“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi




Download 154.35 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana11.10.2023
Hajmi154.35 Kb.
#87569
  1   2
Bog'liq
wza5dNugY2yISxasUHHCF9DJQhv1iqX8TlK6dx7X
VJI3rGkqoMCC24xswu9o8NOm6YrgsXhrgAHfd1Ce, file


A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI 
O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT 
INSTITUTI 
 
 
 
 
“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi 
 
 
 
O‘quvchilar kompetensiyalarini baholash usullari va vositalari  
moduli bo‘yicha 
 
 
“Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar bilimini baholash”  
o‘quv kursining
“Baholashda qo‘llaniladigan nazorat turlari va shakllari” mavzusidan 
ma’ruza matni 
 
 
 
 
 
 
 
Ma’ruzachi: Qoraboyev Husniddin Kamolovich 
Toshkent 2021 


Mavzu: Baholashda qo‘llaniladigan nazorat turlari va shakllari. 
Reja: 
1. Milliy o‘quv dasturi bo‘yicha baholash jarayoniga kiritilgan o‘zgarishlar. 
2. O‘quvchilar bilim, ko‘nikma va malakalarini tekshirish usullari. 
3. O‘quvchilar bilim,ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish va baholash 
turlari. 
Fanlar soni va oʻquv yuklamalari optimallashtirilib, oʻquvchilar qiziqishiga 
koʻra fanlarni tanlab oʻqish imkonini beruvchi variativ oʻquv dasturlar asosida 
hayotga va kasbiy faoliyatga tayyorlash imkoni yaratiladi. 
Milliy oʻquv dasturi asosida fanlar chiziqli tartibda emas, spiralsimon 
tarzda oʻqitiladi. Yaʼni mavzular takroriy emas, bir-birini mantiqan davom 
ettiruvchi hamda soddadan murakkabga tomon yoʻnaltirilgan. 
Milliy o‘quv dasturi asosida baholash ta’limiy maqsadlarga qay darajada 
erishganligini namoyish qilish imkonini beradi. Dastur bo‘yicha farmativ va 
summativ baholashning chegaralari aniqlab berilgan. 
Shakllantiruvchi (formativ) baholash (o‘rganish uchun baholash): 
Uyga berilgan vazifalar; 
Dars paytida beriladigan topshiriqlar; 
Savol-javob; 
Dars paytida o‘tkaziladigan nazorat ishlari; 
O‘quvchilarning darsdagi faolligini kuzatish. 
Samarali qo‘llanilganda, formativ baholash o‘quvchilarning bilim olish 
jarayonini qo‘llab-quvvatlaydi va o‘quvchilarga: 
- ularning rivojlanishini nazorat qilish;
- o‘zining kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlash;
- rivojlanish bo‘yicha harakatlar rejalarini tuzish imkoniyatini beradi.


Shakllantiruvchi baholash norasmiy, o‘qitish jarayoniga o‘zgartirish 
kiritish imkonini beradi, qayta aloqa mavjud. Xulosalovchi (summativ) baholash – 
ta’lim dasturi yoki uning bir qismi so‘ngida erishilgan natijani rasmiy baholash.
Xulosalovchi (summativ) baholash: 
❖ baho berish:  
➢ ta’lim oluvchiga baho berish, 
➢ ta’lim beruvchiga baho berish. 
❖ tanlash:  
➢ belgilangan talabga javob beradiganlarni tanlash, 
➢ cheklangan kvota sharoitida tanlash. 
Kontentni baholash asoslangan yondashuvdan ko‘nikmani baholashga 
asoslangan yondashuvga o‘tiladi 
O‘quvchilarning bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasining Davlat ta’lim 
standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun quyidagi nazorat turlarini o‘tkazish 
nazarda tutiladi: 
joriy nazorat — so‘rovlar, nazorat ishlari yoki testlar tarzida 
o‘quvchilarning bilimlari, ko‘nikma va malakalari muntazam nazorat qilinadi; 
oraliq nazorat — chorak tamom bo‘lganda va o‘quv dasturining tegishli 
bo‘limi tugallangandan keyin o‘quvchilarning bilimlari, ko‘nikma va malakalarini 
baholash uchun amalga oshiriladi. U yozma nazorat ishi yoki testlar shaklida 
o‘tkaziladi. Ushbu nazoratda foydalaniladigan materiallar o‘quv fani o‘qituvchisi 
tomonidan tayyorlanadi. 
Oraliq nazoratda nazorat ishlarining miqdori va mavzulari o‘quv dasturiga 
asoslangan mavzuviy rejada belgilanadi hamda muddati va shakli ko‘rsatiladi; 
Nazorat ishlari materiallari namunalariga ijodiy yondashgan holda o‘quv 
fani o‘qituvchilari bosqichli nazorat materiallariga o‘zgartirishlar kiritishi va ularni 
uslubiy birlashmalar muhokamasidan o‘tkazib, joriy etishlari mumkin. 


