|
I BOB.
MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA Pdf ko'rish
|
bet | 198/265 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 49,29 Mb. | | #244032 |
Bog'liq 11-sinf yangi darslik 172 varaq IP adresI BOB.
MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA
266
55–56-DARSLAR. KOMPYUTER XAVFSIZLIGI VA
ANTIVIRUS DASTURLARI
Zamonaviy kompyuter tizimlarining
yaratilishi hamda Internet tarmoqlarining
paydo bo‘lishi axborotlarni himoya qilish
muammosining xarakteri va ko‘lamini
keskin o‘zgartirib yubordi.
Yuqori ahamiyatga molik maxfiy
axborotlardan foydalanish, ularni
o‘zgartirish, nusxalash kabi amallar
jismoniy va yuridik shaxslar vakolatlari
bilan aniqlanadi. Axborot o‘ta muhim
bo‘lganligi sababli ular saqlanadigan kompyuter tizimlariga nisbatan salbiy harakatlar sodir
etilishi mumkin. Masalan, buzg‘unchi o‘zini boshqa foydalanuvchi kabi ko‘rsatishga intilishi,
aloqa kanalini bildirmasdan eshitib olishi yoki tizim foydalanuvchilari o‘zaro almashayotgan
axborotni ushlab olishi va o‘zgartirishi mumkin. Yomon niyatli odamlar maxfiy axborotlarni
o‘g‘irlash, buzish yoki yo‘q qilish kabi g‘arazli maqsadlarini amalga oshirish uchun zamonaviy
kompyuter tizimlari va tarmqlaridan foydalanib kelmoqda. Shunga o‘xshash xavflardan
himoyalanish uchun oldindan ularning amalga oshirilish yo‘llarini aniqlash, so‘ngra axborotni
himoya qilishga mos tizimni ishga tushirish lozim.
Axborotning ishonchliligi va butunligini ta’minlash maqsadida turli usul va vositalarni
ishlatish, choralar ko‘rish va tadbirlar o‘tkazish orqali kompyuter xavfsizligini ta’minlash
mumkin. Kompyuterni zararli dasturlardan himoya qilish muammolari operatsion tizim,
dasturlar, shuningdek, kompyuterga o‘rnatilgan qurilmalar yordamida hal etiladi.
Axborotlarni muhofaza qilishga bo‘lgan asosiy tahdidlaridan biri – kompyuterga “kirib
olgan” zararli dasturlardir. Ular ma’lumotlarning yaxlitligiga tahdid solishi mumkin. Zararli
dasturlarning eng keng tarqalgan turi –
kompyuter viruslari
.
Kompyuter virusi
dastur, hujjat yoki axborot tashuvchi
qurilmalarning ma’lum bir qismiga kirib
oluvchi parazitar dastur kodi hisoblanadi.
Parazitar dastur kodi kompyuterda
turli zararli ishlarni amalga oshiradi.
О‘zidan nusxa kо‘chirish, axborotdan
ruxsatsiz foydalanishni amalga oshirish
|
| |