|
I V BOB.
MOBIL ILOVA TUSHUNCHASI Pdf ko'rish
|
bet | 179/265 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 49,29 Mb. | | #244032 |
Bog'liq 11-sinf yangi darslik 172 varaq IP adresI V BOB.
MOBIL ILOVA TUSHUNCHASI
240
Ko‘ngilochar mobil dasturlar audio va videopleyer, tasvir va elektron kitoblarni namoyish
qiluvchi dasturlarni hamda o‘yinlarni o‘z ichiga oladi.
Kommunikatsion dasturlar foydalanuvchi telefoni, SMS, elektron pochta aloqalari, ijtimoiy
tarmoqlar orqali muloqot uchun javobgardir.
Navigatsiya dasturlariga GPS tizimi, elektron xarita hamda geografik koordinatalar bilan
ishlaydigan dasturlar kiradi.
Ma’lumot beruvchi dasturlar tarkibiga turli lug‘at va ensiklopediyalar, qidirish tizimi mavjud
ma’lumotlar bazalari kiradi.
Amaliy dasturlarga qayd dasturlari, organayzerlar, kalkulyator, grafik va matn bilan ishlash
dasturlari kiradi.
Bundan tashqari, mobil ilovalar turlarida yana bir tasnif mavjud. Ular ish xususiyatlariga ko‘ra,
3 ta guruhga: gibrid, mahalliy, saytlar uchun mobil dasturlarga bo‘linadi.
Mahalliy va veb-dasturlar o‘rtasida oraliq mavqega ega. Ularda smartfon texnik
vositalari (kamera, mikrofon, geolokatsiya, manzillar kitobi)ga kirish imkoniyati
cheklangan. Serverda joylashtirilgan tashqi manbadan tarkibni yuklab olishda Internetga
ulanishni talab qiladi.
Kamchiliklari: oz miqdordagi ma’lumot asosida ishlaydi; dizayn ekran o‘lchamlari
kattalashishiga mos kelmaydi, bu esa noqulayliklarni tug‘diradi.
Muayyan operatsion tizim (iOS, Android, Windows) uchun yaratilgan. Foydalanuvchilar
kattaroq auditoriyasini qamrab olish uchun turli operatsion tizimlar uchun bir nechta
alohida dastur ishlab chiqishi kerak. Ular bir xil funksiyalarni bajarishi, bir xil dizaynga ega
bo‘lishi mumkin, ammo har xil dasturligicha qoladi. Bunday ehtiyoj loyiha vaqti hamda
rivojlanish byudjetini oshiradi.
MAHALLIY ILOVALAR
GIBRID ILOVALAR
3-DARS
MOBIL ILOVA TUSHUNCHASI
|
| |