|
Узбекистон Республикаси Олий ва Урта Махсус
|
bet | 6/8 | Sana | 11.02.2024 | Hajmi | 0,62 Mb. | | #154563 |
Bog'liq 24-TIOPSHIRIQ TAYYORMisol:
for (;;)
{
...
... break;
...
}
C tilining sintaksisiga binoan buyruq ham, for buyrug’ining tanasi ham bo’sh bo’lishi mumkin. Buyruqning shakli izlashlarni tashkil etishda qo’llanilishi mumkin.
Misol:
for (i=0; t[i]<10 ; i++);
Bu misolda sikl o’zgaruvchisi bo’lgan i o’zgaruvchi qiymati 10 dan kichik bo’lmagan t massiv birinchi elementi nomerining qiymatini qabul qiladi.
While buyrug’i
while sikl buyrug’i sharti oldindan berilgan sikl buyrug’i deyiladi va quyidagi ko’rinishga ega:
while (ifoda) {tana};
Ifoda sifatida C tilining ixtiyoriy ifodasini ishlatish mumkin. Tana sifatida ixtiyoriy buyruqni, jumladan bo’sh va tarkibli (murakkab) buyruqlarni ham, ishlatish mumkin. while buyrug’ining ishlash sxemasi quyidagicha:
Ifoda hisoblanadi.
Agar ifoda yolg’on bo’lsa while buyrug’ining bajarilishi tugallanadi va boshqarish navbatdagi buyruqqa uzatiladi, aks holda while buyrug’ining tanasi bajariladi.
Jarayon 1-punktdan davom ettiriladi.
Quyidagi ko’rinishdagi sikl buyrug’i
for ( 1-ifoda; 2-ifoda; 3-ifoda ) {tana};
while buyrug’i bilan quyidagicha almashtiriladi:
1-ifoda;
while (2-ifoda)
{
tana
3-ifoda;
}
for buyrug’ining bajarilishidagi kabi while buyrug’ida ham avvalo shartning bajarilishi tekshiriladi. Shuning uchun ham buyruq tanasini bajarish shart bo’lmagan hollarda while buyrug’idan foydalanish qulay.
for va while buyruqlarining ichida ma’lum mos turlar bilan e’ln qilingan lokal o’zgaruvchilarni ishlatish mumkin.
do while buyrug’i
do while sikl buyrug’i sharti oxirida berilan sikl buyrug’i deyiladi va sikl tanasini kamida bir marta bajarish zarur bo’lgan hollarda ishlatiladi. Bu buyruq quyidagi ko’rinishga ega:
10>
|
| |