|
Usmonova O. N. Meliboyeva Z. Yo. Shokirjonovna
|
bet | 4/5 | Sana | 14.06.2024 | Hajmi | 110,34 Kb. | | #263673 |
Bog'liq yarimo-tkazgichli-asboblarning-ishlash-prinsipiQuyosh batareyalari — yarimoʻtkazgichli fotoelementlarga asoslangan tok manbai; quyosh radiatsiyasi energiyasini bevosita elektr energiyasiga aylantiradi. Quyosh batareyalari Elementlarining ishlashi ichki fotoeffekt hodisasiga asoslangan. Dastlabki quyosh elementini 1953—54 yillarda AQSH olimlari G.Pirson, K.Fuller va D.Chapinlar ishlab chiqishgan.
Quyosh batareyasining quvvati yarimoʻtkazgich materialiga, quyosh elementining konstruktiv xususiyatiga va batareyadagi elementlar soniga bogʻliq. Quyosh ele-mentlari tayyorlashda kremniy, galliy Ga, mishyak Az, kadmiy Syo, oltingugurt S, surma, tellur Te asosidagi materiallardan foydalaniladi. Quyosh batareyasi odatda usti yaltiroq qopla-mali yassi panel koʻrinishidagi quyosh elementlaridan tayyorlanadi. Batareyadagi quyosh elementlari soni bir necha ming donagacha, panelining sathi oʻnlab m2, tok kuchi yuzlab A, kuchlanishi oʻnlab V, generator quvvati bir necha oʻn kVt gacha boradi.
Quyosh batareyalari, asosan, kosmonavtika, Yer sunʼiy yoʻldoshlari apparatlarini elektr energiyasi bilan taʼminlashda foydalaniladi. Yerda esa Quyosh batareyasi koʻchma avtomat radiostansiyalari va radiopriyomniklarda tok manbai sifatida ishlatiladi. [5]
Yorug'lik chiqaradigan diod (LED, inglizcha yorug'lik chiqaradigan diod,) - elektr tokini oldinga yo'nalishda o'tkazganda optik nurlanish hosil qiluvchi elektron-teshik birikmasiga ega yarimo'tkazgichli qurilma.
LED chiqaradigan yorug'lik spektrning tor diapazonida yotadi, ya'ni LED dastlab deyarli monoxromatik yorug'lik chiqaradi (agar biz ko'rinadigan diapazondagi LEDlar haqida gapiradigan bo'lsak) - kengroq spektrni chiqaradigan chiroqdan farqli o'laroq, undan a ma'lum bir porlash rangini faqat yorug'lik filtri yordamida olish mumkin. LED nurlanishining spektral diapazoni asosan ishlatiladigan yarimo'tkazgichlarning turiga, kimyoviy tarkibiga va tarmoqli bo'shlig'iga bog'liq. Elektr toki oldinga yo'nalishda p-n o'tish joyidan o'tganda, zaryad tashuvchilar - elektronlar va teshiklar - bir-biriga qarab harakatlanadi va elektronlarning bir energiya darajasidan o'tishi tufayli diodning qatlamida fotonlar emissiyasi bilan qayta birlashadi. Barcha yarim o'tkazgichlar rekombinatsiyalanganda yorug'likni samarali ravishda chiqarmaydi. Samarali emitentlar to'g'ridan-to'g'ri bo'shliqli yarim o'tkazgichlar, ya'ni to'g'ridan-to'g'ri optik diapazonlararo o'tishlarga ruxsat berilgan IIIBV tipidagi (masalan, GaAs yoki InP) va AIIBVI tipidagi (masalan, ZnSe yoki CdTe). Yarimo'tkazgichlar tarkibini o'zgartirib, ultrabinafsha (GaN) dan o'rta infraqizil (PbS) gacha bo'lgan barcha mumkin bo'lgan to'lqin uzunliklari uchun LEDlarni yaratish mumkin [6].
Monokristall va polikristall tuzilishga ega bo‘lgan, kelib chiqishi noorganik va organik bo‘lgan ko‘p sonli yarim o‘tkazgichli materiallardan elektrotexnika asosan germaniy, kremniy, selen, kremniy karbidi va galliy arsenidlaridan foydalaniladi. Ushbu materiallar yarim o‘tkazgichli elektr jixozlar va integral sxemalar ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladi.
