Particle Systems (zarrachalar tizimi)




Download 214.73 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana21.10.2023
Hajmi214.73 Kb.
#89625
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
“3Ds Max grafik muhitida amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish”
5-sif test, Ekologiya qonunlar, ZDIT 0917 (1)

Particle Systems (zarrachalar tizimi) 

bu kichik oʻlchamli obyektlarning 
uygʻunligidir. Zarrachalar tizimining qoʻl kelishi mumkin boʻlgan holatlarga 
yomgʻir, qor, tutun, olov, yulduzli osmon, favvora tomchilari, chaqinlar va boshqa 
vaziyatlarni modellashtirishni misol qilishimiz mumkin. 8 versiyadan boshlab turli 
vaziyatlarga qoʻl keladigan 7 ta asosiy zarralar manbasi mavjud: 
• 
PF Source (Particile Flow manbai) 
– 
zarralar oqimi. Bu 
zarrachalar oqimi favvora otilishidan raketaning tutunli otilishigacha boʻlgan 
barcha holatlarni oʻxshatib tasvirlashi mumkin; 
• 
Spray (Purkash) 

suv 
purkashi 
effektining 
oddiyroq 
koʻrinishini yaratadi; 
• 
Super spray (kuchli purkash) 

Spray funksiyasiga qaraganda 
mukamalroq parametrlarga ega; 
• 
Snow (Qor) 

yogʻayotgan qorning oddiy effektini yaratadi. 
Koʻplab parametrlarga ega ; 
• 
Blizzard (Dovul) 

Snow zarrachalarining mukammalashtirilgan 
koʻrinishi. Zarrachalarga turli obyektlar shaklini berish mumkin; 
• 
PArray yoki Particle Array (Qattiq zarrachalar) 

istalgan 
turdagi zarralarni modellashtirishi mumkin, hattoki portlashni ham; 
• 
PCloud yoki Particle Cloud (zarrachalar buluti) 

uch oʻlchamli 
yulduzli maydonlarni, qushlar toʻdasini va baliqlar uyurini tasvirlashga 
qulay. 
3ds Max Havok kompaniyasi tomonidan yaratilgan fizik hisoblash 
mexanizmi Reactorni qoʻllagan. Reactor qattiq jismlar, yumshoq jismlar, matolar 
va boshqalarni fizik nuqtayi nazardan modellashtirish imkonini berardi. 2012 (14) 
versiyasidan boshlab Reactor toʻplamdan olib tashlandi. Uning oʻrniga MassFX 
moduli keldi. 7.5 versiyasidan boshlab 3ds Maxda soch, moʻy, jun, oʻt, tuklar va 
boshqalarni modellashtira oluvchi Hair& Fur moduli oʻrnatildi. 
3ds Max turli vazifalarni bajaruvchi plaginlarga ega. Har bir plagin maʼlum 
ishni bajaradi. Ular yordamida olov, suv, tutun va boshqalarni haqiqiy effektilarini 
yaratish mumkin. Plaginlar tashqi oʻrnatiladigan modul hisoblanib, 3ds Max 
dasturidan alohida sotiladi yoki ularni inernetdan bepulga yuklab olish mumkin. 
Plaginlar maxsus kompaniyalar yordamida yoki qiziquvchi-dasturchilar tomonidan 


yaratiladi. 3ds Max dasturining qoʻshimcha modullari nihoyatda koʻp boʻlib, hatto 
dastur standart vositalaridan oʻn barobar oshib ketadi. Plaginlar koʻplab masalarni 
yechishda yordam beradi, masalan, vizualizatsiya hisob-kitobini tezlashtiradi, 
obyektlarni modellashtirishni tezlashtiradi. Particle Flow, Cloth FX, Reactor kabi 
qoʻshimcha modullar shu darajada mashxur boʻlib ketdiki, ularni 3ds Max 
dasturiga moslashtirishga qaror qilindi, endi ular dasturning bir qismi hisoblanadi. 
Quyida 3ds Maxning baʼzi plaginlari roʻyxati keltirilgan: 
• 
Fume FX 

olovning, gulxan uchquning, tutunning va h.k.ning 
fotorealistik effekti. 
• 
Feniks FD 

olov va tutunni hosil qilish uchun Chaos Groupdan 
FumeFXning muqobili. 
• 
DreamScape 

turli xil landshaftlar, togʻlar, osmon, atmosfera 
effektlari va b. 
• 
AfterBurn 

osmon, tutun, porlash va b.ning fotorealistik 
effektini beradi. 
• 
GrowFX . 

istalgan turdagi oʻsimliklarni yaratadi. Yaratilgan 
har bir oʻsimlikni jonlantirish mumkin. 

Download 214.73 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 214.73 Kb.
Pdf ko'rish