-Mavzu: “Marketing” fanining predmeti, mazmuni va vazifalari




Download 1.11 Mb.
bet2/76
Sana29.12.2022
Hajmi1.11 Mb.
#37305
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76
Bog'liq
Узбекистон республикаси олий ва урта
Buxoro tarixi, Reja Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda axborot texnalogiya, sayt, AWS elastic beanstalk, MARKAZIY VA PERIFERIK ASAB TIZIMI KASALLAIKLARIDA DAVOLOVCHI JISMONIY MASHQLAR, 1. Doimiy aholi soni-jami (1), “Бошланғич синфларда математика, ERGASH SERTIFIKAT, ОСНОВЫ ПРОТИВОДЕЙСТВИЯ КОРРУПЦИИ В РЕСПУБЛИКЕ УЗБЕКИСТАН, Mavzu relyativistik dinamika elementlari, Relyativistik dinamika elementlari-fayllar.org (1), abu ali alashari sorok khadisov o zhenshchinakh, 1-курс Ишчи информатика, Mmxy brend
1-Mavzu: “Marketing” fanining predmeti, mazmuni va vazifalari

1. Marketing tushunchasi va uning mohiyati.


2. Marketing va bozor.
3. Marketingning asosiy tushunchasi.


1. Marketing tushunchasi va uning mohiyati.
Tadbirkorlik faoliyatida qaror qabul qilish va uni ishlab chiqishda tadbirkorlikning samarali vositasi hamda asosi bo’lib marketing hisoblanadi hamda tadbirkorlik faoliyatini boshqarish tizimida, uni tashqil etishda, rejalashtirish va nazorat qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. “Ay-si-ay” kontserni boshqaruvi raisi Djon Xarvi Djons tadbirkorlikda marketingni o’rnini tavsiflab Shunday deydi, ya’ni “Marketing tadbirkorlikning tayanch omilidir. Bu nafaqat yoqilg’i, balki kema komandasidir.”
Marketing mazmuni va terminologiyasi yangilanib boradi, lekin ular boshdan ayirboshlash jarayoni, tovar-’ul munosabatlari paydo bo’lishi, sotish shakllarini rivojlanishi hamda istemolchilarni tovar va xizmatlar bilan o’zaro harakati bilan bog’lanadi.
Marketing elementlarini paydo bo’lishi XVII asrning o’rtalariga borib taqaladi. Bu davrgacha tovarlarni natural ayirboshlashni turli shakllari paydo bo’ladi, keyinchalik marketing faoliyatini birinchi elementlari, ya’ni reklama, narx, sotish kabilarni rivojlanishi kuzatildi.
1902 yildan boshlab AQSHning Michigan, Kaliforniya va Illinoys universitetlarida marketing fani kiritilib, bu muammolar bo’yicha ma’ruzalar o’qila boshlangan. Keyinchalik marketing assotsiatsiyalari tashqil topdi.
1948 yildan boshlab marketing tovarlar va xizmatlar oqimini ishlab chiqaruvchidan oxirgi pirovard iste’molchi tomon yo’naltirilgan xo’jalik faoliyatini har xil turlarini amalga oshirish sifatida ko’rina boshladi.
Marketing tushunchasi bozor sohasini har qanday faoliyati bilan bog’liqdir, Shu bois marketing so’zini tarjimasi va kelib chiqishi keltiriladi (ing. Market – bozor, ing–faol, faoliyat, harakat ma’nosini anglatadi).
Marketing bu nafaqat falsafa, fikrlash tarzi va iqtisodiy tafakkur yo’nalishi, balki ayrim firma, kompaniya, tarmoq va butun iqtisodiyot bo’yicha amaliyot faoliyati hamdir. AQSH va boshqa xorijiy davlatlar iqtisodiy adabiyotlarida marketing ta’rifini ko’p turlari mavjuddir. Eng keng tarkalgan marketing ta’rifi, u Amerika marketing assotsiatsiyasi tomonidan berilgan bo’lib, uning mazmuni quyidagichadir, ya’ni “Marketing Shunday jarayondan iboratki, uning yordamida o’ylangan g’oya rejalashtiriladi va amalga oshiriladi, narxlar tashqil etiladi, g’oyalar, tovarlar va xizmat ko’rsatishlar harakati va sotishni, ayrim Shaxslar va tashkilotlarni maqsadlari ayirboshlash yordamida qondiriladi”.



Download 1.11 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76




Download 1.11 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-Mavzu: “Marketing” fanining predmeti, mazmuni va vazifalari

Download 1.11 Mb.