|
Va boshqa sharq xalqlarining
|
Sana | 31.07.2024 | Hajmi | 1,18 Mb. | | #268979 |
Bog'liq Doira
Doira (childirma, chirmanda, doyra, daff, dapp) — oʻzbek, tojik, uygʻur va boshqa sharq xalqlarining cholgʻu asbobi. Doira zarb bilan urib chalinadi. Gardishi oʻrik, yongʻoq yogʻochidan yasaladi. Gardishi ustidan tashqari tomondan teri bilan qoplanadi. Gardishning ich tomoniga tamburinnikiga oʻxshash xalqachalar osiladi. Doira - zarbli cholgʻu asboblar guruhiga kiradi. Doira qadimiy musiqa cholgʻularidan hisoblanadi. Markaziy Osiyo (Niso shahri, eramizdan avvalgi 2-asr)da topilgan terrakota yodgorliklarida doirachi ayollar tasvirlangan. Doira va unga yaqin urma musiqa cholgʻulari tojik, arman, ozar, uygʻurlarda dap, dapp, daff, def deb nomlanadi.
20-asrda oʻzbek doira ijrochilik anʼanalarini Usta Olim Komilov, T. Inogʻomov, D. Sottixoʻjayev, Rahim Isoxoʻjayev, F. Azimov, Qahramon Dadayev, O. Kamolxoʻjayev, aka-uka Islomovlar, M. Oripov, R. Otaboyev, T. Sayfiddinov, R. Samadov va boshqalar mukammallashtirgan.
Doiraning asosiy qismi (gardishi) tok zangi, soʻnggi yillarda zarang, akatsiya, loʻlilarda tol daraxtlaridan ishlanadi. Gardishning tashqi tomoniga buzoq, toy yoki echkining oshlangan terisi qoplanadi. Ichki tomoniga esa tamburinnikiga oʻxshash maʼdandan ishlangan halqachalar osiladi. Doiraning halqasiz turlari ham mavjud.
Gardish diametri 400—510 mm ni tashkil etadi. Doirada tovush ikki qoʻl barmoqlari yordamida hosil qilinadi. Undan yakka ijroda hamda turli xil milliy cholgʻu ansambllarida joʻrnavoz cholgʻu sifatida foydalaniladi.
Doiraning asosiy qismi (gardishi) tok zangi, soʻnggi yillarda zarang, akatsiya, loʻlilarda tol daraxtlaridan ishlanadi. Gardishning tashqi tomoniga buzoq, toy yoki echkining oshlangan terisi qoplanadi. Ichki tomoniga esa tamburinnikiga oʻxshash maʼdandan ishlangan halqachalar osiladi. Doiraning halqasiz turlari ham mavjud.
Gardish diametri 400—510 mm ni tashkil etadi. Doirada tovush ikki qoʻl barmoqlari yordamida hosil qilinadi. Undan yakka ijroda hamda turli xil milliy cholgʻu ansambllarida joʻrnavoz cholgʻu sifatida foydalaniladi.
