|
I BOB.
MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA Pdf ko'rish
|
bet | 200/265 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 49,29 Mb. | | #244032 |
Bog'liq 11-sinf yangi darslik 172 varaq IP adresI BOB.
MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA
268
Kompyuterga zararli dasturlar kirganligining bir qancha belgilari mavjud:
•
ekrаngа ko‘zdа tutilmаgаn хаbаr, tаsvirlаrni chiqаrish hamda ovozli хаbаrlаrning
bеrilishi;
• disk yurituvchilarning o‘z-o‘zidan ochilib-yopilishi, tez-tez qattiq diskka kirish;
• turli dasturlarning o‘z-o‘zidan ishga tushirilishi;
•
оldin muvаffаqiyatli ishlаgаn dаsturlаrning ishlаmay qolishi yoki nоto‘g‘ri ishlаshi;
•
kоmpyutеrning sеkin ishlаshi;
•
оpеrаtsiоn tizimning yuklаnmasligi;
•
diskdаgi fаyllаr sоnining keskin оshib kеtishi;
•
fаyl vа kаtаlоglаrning yo‘qоlib qоlishi;
•
kоmpyutеr ishlаsh jarayonida tеz-tеz bo‘lаdigаn “оsilib qоlish”, buzilish va hokazolar.
Internetning rivojlanishi viruslarning tarqalishiga ham kuchli ta’sir ko‘rsatdi. Avvallari
virmeykerlarning asosiy maqsadi kompyuterni yo‘q qilishdan iborat bo‘lgan bo‘lsa, endi
viruslarning asosiy faoliyati kompyuterdan turli ma’lumotlarni o‘g‘irlash, unga begonalarning
kirishiga ruxsat berishga aylandi.
Ma’lumotlarni o‘g‘irlovchi viruslar kompaniya maxfiy hujjatlarini tarqatish orqali ularga
jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Bunday viruslar bank, harbiy soha yoki davlat siyosatiga
taalluqli maxfiy ma’lumotlar saqlanadigan kompyuterlarga tushsa, nima bo‘lishini tasavvur
qilishning o‘zi qo‘rqinchli hol. Masalan, kompyuter viruslari har yili jahon iqtisodiyotiga 1,5
trillion dollar miqdorida moliyaviy zarar yetkazar ekan. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, har yili
har uchta kompyuterdan bittasi yiliga kamida bir marta virusli hujumlarga uchrar ekan.
BU QIZIQ!
Zararli dastur yaratilgan dastlabki vaqtlarda oddiy foydalanuvchi ishiga xalal
beruvchi hazil-viruslar mashhur bo‘lgan ekan. Ulardan biri "Bir vaqtning o‘zida L +
A + M + E + R + F1 + Alt tugmachalar birikmasini bosing" kabi xabarni aks ettiribdi.
Foydalanuvchi ko‘rsatmaga amal qilishi bilan, fayl joylashuvi jadvali qattiq diskdan
o‘chirilgani va tezkor xotiraga yozilgani, agar foydalanuvchi barmoqlarini birorta
tugmachadan olsa, o‘sha zahoti qattiq diskdagi barcha ma’lumotlar bilan "xayrlashishi"
mumkinligi, agar shu holatda 1 soat tura olsa, barchasi avvalgi holatiga qaytarilishi
haqida xabar chiqqan. Bir soat o‘tgach esa buning hazil ekanligi ma’lum bo‘lgan.
|
| |