7-DARS
MA’LUMOTLARNI SO‘ROVLAR YORDAMIDA SARALASH
47
13) so‘rov natijasini ko‘rish uchun “Выполнить” (ijro etish)
tugmachasi
(12)
bosiladi;
14) natija jadval ko‘rinishida namoyon bo‘ladi
(13);
15) natija kutilganidek bo‘lmagan taqdirda so‘rovni o‘zgartirish talab etiladi.
Buning uchun “Главная” panelidan
(14)
“Режим”
uskunasi
(15)
tanlanadi;
16) ochiladigan ro‘yxatdan “Конструктор” buyrug‘i tanlanadi va yaratilgan
so‘rov tahrirlanadi;
17) yaratilgan so‘rovni saqlash uchun “Ctrl+S”
tugmachalari birgalikda
bosiladi;
18) so‘rovga “Oddiy so‘rov” nomi beriladi
(16)
va Ok
tugmachasi bosiladi;
19) so‘rov ma’lumotlar bazasining
obyektlar sohasida paydo
bo‘ladi
(17).
Ma’lumotlarni ko‘p jadvalli so‘rovlar yordamida saralash
Ko‘p jadvalli so‘rovlar bir nechta jadvaldagi ma’lumotlarni
umumlashtirish va saralash
uchun qo‘llaniladi. Ma’lumki, ma’lumotlar bazasi bitta mavzuga oid ma’lumotlarni bir
qancha jadvallarda saqlaydi. Bazadan foydalanish jarayonida ikkita yoki undan ortiq
jadvalning ma’lum bir maydonlaridan yangi jadval yaratish talab etilishi mumkin. Masalan,
so‘rov yordamida “Kutubxona a’zolari”, “Kitoblar” va “Qaydnoma”
jadvallaridagi bir nechta
maydondan yangi jadval yaratish mumkin. Jadval o‘zida kim qanday kitob o‘qiganligi haqida
ma’lumotlarni saqlaydi. Demak, 3 ta jadval uchun so‘rov yaratish
orqali yangi jadval hosil
qilishni o‘rganamiz.