|
PYTHONDA TTS (TEXT-TO-SPEECH) DASTURINI TUZISH Pdf ko'rish
|
bet | 84/265 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 49,29 Mb. | | #244032 |
Bog'liq 11-sinf yangi darslik 172 varaq IP adresPYTHONDA TTS (TEXT-TO-SPEECH) DASTURINI TUZISH
17-dars. PYTHONDA STT (SPEECH-TO-TEXT)
DASTURINI TUZISH
STT dasturi turli tillardagi ovozli axborotlarni matn ko‘rinishiga o‘tkazuvchi dastur bo‘lib, u
inson nutqini yoki audio ko‘rinishidagi axborotlarni elekron matn shaklida kompyuter yoki
telefonga yozish imkoniyatini taqdim etadi. O‘qish yoki ish jarayonida matnli ma’lumotlarni
klaviatura yordamida kompyuterga kiritamiz. Bu jarayon talaygina vaqtni talab etadi. Bunday
vazifani STT dasturi yordamida bir necha marta tez amalga oshirishimiz mumkin. Bu esa
foydalanuvchi vaqtining tejalishi va ish samaradorligining ortishiga olib keladi. Shu bilan birga,
STT dasturi inson nutqini turli yot ovozlardan ajrata olish imkoniyatiga ega. Bu esa shovqinli
joylarda ham STT dasturlaridan foydalanish mumkinligini anglatadi. Bunda STT dasturi katta
ma’lumotlar bazasi bilan ishlaydi. Shuningdek, u ovozli tovushlarni orfografik qoidalar asosida
matn ko‘rinishiga ham o‘tkazadi. Shu boisdan ayrim STT dasturlari matnini audioma’lumot
ko‘rinishida konvertatsiya qilish jarayoni biroz sekinroq amalga oshishi mumkin.
Transkripsiya
(ingl.
transcriptio
– ko'chirib yozish) – nutq tovushlari talaffuzini aniq
ifodalash uchun ishlatiladigan yozuvning sunʼiy (shartli) turi; nutq bo'laklari (tovush,
bo'g'in, so'z)ning tovush sifatlarini yozuvda aniq aks ettirish usuli.
Bugungi kunda ko‘plab zamonaviy STT dasturlari yaratilgan bo‘lib, ular foydalanuvchilar
tomonidan faol ravishda qo‘llanilib kelinmoqda. Ular sirasiga Google Docs, Google Cloude
API, Dragon Anywhere, Otter, Verbit, Speechmatics, Braina Pro, Microsoft Azure va
boshqalarni kiritish mumkin. Ular vazifasi bilan qisqacha tanishib chiqamiz.
Google Docs
– ovozli terish imkoniyati. Matnli hujjatlarni inson nutqi orqali
yozishga yordam beruvchi eng yaxshi xizmatlardan biri hisoblanib, matn
dasturi bilan o‘zaro hamkorlikda ishlaydi. Dasturdan foydalanish uchun
Internet va kompyuter brauzeri kerak bo‘ladi. Dasturda ovoz bilan yozish
davomida 100 dan ortiq maxsus buyruqlardan foydalanish mumkin.
Buyruqlar nuqta, vergul, chiziqcha kabi belgilarni qo‘yishi yoki boshqa
amallarni bajarishga yordam berishi mumkin. Google Docsda ovoz
yordamida yozish uchun “Asboblar” menyusidan “Ovoz bilan yozish” buyrug‘ini tanlash lozim.
So‘ngra Googlega kompyuter mikrofoniga kirishga ruxsat berish talab etiladi. Dasturdan
foydalanish esa mutlaqo bepul.
|
| |