Ko‘zning yoy va to‘r pardasi (irisi) orqali identifikatsiyalash




Download 49,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet195/265
Sana19.05.2024
Hajmi49,29 Mb.
#244032
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   265
Bog'liq
11-sinf yangi darslik 172 varaq IP adres

Ko‘zning yoy va to‘r pardasi (irisi) orqali identifikatsiyalash
Nutq xususiyatlari orqali identifikatsiyalash


I BOB. 
MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA
263
Biometrikada tanib olish uchun qo‘lning o‘lchami va shakli, 
shuningdek, qo‘ldagi barmoq suyaklari burmalari, qon tomirlari 
“naqsh”lari, barmoqlar uzunligi, qalinligi va egriligi, qo‘lning 
umumiy tuzilishi, bo‘g‘inlar orasidagi masofa, kaftning kengligi 
va qalinligi kabi xususiyatlar qo‘llaniladi. Infraqizil kamera 
qo‘lning tashqi yoki ichki qismini suratga oladi. Tomirlarning 
shakli qondagi gemoglobin infraqizil nurlanishni yutishi tufayli 
hosil bo‘ladi. Natijada, aks ettirish darajasi pasayadi va kamerada tomirlar qora chiziqlar 
sifatida ko‘rinadi. Qabul qilingan ma’lumotlarga asoslangan maxsus dastur raqamli kodni 
yaratadi. Qo‘l bilan tanib olish skanerlari aeroport, bank, atom elektr stantsiyalari kabilarda 
o‘rnatiladi.
Yuzni identifikatsiya qilish usuli biometrik texnologiyalar 
orasida eng ko‘p tarqalgan va ommabop usul hisoblanadi. 
Usul odamni bezovta qilmaydi, chunki uning tan olinishi 
uzoqdan amalga oshiriladi (odam daxlsiz, harakat erkinligi 
cheklanmagan). Bu texnologiya, odatda, boshqa biometrik 
usullarga yordamchi usul sifatida ishlatiladi. Insonning yuz 
xususiyatlari uning tarixi, yoqtirgan va yoqtirmaganlari, 
kasalliklari, hissiy holati, atrofdagilarga bo‘lgan his-tuyg‘ulari va ularga nisbatan niyatlarini 
aytib berishi mumkin. Bularning barchasi, masalan, potensial jinoyatchilarni aniqlash uchun 
alohida qiziqish uyg‘otadi. Identifikatsiya paytida biometrik tizim yuz xususiyatlari (burun, 
lablar, qoshlar, ular orasidagi masofa, yuzning shakli va rangi, soch rangi va boshqalar)
ni tavsiflovchi ma’lumotlarni avtomatik ravishda tanlaydi va qayta ishlaydi. Yuz kontrasti 
o‘zgaradigan joylarning koordinatalari muhim xususiyatlarga kiradi (qosh, ko‘z, burun, quloq, 
og‘iz va boshqalar). Ushbu ma’lumotlarga asoslanib, identifikatorlarning raqamli modellari 
shakllantiriladi, so‘ngra ular bir-biri bilan taqqoslanadi. Hozirgda berilayotgan chet el 
pasportlaridagi chiplarda pasport egasining raqamli fotosurati joy olgan.

Download 49,29 Mb.
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   265




Download 49,29 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ko‘zning yoy va to‘r pardasi (irisi) orqali identifikatsiyalash

Download 49,29 Mb.
Pdf ko'rish