Tanbur — torli musiqa asbobi. Oʻzbek milliy cholgʻularidan biri hisoblanadi. Oʻzbek mumtoz maqomlari aynan tanbur cholgʻusida ijro etilgan. Tanbur oʻng qoʻlning koʻrsatrgich barmogʻiga maxsus noxun (mediator) taqib chalinadi. Chalinganda faqat birinchi simi chertib chalinadi, qolganlari esa sadolanib turish uchun xizmat qiladi. Forobiyning musiqa risolasida Xuroson tanburining parda tuzilishi keltirilgan. Tanbur oʻzbek, tojik, uygʻur va boshqa xalqlarda professional soz sifatida keng tarqalgan. Asbobning chortor (4 torli), panjtor (5 torli), shashtor (6 torli) turlari bor. Tanburning elektr adapter bilan jihozlangan turlari estrada ijrochiligida qoʻllaniladi. Tanburning noksimon oʻyma kosasi yoʻgʻon va uzun dastasi bilan birga yaxlit tut yogʻochidan yasaladi. Tanburning umumiy uzunligi 110-130 sm. Kosasining qopqogʻi, koʻpincha, yupqa yogʻoch taxtachadan qilinadi, unda rezonator teshikchalari bor. Dastasiga ichakdan qilingan pardalar bogʻlanadi. Tanburning pay ip bilan bogʻlangan 16-19 pardasi boʻlib, oltinchisi, odatda, ijro etiladigan asarning ladtonallik xususiyatiga koʻra yuqori yoki pastga surib qoʻyiladi. Tanburning 3 ta toridan birinchisi (yuqoridan) asosiy, 2 tasi yordamchidir; birinchisi va uchinchisi unisonga, ikkinchisi ularga nisbatan kvarta, baʼzan kvinta yoki sekunda past sozlanadi. Asbobning diapazoni ikki yarim oktavaga yaqin. Tanbur qoʻlning koʻrsatkich barmogʻiga kiyiladigan noxun bilan turli uslubda (torlarni yuqoridan va pastdan urib) chalinadi. Tanbur Oʻzbekistonda boshqa torli chertma sozlardan farqli oʻlaroq, diatonik tovushqatorga ega. Tanburning torlari uzun va ingichka, pardalari yoʻgʻon (diametri 3 mm gacha) boʻlganligidan torni turlicha kuch bilan bosib, tovush balandligini yarim tongacha oʻzgartirish mumkin. Mazkur yoʻl bilan tanburda kuylarga oʻziga xos tebratma sayqal, nolalar beriladi.
Doʻmbira (tanbura soʻzidan) — torli chertma xalq musiqa cholgʻusi. Oʻzbek va qozoq kabi Doʻmbira turlari mavjud: 1) oʻzbek Doʻmribasining dastasi silliq, pardalari belgilanmagan boʻladi. Cholgʻuning asosiy qismi (kosaxona va dasta) oʻrik, togʻolcha yoki archa daraxtidan yaxlit tarzda, kosaxonasi oʻyib ishlanadi. Pay torlari kvarta, kvinta, baʼzida oktava oraligida sozlanadi. Diapazoni taxminan 2 oktava boʻladi. Asosan Surxondaryo, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlari, shuningdek, boshqa vilo-yatlarning ayrim tumanlarida tarqalgan. Mazkur cholgʻudan baxshilar xalq dostonlarini, termalarni kuylashda joʻrovoz sifatida, doʻmbirakashlar esa „Choʻponcha“, „Doʻmbira kuy“, „Baxshi kuy“, „Kelinoy“, „Qoʻngʻiroti“ kabi Doʻmbirasi kuylarini ijro qilishda foydalanadilar. Tashqi koʻrinishi, tuzilishi va tembri Doʻmbirasiga oʻxshash boʻlgan cholgʻu sozlari oltoylarda (topshur), tojiklarda, afgʻonlarda (doʻmbiroq) mavjud; 2) qozoq doʻmbirasi ning 2 asosiy turi mavjud. Gʻarbiy Qozogʻiston D.si noksimon, kosaxonasi oʻyilgan, uzun va tor dastasida 13—14 parda bogʻlanadi. Unda asosan Qoʻrmangʻozi, Dauletkerey, Bayserke, Tattimbet, Qazangʻap kabi qozoq kuyshilari bastalagan cholgʻu kuylari ijro etiladi. Sharqiy Qozogʻiston Doʻmbirasi uchburchak yoki kurakcha shaklida boʻlib, uning nisbatan keng va kalta dastasiga 7—9 parda bogʻlanadi. Koʻprok, oqinpar tomonidan joʻrovoz soz sifatida foydalaniladi. Qozoq Doʻmbirasi ijro usullarining xilmaxilligi, ifodaviy imkoniyatlarining kengligi tufayli qozoklarning eng sevimli xalq hamda professional (18-asrdan) musiqa cholgʻusiga aylangan. 1930-yillardan oʻzbek va qozoq Doʻmbirasining qayta ishlangan turlari (prima, alt, tenor, bas, kontrabas) xalq cholgʻulari orkestrlari tarkibiga kiritildi.
|
| |