Kremniy va germaniy strukturaviy tuzilishi jixatidan olmossimon yarim o‘tkazgichlar toifasiga kiradi. U kub shaklida bo‘lib, uning tepalarida va markaziy chegaralarida germaniy yoki kremniy atomlari joylashgan. Bundan tashqari atomlar shu bilan birgalikda katta kub bo‘linadigan to‘rtta kichik kublarning markazida ham bo‘lishadi.
rasm. Olmos tipidagi kristall tuzilishi
Yuqoridagi rasmlarda germaniy kubik tuzilishining yassi tasviri aks ettirilgan. Rasmdan ko‘rinib turibdiki, olmos tipidagi tuzilishda har bir ko‘rilayotgan atom (germaniy yoki kremniy) to‘rtta shunga o‘xshagan atom bilan o‘ralgan. Ushbu atomlar orasidagi masofa bir xil bo‘lib, har bir atom qo‘shni atom bilan kovalent bog‘lanish hosil qilinadi.
G e r m a n i y(Ge) — Mendeleev davriy sistemasining to‘rtinchi guruhiga kiruvchi element hisoblanadi. Uni olishda xom ashyo vazifasini tarkibida germaniy bo‘lgan rux va sulfid rudalari, shu bilan birgalikda ko‘mir tuzlari o‘taydi.
Murakkab ximiyaviy jarayon hisobiga germaniy quymasi olinadi, lekin uning tarkibida aralashmalar va u monokristall material bo‘lganligi bois, undan yarim o‘tkazgichli priborlar tayyorlashda foydalanib bo‘lmaydi. Dastlab ushbu quyma aralashmalardan zonaviy eritish usuli bilan tozalanadi. Tozalangan yarim o‘tkazgichli materialda, ya’ni germaniyda aralashmalar 10-9% (massasi bo‘yicha), kremniyda esa 10-11% (massasi bo‘yicha) dan ortmasligi lozim.
Monokristalli germaniy olish uchun dastlab u vakuumda yoki inert gazli atmosfera sharoitida eritiladi. So‘ngra p- va n-tipidagi elektr o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan germaniy olish uchun tozalangan germaniy quymasiga donor yoki akseptorli aralashma qo‘shiladi. Eritmadan ma’lum bir tezliklarda kerakli diametrlarda yaxlit silindr ko‘rinishida monokristalli germaniy so‘rib olinadi. Germaniy och kumushsimon rangda bo‘lib, zichligi 5320 kg/m3 va erish harorati 937,2°C ga teng. Tozalangan legirlanmagan germaniy quyidagi elektr xarakteristikalariga ega (20°C harorat sharoitida): solishtirma elektr qarshiligi ρ
= 60÷68Om·sm;ε = 16,3. p-tipidagi elektr o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan legirlangan germaniy navlarida ρ=0,003÷45 Om·sm; n-tipidagi elektr o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan legirlangan germaniy navlarida esa ρ=0,4÷7 Om·sm (legirlash darajasiga ko‘ra) ni tashkil etadi. Germaniyning barcha navlari yuqori jihatdan qattiq va mo‘rt xususiyatga ega.
Germaniydan diod, fotoelement va boshqa yarim o‘tkazgichli priborlar tayyorlashda foydalaniladi.
K r e m n i y (Si) – ham Mendeleev davriy sistemasining to‘rtinchi guruhiga kiruvchi element hisoblanadi. Kremniy tabiatda kremnezem (SiO2) ko‘rinishida keng tarqalgan bo‘lib, kremnezem kremniyning texnik navlari olishda xom ashyo vazifasini o‘taydi. Kremniy quymalari zonaviy eritish usuli yordamida tozalangandan so‘ng, legirlovchi aralashmalarning qancha miqdorda qo‘shilganligiga bog‘liq ravishda p- yoki n-tipdagi elektr o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan monokristalli kremniy olinadi.
