• I BOB. MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA 259
  • Va axborot texnologiyalari 11-sinf toshkent – 2021




    Download 49,29 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet192/265
    Sana19.05.2024
    Hajmi49,29 Mb.
    #244032
    1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   265
    Bog'liq
    11-sinf yangi darslik 172 varaq IP adres

    (konfidensialligi –
    ruxsatsiz о‘qishning mumkin emasligi). 
    Maxfiy yoki sirli axborotning taqdim etilishi, 
    oshkor bo‘lishi yoki unga murojaat qilinishi 
    mumkin bo‘lmagan shaxslarga ruxsatsiz 
    tarqalishi natijasida buziladi.
    Axborotning maxfiyligi kriptografik himoya usullaridan biri bo‘lmish shifrlash usullari 
    asosida amalga oshiriladi. Shifrlash usullari yordamida ochiq ma’lumot yashiringan 
    ko‘rinishdagi shifrmatn holatiga aylanadi. Bu esa uni ruxsatsiz foydalanishdan asraydi. 
    Masalan, noutbukni o‘g‘irlash va undagi fayl yoki dasturlardan noqonuniy nusxa ko‘chirish, 
    parolni o‘g‘irlash, elektron pochta xabarlarini noto‘g‘ri (yuborilishi kerak bo‘lmagan) 
    shaxslarga yuborish. 


    I BOB. 
    MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA
    259
    Yaxlitlik
    (butunlik) ma’lumotlarni ruxsatsiz 
    o‘zgartirishlar (masalan, qo‘shish, o‘chirish 
    yoki o‘zgartirish)dan himoya qilish uchun 
    mo‘ljallangan. Axborotning yaxlitligi 
    ma’lumotni uzatish davomida unga 
    o‘zgartirish kiritilgan yoki kiritilmaganligi 
    bilan aniqlanadi. Ya’ni ma’lumot yomon 
    niyatli (buzg‘unchi) shaxs tomonidan 
    ataylab o‘zgartirilishi (almashtirish, o‘chirib tashlash) natijasida buzilishi mumkin. Bunday 
    xavf, ayniqsa, axborotni uzatish tizimlari, kompyuter tarmoqlari, radiotexnika tizimlari uchun 
    dolzarbdir. Masalan, elektron pochta xabarlari yoki boshqa elektron hujjatlar mazmunini 
    o‘zgartirib yuborish. 
    Mavjudlik
    choralari qo‘llab-quvvatlash tizimlari ishini himoya qilish, foydalanuvchilarga kerak 
    bo‘lgan vaqt (yoki davr)da ma’lumotlarning to‘liq mavjudligini ta’minlashga mo‘ljallangan. 
    Qaror qabul qilish uchun zarur bo‘lgan vaqtda ma’lumotlarning ishlashini, ya’ni ulardan 
    foydalanish mumkinligini ta’minlash mavjudlik prinsipining asosiy maqsadi sanaladi. Masalan, 
    kompyuterning buzilishi yoki Internet orqali zararli dasturlarning ommaviy hujumga uchrashi 
    natijasida veb-sayt foydalanuvchilari so‘rovlarga javob berilmasligi yoki axborotlardan istalgan 
    vaqtda foydalanish imkoniyatining mavjud bo‘lmasligi. Deylik, 1-foydalanuvchi tizimning 
    qaysidir xizmatidan foydalanish uchun so‘rov yuborsa, 2-foydalanuvchi esa bu xizmatdan 
    foydalanishni bloklab qo‘ygan bo‘lsa, 1-foydalanuvchi tizimdan o‘sha xizmat uchun rad 
    javobini oladi.
    Xavfsizlik uchligi (triadasi)ning mazkur 3 ta prinsip (qoida)larini samarali bajarish axborot 
    xavfsizligi nuqtayi nazaridan ideal natijani yaratadi. 
    Birorta tashkilot o‘z biznes operatsiyalari davomida foydalanadigan maxfiy ma’lumotlarni 
    oladi yoki yaratadi. Ma’lumotlar maxfiy bo‘lganligi sababli ular tashkilot xodimi uchun faqat 
    o‘z vakolat doirasidagi topshiriqlar (xizmat vazifalari)ni bajarish vaqtidagina mavjud bo‘lishi, 
    unga ruxsatsiz kirishdan himoyalangan bo‘lishi kerak. Bunday holat maxfiylik xususiyatiga 
    rioya qilishga misol bo‘la oladi.
    Topshiriqlarni bajarish vaqtida xodim tashkilot maxfiy ma’lumotlariga murojaat qilishi zarurati 
    tug‘iladi. Topshiriq o‘z vaqtida bajarilishi, kompaniya ma’lumot ustida yana qayta ishlashni 
    davom ettira olishi uchun xodim maxfiy ma’lumotga o‘sha paytning o‘zida tez (onlayn) va 
    oson kirishi, undan foydalana olishi ta’minlangan bo‘lishi kerak. Buni mavjudlik xususiyatining
     
    ta’minlanishiga
     
    misol tariqasida ko‘rsatish mumkin.
    Ko‘pincha tashkilotlar biznes qarorlarni qabul qilish yoki investitsiyalarga ta’sir etuvchi hisob-
    kitoblarni amalga oshirishda maxfiy ma’lumotlardan foydalanadi. Bunday vaqtlarda to‘g‘ri, 
    aniq hisob-kitob va natijalarga asoslangan ma’lumotlarga tayanib qaror qabul qilish juda 
    Axborotning yaxlitligi (butunligi – ruxsatsiz 
    yozishning mumkin emasligi)
    uning sifati va ishonchliligi buzilishiga, to‘liq 
    yo‘qotilishiga yoki axborotning o‘zgarishiga 
    yo‘naltirilgan ta’sirlar natijasida buziladi. 



    Download 49,29 Mb.
    1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   265




    Download 49,29 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Va axborot texnologiyalari 11-sinf toshkent – 2021

    Download 49,29 Mb.
    Pdf ko'rish