Yarimo‘tkazgichli diodlar




Download 110,34 Kb.
bet2/5
Sana14.06.2024
Hajmi110,34 Kb.
#263673
1   2   3   4   5
Bog'liq
yarimo-tkazgichli-asboblarning-ishlash-prinsipi

Yarimo‘tkazgichli diodlar. Bitta p-n o‘tish asosida ishlaydigan qurilma. Diod tokni faqat bir tomonlama o‘tkazadi. Yarimo’tkazgichli diodga yorug’lik, havo va tashqi elektr, magnit maydonlarining ta’sirlarini kamaytirish uchun germaniy kristali germetik berk metal qobiqqa joylashtiriladi. Diod manbaga teskari ulansa, tok o‘tmaydi. Yarimo'tkazgichli diodlarning asosiy maqsadlaridan biri o'zgaruvchan tokni o’zgarmas tokkga aylantirishdir. Diodning ishlash prinsipini quyidagicha tushintirish mumkin. Yarimo’tkazgichlarda p-n o’tishni hosil qilish uchun p va n o’tkazuvchanlikka ega bo’lgan ikkita yarimo’tkazgichni mexanik ravishda ulash yetarli bo’lmaydi. Chunki bu holda ulardagi oraliq katta bo’ladi. P va n o’tishdagi qalinlik
atomlararo masofaga teng bo’ladigan darajada kichik bo’lishi kerak. Shu sababli donor arala-shmaga ega bo’lgan germaniy monokristali yuzalaridan biriga indiy kavsharlanadi. Keyin, shu tarzda ishlov berilgan plitalar pechga joylashtiriladi va ma'lum bir haroratda diffuzorga ma'lum bir chuqurlikka kirish uchun diffuziya jarayoni amalga oshiriladi. Shunday qilib diffuziya hodisasi tufayli indiy atomlari germaniy monokristallning ichiga ma'lum bir chuqurlikka kiradi. Natijada germaniy yuzasida p-turdagi o’tkazuvchanlikka ega bo’lgan soha hosil bo’ladi. Geramaniy monokristalining indiy atomlari kirmagan sohasi avvalgidek n-turdagi o’tkazuvchanlikka ega bo’ladi. Oraliq sohada p-n o’tish hosil bo’ladi.
Yarimo’tkazgichli diodlar lampali diodlarga nisbatan qulay ishonchli va hajmi kichkina bo’lganligi uchun ularni radiotexnikadan to’la siqib chiqardi. Yarimo’tkazgichli diodlar nafaqat to’rilagich va balki detector (qayd etgich) sifatida ham ishlatishilishi mumkin. Yarimo‘tkazgichli diodlarning ayrimlarining belgilanishi 1-jadvalda ko‘rsatilgan.

1

To’g’rilagich diodlar



2

Tunelli diodlar



3

Teskarilangan diodlar



4

Bir tomonlama o’tkazuvchi diodlar (stablitron)



5

Ikki tomonlama o’tkazuvchi diodlar





6

Varikap diodlar



  1. jadval




Download 110,34 Kb.
1   2   3   4   5




Download 110,34 Kb.