijon Xasanov, Komiljon Otaniyozov 
singari bastakorlar faoliyati fikrimizga misol bo„la oladi. Zero ularning har biri mahoratli 
ijrochi bo„lishi bilan birga ular ulkan ijodkorlardir. 
Cholg„u kuylari va qo„shiqchilik, ashula, katta ashula va boshqa ijod soxalari 
bastakorlik ijodining asosini tashkil etadi. O„zbek bastakorlari ashula va kuylar yaratish 
bilan bir qatorda ular kompozitorlik musiqa janrlari musiqali dramalar, syuita, opera va 
baletlar yaratishda ham kompozitorlar bilan hamkorlik qilganlar. Misol uchun O„zbekiston 
Xalq artisti To„xtasin Jalilov yigirmadan ziyod qo„shiq ijod etgan hamda bir qator sahna 
asarlari va musiqali dramalarga kuy bastalagan “Gulsara”, “ Toxir va Zuxra, “ Nurxon,” 
“Ravshan va Zulxumor,” “Alpomish” kabi sahna asarlari shular jumlasidandur. O„zbek 
musiqasida kompozitorlik uslublari haqida gapirar ekanmiz kompozitor so„zining lug„aviy 
ma‟nosiga e‟tiboringizni qaratsak. 
Kompozitor (lotincha “kompozitor” - ijodkor) musiqa asarni yaratuvchi shaxsdir. 
Kompozitorlik asosan Ovro„po san‟atida shakllangan bo„lib, kompozitorlar ijodi ko„pincha 
opera, simfoniya, oratoriya, balet, sonata, kino musiqasi kabi ko„p ovozli garmonik musiqa 
turlarini o„z ichiga qamrab oladi. Bunday musiqalar yaratuvchi ijodkorlar, odatda, 
konservatoriyada kompozitorlik fakultetida maxsus ta‟lim olgan bo„ladi va uni 
“kompozitor” deb nomlashadi. Kompozitorlar ma‟lum bir mavzuni badiiy tasvirlaganidek, 
Xalq ijodiyoti, ya‟ni folklordan foydalanib, yoki shu folklor materialini o„zgartmagani 
holda, uni boyitib, badiiylashtirib beradi. O„zbek kompozitorlarining ijodi Xalq ijodiyoti 
bilan chambarchas bog„langan. U g„oyaviy va badiiy jihatdan yuksak saviyadagi musiqa 
asarlari yaratuvchi ijodkordir. Respublikamiz maxalliy professinal kompozitorlari 1940-
yillardan boshlab yirik musiqa asarlari yarata boshladilar. Kompozitorlarning simfoniya
opera va boshqa asarlari nota yozuvlari orqali klavir yoki partituralarda o„z aksini topadi. 
O„zbek musiqasi tarixida shunday siymolar borki, ularning betakror xayotiy va ijodiy 
yo„li avlodlar uchun so„nmas quyoshdek. Olloh nazariga tushgan shunday insonlardan biri 
Abdusharif Otajonovdir. Abdusharif Otajonov serqirra ijod sohibidir. Yirik san‟at va jamoat 
arbobi, yetuk ijrochi, bastakor, ustoz, dirijyor Abdusharif Otajonov butun umrini, ijodini 
o„zbek musiqa san‟atini rivojlantirishga baxshida qilgan inson hisoblanadi. A.Otajonov 
kompozitorlik faoliyatida professional musiqaning turli janrlarida ijod qilgan serqirra 


SCIENTIFIC ASPECTS AND TRENDS IN THE FIELD OF SCIENTIFIC RESEARCH 
International scientific online conference 
14 
ijodkordir. Uning kompozitorlik ijodida xilma–xil dramaturgik asarlarning asosi va 
mohiyatini belgilovchi mavzular, tinchlik va urush, sadoqat va xiyonat, mexru-muruvvat va 
nafrat, sevgi va razolat, go„zallik va qo„pollik, mustaqillik va qullik, jasorat va pastkashlik, 
bilim va xurofat kabi mavzular to„laqonli o„z ifodasini topgan. Abdusharif Otajonov o„z 
ijodiy faoliyati davomida 25 - dan ziyod musiqali drama va komediyalarga musiqa 
bastalagan. Respublikamizning kompozitorlari orasida buncha ko„p sahna asarlari 
ijodkorlari uchramaydi. Abdusharif Otajonov bir vaqtning o„zida kompozitorlik, 
pedagoglik, tashkilotchilik faoliyatini olib bordi va ko„plab shogirdlarni yetishtirdi. Bu 
faoliyatning samarasini M. Harratov nomli musiqa bilim yurtiga direktorlik davridagi 
hayotga tadbiq qilingan ishlarni namuna qilib aytishning o„zi kifoya.Abdusharif 
Otajonovning shogirdlari Xalq nazariga tushgan, respublikamizda tanilgan yetuk ijrochi
pedagog va kompozitorlar bo„lib yetishdilar. 

Download 0.78 Mb.
1   2   3




Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish