3-DARS
MA’LUMOTLARNI BULUTDA SAQLASH
MA’LUMOTLARNI BULUTDA SAQLASH
205
Bulutli saqlash
(ing.
cloud storage
) – ma’lumotlarning mijozlar foydalanishi uchun
taqdim etilgan tarmoq serverlaridagi joylarda bulut provayderlari tomonidan onlayn
saqlanishi.
Axborotni onlayn tarzda saqlashda bulutga ma’lumotlaringizni yuborayotganday tuyulgani
bilan bu ma’lumotlar kompyuterda, odatda, bulut xizmatini taklif etuvchi provayder serverida
saqlanadi. Ya’ni – bu istalgan vaqtda kerak bo‘lishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni saqlash
uchun arzon va keng tarqalgan saqlash usuli. Bulutda saqlash bir nechta afzallik va
kamchiliklarga ega.
Bulutda ma’lumotlarni saqlash, eng avvalo, bulut xizmatini taqdim etuvchi tizimlar tavsiya
etgan saqlash hajmiga bog‘liq. Bunda e’tiborni bepul saqlash, tariflar va yuklab olinadigan fayl
maksimal hajmiga qaratish lozim. Shu bilan birga, bulutli xizmatlarning doirasi cheklangan
bo‘lib, ular faqat zarurat tug‘ilganda qo‘shimcha xarajatlar evaziga kengaytirilishi mumkin.
Jadvalda bepul foydalanish uchun joy hajmi keltirilgan mashhur bulut xizmatlarini taqdim
34-dars. MA’LUMOTLARNI BULUTDA SAQLASH
Internetdan foydalanuvchilar soni oshib borgani sayin ma’lumotlarni onlayn ravishda
saqlash ham ommalashmoqda. Fayllarni almashish, katta hajmdagi ma’lumotlarni flesh-
karta, disklarda saqlash o‘rniga asta-sekin onlayn ravishda saqlash kundan kunga kuchayib
bormoqda. Onlayn saqlash
uchinchi darajali
yoki
bulutda saqlash
deb ham nomlanadi.
Bunda ma’lumotlarni saqlash uchun Internet tarmoqlaridan foydalaniladi.