Polirovka qilingan (oynaday silliqlangan) kremniy po‘lat rangi ko‘rinishida bo‘ladi. Kremniy ham xuddi germaniy kabi mo‘rt material hisoblanadi. Tozalangan legirlanmagan kremniyning asosiy xarakteristikalari quyidagicha (20ºC harorat sharoitida): zichligi 2328 kg/m3; erish harorati 1420°C; ρ=(2÷3)·105Om·sm; ε=11,7. p-tipidagi elektr o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan legirilangan kremniy navida ρ=0,01÷200 Om·sm; n-tipidagi kremniyda esa ρ=0,014÷50 Om·sm ga teng.
Kremniy germaniyga nisbatan ko‘proq ishlatiladi, chunki undan tayyorlangan yarim o‘tkazgichli priborlarning ishchi harorat chegarasi 130- 200°C ga teng bo‘lsa, germaniy asosida tayyorlanganlariniki esa bor yo‘g‘i 80— 100°C ni tashkil etadi. Yarim o‘tkazgichli integral sxemalarning asosini tayyorlashda kremniy keng qo‘llaniladi.
S e l e n(Se) — Mendeleev davriy sistemasining oltinchi guruhiga kiruvchi element hisoblanadi. Selenni olishda xom-ashyo vazifasini misni elektrolitik yo‘l bilan tozalash paytida qoladigan qoldiqlar bajaradi. Qattiq selen amorf yoki kristall tuzilishga ega bo‘ladi. Qora amorf selen xona haroratigacha tezlik bilan sovutilgan tozalangan selen eritmasidan olinadi. U ρ=1013 Om·smga teng solishtirma qarshilikka ega bo‘lgan dielektrik hisoblanadi.
Eritilgan amorf selenni erish harorati (220°C)dan xona xaroratigacha sekinlik bilan sovutish orkali kulrang kristall tuzilishli selen olinadi. Kristall selen n-tipidagi polikristal tuzilishdagi aralashmali yarim o‘tkazgich hisoblanadi. Atom tuzilishi - olti burchakli prizmaning burchaklarida joylashgan atomlardan iborat bulib, bu prizmalar kristallning elementar katagi (yacheykasi) hisobladi. 20°C harorat sharoitida selenning asosiy xarakteristikalari quyidagiga teng: zichligi 4800 kg/m3; ρ=(0,8÷5) ·105 Om·sm; ε= 6,3. Selenli to‘g‘rilagich, fotoelement va fotorezistorlar tayyorlashda selendan foydalaniladi.
K r e m n i yk a r b i d i (SiC) – tok kuchi va kuchlanish o‘rtasida chiziqli bo‘lmagan bog‘liqlik yaqqol kuzatiladigan polikristall tuzilishli mo‘rt material hisoblanadi. Kremniy karbidi kremniy va uglerodning ximiyaviy qo‘shilishi hisobiga hosil bo‘ladi.
Kremniy karbidini olishda xom ashyo vazifasini toza kvartsli qum va toshli ko‘mir o‘taydi. U yoki bu tipdagi aralashmali elektr o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lish uchun, asosiy tarkibga aralashmalar, jumladan — fosfor, surma,
vismut yoki kalsiy, magniy, alyuminiy va boshqalar qo‘shiladi. Karbidni hosil qilish reaksiyasi ≈2000°C da amalga oshiriladi.
Fosfor, surma yoki vismut bilan legirlangan kremniy karbidi to‘q yashil rangda bo‘ladi va p – tipdagi elektr o‘tkazuvchanlikka, kalsiy, alyuminiy yoki bor bilan legirlanganda esa to‘q binafsha rangda bo‘lib, n– tipdagi elektr o‘tkazuvchanlikka ega bo‘ladi. Kremniy karbidining asosiy xarakteristikalari quyidagicha buladi. (20°C havo sharoitida): zichligi 3200 kg/m3; ρ=104÷107 Om·sm; ε=6,5÷7,5. Uning solishtirma qarshiligi tarkibiga kuchli darajada bog‘liq. Kremniy karbidi aralashmali yarim o‘tkazgich hisoblanadi, lekin 1400°C haroratda unda xususiy elektr o‘tkazuvchanlik namoyon bo‘ladi. Erish harorati 2600°C ga teng. Kremniy karbidning toza navlaridan —50 dan to + 80°C harorat intervallarida ishlay oladigan, chiziqli bo‘lmagan simmetrik volt- amper xarakteristikasiga ega bo‘lgan varistorlar ishlab chiqarishda keng foydalaniladi. Varistorlar avtomatik tarzda to‘g‘rilaydigan (regulirovka qiladigan) qurilmalarda ishlatiladi.
