• Nomzod taqdim etishi zarur bo‘lgan hujjatlar
  • Uzbekistan Airways aviakompaniyasi bortkuzatuvchilarni ishga taklif qiladi 023 Iyul




    Download 25,42 Kb.
    Pdf ko'rish
    Sana20.01.2024
    Hajmi25,42 Kb.
    #141707
    Bog'liq
    Uzbekistan Airways aviakompaniyasi bortkuzatuvchilarni ishga taklif qiladi



    Uzbekistan Airways aviakompaniyasi
    bortkuzatuvchilarni ishga taklif qiladi
    2023 5 Iyul
    Agar siz doimiy izlanishda bo‘lib, qiziqarli va barqaror ish qidirayotgan bo‘lsangiz, biz
    eng romantik kasb vakillaridan biri bo‘lishni taklif qilamiz. Uzbekistan Airways
    sizning ta’limingizga sarmoya kiritadi va butun dunyo bo‘ylab parvozlarning keng
    geografiyasini kafolatlaydi. 
    O‘qish uchun tanlovda ishtirok etishni xohlagan nomzodlar anketa to‘ldirishlari
    hamda skaner qilingan nusxalarini tayyorlashlari va 
    ca.school@uzairways.com
    elektron manziliga yuborishlari zarur. Nomzodlarning aviakompaniya xodimlari bilan
    aloqalari ta‘minlanmagan. Taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish ijobiy natija
    bergan taqdirda nomzod telefon orqali suhbatga taklif qilinadi.
    Nomzod taqdim etishi zarur bo‘lgan hujjatlar:
    O‘zbekiston Respublikasi fuqaro pasporti;
    Foto 4х6
    Ish yoki o‘qish joyidan ma’lumotnoma;
    Oliy yoki o‘rta-maxsus ma’lumot diplomi (chet el diplomi bo‘lsa, O‘zbekiston
    Respublikasida nostrifikatsiya qilingan bo‘lishi kerak);
    Harbiy guvohnoma (agar bo‘lsa);
    Yashash joyidan ma’lumotnoma;
    Anketa (
    yuklab oling
    ).
    Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
    Nomzod O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi va tugallangan oliy yoki
    o‘rta-maxsus ma’lumotga ega bo‘lishi kerak;
    Yoshi 18dan 27gacha (27 yoshga to‘lganlar qabul qilinmaydi);
    Qizlar uchun: bo‘yi 162 dan 175 santimetrgacha, kiyim o‘lchami 36-40 (Yevropa
    o‘lchovida);
    Normal tana massasi indeksi Ketle bo‘yicha (18,5-24,9);


    Qaddi-qomati kelishgan va nozik, yurishda nuqsonlar bo‘lmasligi kerak;
    Orasta soch turmagi yoki shakli, erta kallik belgilari, kesilgan joylar bo‘lmagan,
    sochlar tabiiy rangga ega bo‘lishi kerak (uzun sochlar kiyimning yoqasiga
    tegmasligi uchun orasta turmakda bo‘lishi kerak);
    Ko‘rinadigan nuqsonlar va assimetriyasiz yuz, teri toza bo‘lishi kerak, yuz
    ifodalari va mimikalar ijobiy taassurot qoldirishi, muloqot qilish uchun qulay
    bo‘lishi va har bir vaziyatda zarur bo‘lgan his-tuyg‘ularni ifodalashi kerak
    (tushunish, do‘stona munosabat, g‘amxo‘rlik, hamdardlik);
    Lablar Fillerlardan holi tabiiy shakl va hajmda bo‘lishi kerak;
    Tishlar tekis, toza, to‘g‘ri tishlash bilan, old tishlarda oq yoki sariq tish
    koronkalari bo‘lmasligi lozim;
    Qo‘llar parvarish qilingan bo‘lishi zarur (manikyur bilan). Qo’lning shakli to‘g‘ri
    va mutanosib bo‘lishi darkor, barmoqlari mavjud bo‘lmaganlar (falanjlar) qabul
    qilinishi mumkin emas;
    Tananing ochiq joylarida chandiqlar, dog‘lari va tabiiy belgilari, katta hollar,
    kuyish izlari va tatuirovkalar, pirsinglar mavjud bo‘lsa nomzod qabul qilinmaydi;
    Qaddi-qomati kelishgan bo‘lishi lozim.
    Har qanday sababga ko‘ra o‘quv dasturini o‘zlashtira olmagan, dars qoldirayotgan,
    intizomni buzgan, qo‘pollik qilgan, tashqi ko‘rinishi to‘gri kelmaydigan nomzodlar
    bilan mehnat shartnomasi bekor qilinadi.
    O‘quv mashg‘ulotlari Toshkent xalqaro aeroportidan uncha uzoqda bo‘lmagan
    “Uzbekistan Training Center” MCHJda bo‘lib o‘tadi.

    Download 25,42 Kb.




    Download 25,42 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Uzbekistan Airways aviakompaniyasi bortkuzatuvchilarni ishga taklif qiladi 023 Iyul

    Download 25,42 Kb.
    Pdf ko'rish