• 1. Hisob-fakturadan (invoys).
  • 2. "Yorliqlar" bolimidan.
  • #6.2 Shtrix-kodni shakllantirish va chop etish




    Download 116.13 Kb.
    bet22/41
    Sana16.05.2023
    Hajmi116.13 Kb.
    #60086
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   41
    Bog'liq
    UZUM manuals website text (1)
    POPOVA Day2 Part2, Otaniyozov.O.O-1, Хитой 1945-2010 йилларда-fayllar.org

    #6.2 Shtrix-kodni shakllantirish va chop etish


    Agar mahsulotda 13 ta raqamdan iborat bo’lgan EAN-13 formatidagi ishlab chiqaruvchining shtrix-kodi oldindan mavjud bo'lsa, kartani yaratish bosqichida tegishli katakchani belgilang va shtrix-kodni maxsus maydonga kiriting. Bu holda, siz tovarlarga qo'shimcha shtrix-kodlarni yopishtirishingiz shart emas.
    Istisnolar:

    • Mahsulot qo'shimcha individual qadoqlarda (plyonka, quti va boshqalar) bo'lib, u orqali shtrix kodi ko'rinmaydi. Bunday holda, zavod shtrix kodini quyidagi ko'rsatmalarga muvofiq chop etish va uni o'qish oson bo'ladigan tarzda qadoqqa yopishtirish kerak.

    • Shtrix-kod aks ettiruvchi yuzada joylashgan (skaner uni o’qiy olmaydi);

    • Shtrix-kod boshqa sotuvchi tomonidan foydalanilmoqda.

    Agar mahsulotingizda shtrix-kod bo'lmasa yoki undan ozod qilingan bo'lsa, ikkita usuldan birida yangi shtrix-kodlarni chop eting:
    1. Hisob-fakturadan (invoys).
    Agar siz hisob-fakturani yaratgan bo'lsangiz, eng oson yo'li hisob-fakturaning o'zidan shtrix-kodlarni chop etishdir. Buni amalga oshirish uchun "Hisob-fakturalar" bo'limiga o'ting, avval yaratilgan hisob-fakturani bosing va ochilgan oynada "Shtrix-kodlar" tugmasini bosing. Keyin shtrix-kod o'lchamini va printer turini (printer, termo-printer) tanlang, kodlarning sonini tekshiring va yashil rangli "Shtrix-kodlarni chop etish" tugmasini bosing.
    2. "Yorliqlar" bo'limidan.
    Agar siz shtrix-kodlarni chop etishni va hisob-fakturani yaratishdan oldin tovarlarni qadoqlashni boshlamoqchi bo'lsangiz, shaxsiy kabinetingizning chap tomondagi menyusida "Yorliqlar" bo'limida kerakli miqdordagi shtrix-kodlarni chop etishingiz mumkin. Buning uchun hisob-fakturaga kiritiladigan tovarlarni tnlang va o'ng tarafdagi oynaga o'tkazing. Buning uchun kerakli mahsulotni bosing va u darhol "Tanlanganlar" oynasiga o'tadi. Keyinchalik, har bir turdagi mahsulot uchun kerakli miqdordagi shtrix kodlarini kiritishingiz darkor, printer turini (printer, termo-printer) va shtrix kodlarning o'lchamini (mahsulotning o'lchamiga qarab) tanlang. So'ngra, "Shtrix-kodlarni chop etish" tugmasini bosing va ularni chop eting (siz ularni PDF formatida ham saqlashingiz mumkin).
    Muhim:

    • Agar siz zavod shtrix-kodi bo'lgan mahsulotga shtrix-kodni yopishtirayotgan bo'lsangiz (masalan, agar u boshqa yetkazib beruvchi tomonidan qo'llanilayotgan bo'lsa), yangi shtrix-kodni eski kod ustidan yopib yopishtirishingiz muhim. Aks holda, mahsulotni aniqlash qiyinroq bo'ladi va uning yo'qolishiga sabab bo'lishi mumkin.


    • Download 116.13 Kb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   41




    Download 116.13 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    #6.2 Shtrix-kodni shakllantirish va chop etish

    Download 116.13 Kb.