I BOB.
MA’LUMOTLAR BAZASIDA HISOBOT YARATISH
56
11. Yaratilgan hisobotni saqlash uchun “Ctrl+S”
tugmachalari
birgalikda bosiladi. Saqlash oynasida hisobotga “Umumiy jadval
hisoboti” nomi beriladi (15) va Ok tugmachasi bosiladi.
12. Hisobot saqlangandan so‘ng ishchi maydonning chap
tomonida joylashgan navigatsiya maydonining “Отчеты”
bo‘limida “Umumiy jadval hisoboti” nomli hisobot paydo bo‘ladi (16).
Hisobotni chop etish va kompyuter xotirasiga saqlash
Odatda, hisobotlar yaratilganidan so‘ng natija printer yordamida
chop etiladi hamda birorta
hujjat formati ko‘rinishida kompyuter xotirasiga saqlanadi. Bu jarayonlar quyidagi ketma-
ketlikda amalga oshiriladi:
1) “Конструктор” panelidan (1) “Режим” uskunasi (2)
tanlanadi;
2) ochiluvchi ro‘yxatdan “Предварительный просмотр” buyrug‘ini (3) tanlash orqali hisobotni
chop etish va saqlashga yordam beruvchi oyna ochiladi;
3) hisobot “Предварительный просмотр” oynasida ochiladi. Bu yerda hisobot joylashgan
sahifa o‘lchamlari (4), chegaralari (5), yo‘nalishi (6) va boshqa parametrlarni o‘rnatish mumkin;
4) Hisobotni o‘qish va undan foydalanish oson bo‘lishi uchun *.pdf formatga o‘tkazish lozim.
Buning uchun “PDF или XPS” uskunasi (7) tanlanadi;
Access dasturida hisobotlar shu ketma-ketlikda yaratiladi va ma’lumotlar
bazasiga saqlanadi.