Har bir nazorat turi qanday shaklda o‘tkazilishidan qat’i nazar, besh 
ballik («5», «4», «3», «2», «1») usulda butun sonlar yordamida baholanadi. 
O‘quvchilarning nazorat turlari bo‘yicha olgan ballari hamda choraklik 
(yarim yillik) va yillik (yakuniy) baholari, shuningdek, yillik reyting ko‘rsatkich 
ballari sinf jurnaliga qayd etiladi
O‘quvchining choraklik (yarim yillik), yillik (yakuniy) baholari va yillik 
reyting ko‘rsatkich ballari uning tabelida qayd etiladi
Og‘zaki tekshirish. Bu metod bilimlarni nazorat qilish va baholashning 
ancha keng tarqalgan an’anaviy usullaridan biridir. 
Og‘zaki 
tekshirishning 
mohiyati 
shunda 
ko‘rinadiki, 
o‘qituvchi 
o‘quvchilarga o‘rganilgan mavzuning mazmunidan kelib chiqib, ularning 
o‘zlashtirish darajasini aniqlaydi. Og‘zaki tekshirish o‘quvchilarning bilimlarini 
tekshirishni savol-javob usuli asosida amalga oshiriladi. Ushbu usul ayrim hollarda 
suhbat usuli deb ham atashadi. Og‘zaki tekshirishda o‘qituvchi o‘rganilayotgan 
mavzuni alohida qismlarga ajratadi va ularni har biridan o‘quvchilarga savollar 
beradi. Biroq, o‘quvchilarning nutqini o‘stirish hamda ularning chuqur va 
mustahkam bilimga ega bo‘lishlari uchun ulardan shu yoki oldingi mavzuni 
butunlay esga tushirishni talab qilish mumkin. Ko‘pgina fanlarda og‘zaki 
tekshirish o‘quvchilarning javoblarini yozma mashqlarni tashkil etish asosida 
to‘ldirib boriladi. Ular o‘z javoblarini isbotlash uchun misol keltiradilar. Bu 
misollarni doskaga yozib, sintaktik va grammatik jihatdan tahlil qiladilar. 
Matematika, fizika va ximiyadan og‘zaki tekshirish qoidaga muvofiq misol va 
toptiriqlarni amaliy ko‘nikma va malakalar baholash maqsadidan kelib chiqib hal 
etiladi. Keng tarqalganligi va samarali ekanligiga qaramay o‘quvchilarning 
bilimlarini nazorat qilish va baholashda og‘zaki tekshirish ayrim kamchiliklarga 
ham ega. Shu bois o‘quvchilarning bilimlarini nazorat qilish va baholashning 
muvaffaqiyatini ta’minlash uchun turli shakllardan foydalaniladi.
Og‘zaki ommaviy tekshirish o‘quvchilardan og‘zaki so‘rash bo‘lib, ular 
guruhga qaratilgan savollarga javob beradilar. Bunday tekshirishda javoblar qisqa 
bo‘ladi. Mazkur so‘rash ko‘pchilik o‘quvchilarni nazorat qilishni ta’minlaydi va 


