• “Sensing” bo‘limi bloklari va ularning vazifalari
  • I BOB. DASTURLASH TEXNOLOGIYASI. OBYEKTLARNI BOSHQARISH
  • Shart asosida takrorlanuvchi jarayon




    Download 24.61 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet14/110
    Sana03.02.2023
    Hajmi24.61 Mb.
    #40929
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   110
    Bog'liq
    informatika 6-sinf
    Alimbetova Mexriban, DEFIKTALOK, 969696, 10.10.34, TASAVVUF TA’LIMOTIDA ZOHIDLIK HARAKATLARI, O’zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini tartibga solish, 1231, 1, Амбулаторная хирургия детского возраста. Учебное пособие, Dinora mustaqil ish, There is nothing to tell, 1. Shorlangan tuproqlar, 1701606870 (2), Maktabgacha ta\'lim tashkilotlarida ertak terapiyadan foydalanish-fayllar.org
    Shart asosida takrorlanuvchi jarayon
    Deylik, siz arifmetik amallarni bajarishga oid soddagina o‘yin dasturi loyihasini tuzmoqchisiz. 
    Bunda o‘yinchi noto‘g‘ri javob bersa, o‘yinning o‘zi unga yana imkoniyat berib, savolni qayta so‘raydi. 
    Bunday holat o‘yinchi to‘g‘ri javob bergunga qadar davom etaveradi. 
    O‘yinchi savolga to‘g‘ri javob berishi uchun unga necha marta imkoniyat berilishi kerakligini 
    bilmaganingiz sababli, bu yerda siz takrorlash bloklaridan foydalana olmaysiz. O‘yinchi birinchi 
    urinishda to‘g‘ri javob berishi yoki to‘g‘ri javob berish uchun 100 martalab urinishi mumkin. Bunday 
    holatlarda takrorlashni tashkil etish uchun “repeat until” bloki yordam beradi.
    Bunday turdagi siklda shart sikl tanasini bajarishdan oldin tekshiriladi, agar qo‘yilgan shart bajarilsa, 
    sikl bir marta ham ishga tushmaydi. Blok har doim kutish holatida bo‘ladi. Belgilangan shart 
    bajarilmasa, sikl tanasi ham ishlashni boshlaydi. Sikl shart yoki ifoda rost qiymat qabul qilgunga 
    qadar takrorlanadi. 
    Takrorlanuvchi jarayonlarga oid dastur tuzishda, asosan, turli shart va ifodalardan foydalaniladi. 
    Bunda “Sensing”, “Operators” va “Control” bо‘limlari bloklari yaqindan yordam beradi.
    “Sensing” bo‘limi bloklari va ularning vazifalari
    Bloklar
    Vazifalar
    Sprayt sichqoncha ko‘rsatkichi yoki sahna chegaralariga 
    tekkanida biror bir hodisa yoki effekt ro‘y beradi.
    Agar sprayt belgilangan rangga tegsa True, aks holda, False 
    qiymatni qaytaradi. Undan foydalanish uchun sensorda 
    joylashgan rang maydoniga bosiladi va undan tomizg‘ich – 
    tugmachasi tanlanadi.
    Lupa – 
    yordamida sprayt yoki sahnadan kerakli rang tanlanadi.
    operator
    operator
    rost
    yolg‘on
    yolg‘on
    rost