Polikristall kremniy karbididan inert gazda haydash yo‘li bilan ximiyaviy jihatdan tozaligi bilan ajralib turuvchi monokristalli kremniy karbidi olinadi. Undan 500°C gacha bo‘lgan haroratlarda ham ishlay oladigan diod va tranzistorlar, shu bilan birgalikda svetodiodlar ishlab chiqarishda keng foydalaniladi.
G a l l i ya r s e n i d i (GaAs) – margimush va galliyni qo‘shilishidan hosil bo‘ladi va monokristalli yarim o‘tkazgich hisoblanadi. Yuqori darajada elektron va teshiklarning xarakatchan bo‘lishi galliy arsenidining xarakterli xususiyati hisoblanadi. Uning bu xususiyatidan katta chastota va yuqori haroratlarda ishlay oladigan galliy arsenidi asosida tayyorlangan priborlarni yaratish imkonini beradi. n-p-o‘tish uchun ishchi harorat 300—400°C gacha ruxsat berilgan, ya’ni bu germaniy va kremniy asosida tayyorlangan yarim utkazgichlarnikidan yuqori qiymatlarda bo‘ladi. Shu bilan birgalikda galliy arsenididan yarim o‘tkazgichli mikrosxemalarning asosini tayyorlash maqsadida ham foydalaniladi.
20°C haroratda galliy arsenidining asosiy xarakteristikalari quyidagiga teng: zichligi 5400 kg/m3; ρ=104÷109 Om·sm; ε=11,2. Erish harorati 1237°C.
Namlik va radiatsion nurlanishlar ko‘rinishidagi tashqi ta’sirlar kuchli darajada yarim o‘tkazgichli elementlarni xarakteristikalarini pasaytiradi, shuning uchun tashqi ta’sirdan himoyalanish maqsadida ularni germetik (metall, keramik yoki plastmassali) korpuslarga joylashtiriladi [7].
O`tgan asrning 70-yillarida o`n so`mlik tangadek keladiganyarimo`tkazgich material bo`lagida minglab mikroskopik tranzistorlar joylashtirilgan mikrosxemalar kashf qilindi. Ularda tranzistorlar bilan birgalikda diodlar, kondensatorlar, rezistorlar va boshqa radioelektron elementlar joylashtirilganligidan integral mikrosxema deb ataldi.
Bu kashfiyot kichik bir hajmda murakkab sxemalarni joylashtirish va stol kompyuterlarini yaratish imkoniyatini tug`dirdi.Dastlabki davrda
radioelementlar yarimo`tkazgich yuzasida yasalgan bo`lsa, keyinchalik ularni butun hajmda hosil qilina boshlandi.Ularni mikrochiplar deb atala boshlandi.Mikrochiplar asosida qo`l telefonlari ko`tarib yuriladigan kompyuter (noutbook) va h.k mitti radioelektron qurilmalar yasalmoqda. Hozirgi kunda tangadek keladigan mikrochipda yuz milionlab tranzistorlar va radioelamentlar joylashtirilmoqda [8].
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki hozirgi kunda maktab o`quvchilariga yarimo`tkazgichli diodlar, tranzistorlar, uy ro`zg`orda ishlatiladigan lampochka, quyosh batareyalari, integral mikrosxemalarning ishlatilishi, ularning ishlash prinsiplari haqida maktab darsliklarida batavsil berilsa ularning volt-amper xarakteristikasini o`rgatib borilsa, ular qanday moddalardan yasalishi hamda uning ishlash prinsiplari bilan tanishtirishni, kundalik hayotda yarimo`tkazgichlarning qo`lanilish sohalari haqida bilim va ko`nikmalari hosil qilinsa maqsadga muvofiq bo‘lardi.
|
| |