butun guruhni faollashtiradi, ammo o‘quvchilarning nutqini o‘stirmaydi. Bunday 
nuqsonlar individual so‘rashda ko‘zga tashlanmaydi. Ammo so‘rashning bu 
shaklida guruhdagi boshqa o‘quvchilarning to‘laqonli ishlashlariga erishish juda 
qiyin.
Kombinatsiyalangan (tezlashtirilgan) tekshirishda o‘qituvchi bir necha 
o‘quvchini bir vaqtda doskaga chaqiradi, biri og‘zaki javob beradi, 3-4 nafar 
o‘quvchi esa kartochkalar bo‘yicha yozma ishni bajarishadi va hokazolar. Bu 
tekshirishning murakkab usuli bo‘lib, o‘qituvchidan yetarlicha tajriba va 
diqqatlarini guruhdagi hamma o‘quvchilarga taqsimlay bilishni talab qiladi.
Yozma tekshirish – o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat 
qilish va baholashning eng samarali usullaridan biri bo‘lib, ularning ijodiy 
qobiliyatlarini baholash imkonini beradi. Mazkur usulning mohiyati shundaki, 
o‘qituvchi alohida mavzu yoki o‘quv dasturining ma’lum bo‘limini o‘tib 
bo‘lganidan so‘ng o‘quvchilarning bilimlarini nazorat qilish va baholashni tashkil 
etadi. Yozma tekshirish topshiriq, ya’ni, insho yozish hamda turli nazorat va 
mustaqil ishlarni bajarishni uyda ham amalga oshirishga imkon beradi. Ushbu 
jarayonda o‘qituvchining bajarilgan ish bilan tanishib chiqishi, uning sifatini 
tekshirishi uchun ko‘p mehnat va vaqt sarflanadi.
Amaliy topshiriqlarni bajarishga asoslangan tekshirish. Bajarilayotgan 
amaliy harakatlar (sport, mehnat harakatlari)ning to‘g‘riligini kuzatish yoki olingan 
natijalarga tayanishdan iborat bo‘lishi mumkin. O‘quvchining butun dars 
davomidagi barcha faoliyatlarini nazorat qilish tekshirishning maxsus turi bo‘lib, u 
o‘quvchining darsdagi ishtiroki uchun ball qo‘yish bilan yakunlanadi. Bu 
o‘quvchini doimo harakat qilishga va faollikka undaydi. 
Ma’lumki, bugun ta’lim tizimida reyting nazoratidan keng foydalanilmoqda. 
Reyting deganda baholash, tartibga keltirish, klassifikatsiyalash, bironta hodisani 
oldindan belgilangan shkala bo‘yicha baholash tushuniladi.
Shkalalash – aniq jarayonlarni raqamlar tizimi yordamida modellashtirish. 
Uning turli uslublari sifat tavsiflarini miqdoriy o‘zgarishlarga aylantirishga yordam 
beradi. 


Reyting nazorati asosida o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini hisobga olishning 
yuqorida keltirilgan metodlari bilan birga test usulidan ham samarali 
foydalanilmoqda. Test so‘rovidan nafaqat o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va 
malakalari darajasini aniqlash, balki 1993 yildan boshlab O‘zbekiston 
Respublikasida abituriyentlarni oliy o‘quv yurtlariga tanlov asosida qabul qilish 
jarayonida ham samarali foydalanib kelinmoqda. 
Test – aniq maqsad asosida muayyan holat darajasini sifat va miqdoriy 
ko‘rsatkichlarda belgilashga imkon beruvchi sinov vositasi. 
Pedagogik amaliyotda testning bir qator afzalliklari ko‘zga tashlanadi. Ular 
quyidagilardir: 
1)nazorat uchun vaqtning kam sarflanishi; 
2) nazariy va amaliy bilim darajasini ob’ektiv sharoitda aniqlash imkonining 
mavjudligi; 
3) bir vaqtning o‘zida ko‘p sonli o‘quvchilar bilan nazoratni tashkil etish 
mumkinligi; 
4) bilim natijalarining o‘qituvchi tomonidan qisqa muddatda tekshirilishi; 
5) barcha o‘quvchilarga bir xil murakkablikdagi savollar berilib, ular uchun 
bir xil sharoitning yaratilishi. 
Bugungi kunda ham maktab amaliyotida besh balli baholash tizimidan 
foydalanilayotganligi bois pedagoglar mazkur tizimning rag‘batlantiruvchi rolini 
oshirish yo‘llarini izlamoqdalar. Bu borada bir necha usullardan foydalanilmoqda.
Xususan: 
1. Baholarni qo‘shish va ayrish alomatlari bilan ifodalash. Sinf jurnallarini 
yuritishning amaldagi qoidalari ifodaviy belgili baholarni qo‘llashga imkon 
bermaydi. Shu bois pedagog murosa qilib, sinf jurnaliga aniq baholarni qo‘yadi, 
plyus-minuslarni esa shaxsiy yon daftarchasida qayd etib boradi; 
2. Raqamni balli baho (qo‘shimcha baho) bilan to‘ldirishi. Bu usul instruktiv 
ta’qiqlarga ega emas, biroq pedagoglar tomonidan kam qo‘llaniladi, zero, bu usul 
dars davomida shusiz ham tanqisligi seziladigan vaqtni ko‘proq sarflashni talab 
etadi; 