    I BOB. 
    DASTURLASH TEXNOLOGIYASI. OBYEKTLARNI BOSHQARISH
    20
    Agar birorta rang (sprayt ichida) sahna yoki boshqa spraytdagi 
    boshqa rangga tegsa True, aks holda, False qiymatni qaytaradi. 
    Undan foydalanish uchun sensorda joylashgan 1-rang maydoniga 
    bosiladi va tomizg‘ich yordamida 1-rang, sensorda joylashgan 
    2-rang maydoni yordamida esa 2-rang tanlanadi.
    Spraytgacha yoki sichqonchaning ko‘rsatkichi (kursori)gacha 
    bo‘lgan masofani qaytaradi.
    Skript bajarilishini to‘xtatib turadi. Sprayt yonida blokda 
    ko‘rsatilgan matn, sahnaning pastki qismida esa kirish maydoni 
    ko‘rsatiladi. Foydalanuvchi javobi kiritilib, “Enter” yoki 
    – tugmachasi bosilganda, kiritilgan qiymat – javob qabul qilinadi 
    va skriptning bajarilishi davom etadi.
    “Ask” so‘rov bloki yordamida kiritilgan qiymatni o‘zlashtirib oladi. 
    Bu blok global o‘zgaruvchi sifatida barcha skriptlar uchun keng 
    tarqalgan. 
    Klaviaturadan blokda ko‘rsatilgan tugmacha bosilsa, True, aks 
    holda, False qaytadi.
    Agar sichqonchaning chap tugmachasi bosilsa, True qaytaradi, 
    aks holda, False.
    Sichqoncha ko‘rsatkichining X yoki Y koordinata o‘qlari bo‘yicha 
    qiymatini qaytaradi.
    Eslatma: Siz koordinata o'qlari haqida Algebra fanida (7-sinf) 
    tanishib olasiz. Hozircha blok vazifasini bilib olsangiz yetarli.
    To‘liq rejimli (kattalashtirilgan) sahnada spraytlarni sahna bo‘ylab 
    sudrab o‘tish mumkin yoki mumkin emasligini belgilaydi.
    Mikrofon tovushining balandligini (0 ... 100) qaytaradi. 
    Taymerning joriy qiymatini dastlabki paytdan boshlab sekundlarda 
    qaytaradi.
    Taymer ko‘rsatkichini 0 ga qaytaradi. Taymerni qayta ishga 
    tushiradi.
    Sahna fonini bir fondan boshqa fonga o‘zgartiradi.
    Joriy yil, oy, sana, hafta kuni, soat, minut va sekundni qaytaradi.
    2000-yildan joriy sanagacha bo‘lgan kunlar sonini qaytaradi.
    Foydalanuvchi nomini qaytaradi.


    21
    Bloklar
    Vazifalar
    Qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish va bo‘lish amallarini bajaruvchi bloklar.
    Ko‘rsatilgan oraliqdan tasodifiy sonni olish.
    Ikkita iborani bitta jumlaga birlashtiradi. Birorta qiymatni ko‘rsatish 
    kerak bo‘lganda foydalanish qulay. Masalan, taymer kabi ba’zi 
    qiymatlarni olish kerak bo‘lganda qo‘llash mumkin.
    Matndan ko‘rsatilgan son o‘rni (pozitsiyasi)da joylashgan harfni 
    qaytaradi.
    Berilgan matn uzunligi (harflar soni)ni qaytaradi. Matn ifoda bilan 
    belgilanishi mumkin.
    Harf (belgi)ning berilgan matnda joylashgan o‘rni (pozitsiyasi)ni 
    qaytaradi. U ifoda bo‘lishi ham mumkin.
    Birinchi sonni ikkinchi songa bo‘lgandagi qoldiqni qaytaradi.
    Berilgan songa eng yaqin butun sonni qaytaradi, ya’ni yaxlitlaydi. 
    Eslatma: Siz “butun sonlar” tushunchasi bilan Matematika fanida 
    (3-chorak) tanishib olasiz. Hozircha blok vazifasini bilib olsangiz yetarli.
    Berilgan sonning tanlangan funksiya (abs, sqrt, sin, cos, tan, asin, acos, 
    atan, ln, log, e^, 10^ )dagi qiymatini qaytaradi. Masalan, 
    10 sonning kvadratini, ya’ni 10*10=100 ni qaytaradi.

    Download 24.61 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   110




    Download 24.61 Mb.
    Pdf ko'rish