|
I BOB.
MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA Pdf ko'rish
|
bet | 213/265 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 49,29 Mb. | | #244032 |
Bog'liq 11-sinf yangi darslik 172 varaq IP adresI BOB.
MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA
282
Tashqi xotira qurilmasida zaxira nusxalarini yaratish
Tashqi USB-xotira qurilmasi va birlashtirilgan zaxira
funksiyalaridan foydalanib, to‘g‘ridan to‘g‘ri shu
qurilmaning o‘zida zaxira nusxasini yaratish mumkin.
Zaxiralash yoki nusxalash uchun Windows 8/10
operatsion tizimlarida “Back up using File History”
(Резервное копирование с использованием
история файлов), Mac qurilmalarida esa “Time
Machine” funksiyasidan foydalaniladi.
Buning uchun kompyuterda zaxira funksiyasini
faollashtirish va tez-tez tashqi xotira qurilmasini
kompyuterga ulash kerak bo‘ladi.
Afzalligi
– yuqori tezlik.
Kamchiligi.
Agar zaxira nusxa saqlanayotgan tashqi
qurilma yo‘qolsa yoki zarar ko‘rsa, nusxalangan barcha
ma’lumotlar yo‘q bo‘lib ketadi, ya’ni qayta tiklashning
imkoni bo‘lmaydi.
2. Internet xizmatlari yordamida zaxira nusxalarini yaratish
Fayllar xavfsizligini ta’minlashning yana bir yo‘li bu
Backblaze, Carbonite va Mozy kabi serverlar yordamida
ularning zaxira nusxalarini yaratishdir. Bu dasturlar fonda
avtomatik tarzda fayllar nusxalarini yaratadi. Agar fayllar
yo‘qolsa, ularni xohlagan vaqtda tiklash mumkin.
Afzalligi.
Onlayn rejimda amalga oshirilgan zaxira fayllar
yuz berishi mumkin har qanday xavfdan holi bo‘ladi.
Kamchiligi.
Serverlar xizmatlaridan foydalanish to‘lovli.
Katta hajmdagi ma’lumotlar nusxasini yaratish uchun
(tashqi xotira qurilmasiga ketgan vaqtga nisbatan)
ko‘proq vaqt talab qilinadi.
ma’lumotlarning zaxira nusxasi maxsus dasturlar yordamida yaratiladi. Shuningdek,
operatsion tizim, unga o‘rnatilgan dasturlar hamda tizim sozlamalarining zaxira nusxalarini
ham yaratish mumkin. Ma’lumotlarni zaxiralashning ko‘p usullari mavjud bo‘lib, ularning har
biri o‘ziga xos afzallik va kamchiliklarga ega.
|
| |