3. O‘qituvchining kundalik daftarga baho qo‘yish bilan birga ota-onalar 
uchun qaydlarni yozishi. Bu usul o‘quvchining oila oldidagi mas’uliyatini 
kuchaytirishga asoslanadi. Quyidagi holat inobatga olinmasa, bunda biror g‘ayri 
oddiylik yo‘q. Kundalikda qayd etilgan yozuvlar mazmuni bilan tanishish ularning 
asosan salbiy mazmunda ekanligini ko‘rsatadi. Ma’lumki, salbiy fikrlar 
o‘quvchilarda ta’lim olishga bo‘lgan rag‘batni barbod qiladi. Tadqiqot 
natijalarining ko‘rsatishicha, 5-6-sinf o‘quvchilarida ta’lim olishga bo‘lgan 
rag‘batning pasayishini ta’minlovchi omil – aynan kundalikdagi salbiy 
mazmundagi qaydlardir. 
4. Kommunikativ motiv – tengdoshlarining munosabati, fikri. O‘quvchilar 
tengdoshlarining munosabati, fikrlariga nisbatan e’tiborsiz bo‘la olmaydilar. 
Pedagog ana shunday omildan foydalana olishi zarur, biroq uni suiste’mol qilish 
yaramaydi, zero, bunday yondashuv ham o‘quvchilarda ta’lim olishga bo‘lgan 
rag‘batni susaytiradi. XIX-XX asr boshlarida gimnaziyalarda shunday qoida ustun 
bo‘lgan: o‘quvchini jamoa oldida maqtash mumkin, lekin koyish mumkin emas. 
Bugun ham ta’lim amaliyotida ana shu qoidaga amal qilish foydadan holi emas. 
5. Kommunikativ ta’sirni kuchaytirish, bu o‘rinda o‘quvchilarni o‘z 
sinfdoshlarining muvaffaqiyatlari va muvaffaqiyatsizliklarini his qilish, unga 
yordam ko‘rsatishga o‘rgatishdan iborat; 
6. O‘zlashtirish ekranlaridan foydalanish. Sinfda ekran osib qo‘yilib, unda 
o‘quvchilarning barcha baho ko‘rsatkichlari qayd etib boriladi. Buning kamchiligi 
a’lochilarda kibrlanish, past o‘zlashtiruvchilarda esa befarqlik yuzaga keladi. 
Bunday holatning oldini olish uchun o‘quvchilarni axborotni to‘g‘ri qabul qilishga 
o‘rgatib borish zarur. 
7. O‘z-o‘zi bilan musobaqa tashkil etish, har hafta oxirida o‘quvchi o‘z 
faoliyatini tahlil etadi. Yakunlangan haftada o‘zlashtirish pasaysa, garchi u a’lochi 
bo‘lib qolaversa ham o‘quvchi musobaqada boy beradi. Aksincha, kuchsiz 
o‘quvchi yakunlangan haftada samarali ishlasa, g‘olib chiqqan hisoblanadi. O‘z-
o‘zi bilan musobaqada barcha o‘quvchilar teng sharoitda bo‘ladilar, ya’ni, past 
o‘zlashtiruvchi o‘quvchi bitta past bahoni kam olsa, yutgan, a’lochi o‘quvchi esa 


bitta a’lo bahoni kam olgan bo‘lsa yutqazadi. Anglanganidek, bu usul o‘zlashtirish 
uchun emas, balki o‘zlashtirishni yaxshilash uchun xizmat qiladi. 



Download 154.35 Kb.
  1   2




Download 154.35 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi

Download 154.35 Kb.
Pdf ko'rish